Temur «Qonunlar va urf-odatlarga asoslangan» davlatni barpo etdi.
YuNESKO qarorgohidagi ushbu ko„rgazma Amir Temurning
«Chindan ham
ishlarimiz bizni ko„rsatib turadi!»,
degan mashhur so„zlarini yaqqol tasdiqlamoqda.
Markaziy Osiyo madaniy va ma‟naviy merosini o„rganish hamda qayta tiklashga
doir maxsus dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishga YuNESKOning qo„shgan
ulushini O„zbekiston yuksak darajada qadrlaydi.
Bu O„zbekiston uchun, ayniqsa, qimmatlidir. O„zbekistonda, ma‟lumki, mash‟um
sovet davrida ko„plab madaniyat yodgorliklari buzib yuborilgan, yer bilan yakson
qilingan edi.
Shu sababli biz amalga oshirilayotgan turli loyihalarda, xususan, O„zbekiston
hududidagi arxeologiya ekspeditsiyalarida turli mamlakatlar, shu jumladan, Yaponiya
va Fransiya olimlari hamda mutaxassislarining ishtirokini juda qadrlaymiz.
Qo„riqxona majmualaridagi ta‟mirlash ishlarida, mamlakatimizda xalqaro turizm
industriyasini barpo etishda katta yordam ko„rsatilmoqda.
Xonimlar va janoblar!
YuNESKOdagi ko„rgazma hammangiz uchun O„zbekistonga, Amir Temur
Vataniga borishga o„ziga xos taklifnomadir.
Ishonchim komilki, me‟morchilik yodgorliklari, qadimgi qo„lyozmalar, Turkiston
xalq ustalari yasagan buyumlar asrlar osha sizlarga ulug„vorligi va badiiy shakllarning
puxtaligi bilan, fikr va ijod teranligi, ma‟naviy soflik bilan zavq bag„ishlaydi.
Ular aql-idrokni yuksaklikka ko„taradi va hozirgi inson G„arbdami yoki Sharqdami
– qayerda yashamasin, uning qalbiga yetib boradi.
Ko„z oldingizda ochilgan ko„rgazma ma‟naviy va madaniy qadriyatlar bizni bir-
birimizga
yaqinlashtiradigan,
hamjihatlikka
erishishda
yordam
beradigan,
hamkorlikning yangi ufqlarini ochadigan boylik ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Amir Temur zamonasida yaqqol namoyon bo„lgan bunyodkorlik va hamkorlik ruhi
bugun bizga yaxshi namuna bo„lib xizmat qilaversin.
Qadim-qadim zamonlarda vujudga kelgan Buyuk ipak yo„li yashayversin, qayta
tiklanib, Sharq bilan G„arb hamjihatligiga, tinch va bunyodkorlik aloqalariga xizmat
qilaversin.
Xonimlar va janoblar!
Bugun men ham quvonchli paytdan foydalanib, Fransiyaning taniqli olimi,
professor Lusyen Keren Amir Temur hayoti va faoliyatini, temuriylar davrining boy
ma‟naviy qadriyatlarini ko„p yillar davomida samarali ilmiy tadqiq etgani, Fransiya
va O„zbekiston xalqlari madaniyatining yaqinlashishi va hamjihatliligi ishiga
qo„shgan shaxsiy hissasi uchun O„zbekistonning yuksak davlat mukofoti – «Shuhrat»
medali bilan taqdirlanganini ma‟lum qilmoqchiman.
447
E‟tiborlaringiz uchun tashakkur.
YuNESKO qarorgohidagi
«Temuriylar davrida ilm-fan,
madaniyat va maorifning gullab-yashnashi»
ko‘rgazmasining ochilish
marosimida so‘zlangan nutq,
1996-yil 24-aprel,
Parij
Do'stlaringiz bilan baham: |