Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

217 


B e s h i n c h i  b o b. 

 

SIYOSIY, IJTIMOIY BARQARORLIKNING  



TA‟MINLANISHI

 

 



1-§. Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash – davlat siyosatining  

bosh yo„nalishi 

 

O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng, jamiyatda bozor iqtisodiyotiga o„tish 



jarayonida aholini ijtimoiy himoyasini ta‟minlash davlat siyosatining bosh yo„nalishi 

bo„lib  qoldi.  Binobarin,  mamlakatda  o„tkazilayotgan  barcha  islohotlarning  asl 

maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vujudga keltirishdir. 

Prezident  Islom  Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan,  jahon  tan  olgan  besh 

tamoyilning muhim qismi aholini kuchli ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan 

bog„liqdir.  

O„zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o„tish davrida aholini ijtimoiy 

himoyalash  yuzasidan  zarur  choralar  ko„rdi.  Bu  choralar  odamlarning  turmush 

darajasini  keskin  pasayib  ketishining  oldini  olishda  muhim  rol  o„ynadi  hamda 

respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo„ldi. 

Masalan,  mustaqillikning  dastlabki  murakkab,  iqtisodiy  tanglik  yillarida 

odamlarning  turmush  darajasini  muvofiqlashtirish  maqsadida  davlat  yo„li  bilan 

boshqarishning ko„pdan-ko„p usullari va uslublaridan foydalanildi. Jumladan, miqdori 

doimo  o„zgartirib  turilgan  ish  haqi,  pensiyalar,  stipendiyalar,  turli  nafaqalar, 

kompensatsiya 

 

to„lovlari  



tarzidagi  bevosita  pul  to„lovlari,  imtiyozlar  va  turli  dotatsiyalar  tarzidagi  to„lovlarni 

joriy qilish usuli keng qo„llanildi. 

Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq olinmaydigan bo„ldi. Korxonalarning o„z 

xodimlariga  ijtimoiy  yordam  ko„rsatish  sohasidagi  xarajatlaridan  bir  qismi  budjet 

mablag„lari  hisobidan  qoplanib  turildi.  Keng  iste‟mol  mollari  va  xizmatlarning 

ko„pgina  qismi  bo„yicha  narxlardagi  tafovutlarning  o„rni  qoplandi.  Shu  bilan  birga 

qo„shimcha  ijtimoiy  imtiyozlar  ham  joriy  qilindi.  Masalan,  boshlang„ich  sinf 

o„quvchilari  va  yolg„iz  pensionerlar  uchun  bepul  nonushtalar,  2  yoshgacha  bo„lgan 

bolalar  uchun  bepul  ovqat,  maktab  o„quvchilari  va  talabalar  uchun  ovqatning 

arzonlashtirilishi  kabi  imtiyozlar  berildi. Shuningdek,  ko„pgina  toifadagi  fuqarolarga 

turarjoyi  shaxsiy  mulk  qilib  bepul  berildi,  ba‟zi  turdagi  kommunal  xizmatlar  haqini 

to„lashda yengilliklar joriy etildi va hokazo. 

Aholining  ijtimoiy  himoyalanishiga  muntazam  e‟tibor  berar  ekan,  respublika 

hukumati islohotlarning birinchi bosqichidagi tajriba asosida inson va oila hayotining 

barcha  sohalarini  yaxshilashga  qaratilgan  chora-tadbirlarning  butun  bir  tizimini 

shakllantirishga 

erishdi. 

Aytish 


mumkinki, 

Mustaqillik 

yillarida 

narxlar 


erkinlashtirilishi  va  pulning  qadrsizlanish  darajasi  keskin  ortib  borishi  munosabati 

bilan  daromadlarning  eng  kam  va  o„rtacha  darajasini  muntazam  oshirish  ijtimoiy 




 

218 


himoyalash  chora-tadbirlari  tizimidagi  eng  ustun  yo„nalishlardan  biri  bo„lib  keldi  va 

hozirgi  kunda  ham  shunday  bo„lib  qolmoqda.  Bu  yo„nalish  aholining  barcha 

tabaqalarini istisnosiz qamrab oldi va islohotlarning dastlabki davrida keng miqyosda 

qo„llanildi.  Boshqa  mamlakatlardan  farqli  o„laroq,  O„zbekistonda  daromadlar 

nisbatini o„zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg„arma banklaridagi 

aholi  omonatlari  stavkalarining  eng  oz  miqdorlarini  bir  vaqtning  o„zida 

markazlashtirilgan tarzda qayta ko„rib chiqish yo„li bilan amalga oshirildi. 1995-yilda 

Respublika  davlat  budjetining  29,3  foizi  ijtimoiy-madaniy  tadbirlarga, 21,8  foizi  esa 

ijtimoiy himoyaga ajratildi. 

1992–1998-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha 

bor  oshirildi.  Masalan:  eng  kam  ish  haqi  1995-yilda  1994-yilga  nisbatan  2,5  marta 

ortdi,  1996-yilning  1-yarmida  esa  1995-yil  1-yarmiga  nisbatan  2,7  marta  ko„paydi. 

Nafaqaxo„rlarning  ijtimoiy  ahvolini  e‟tiborga  olib,  eng  kam  pensiyaning  mutlaq 

miqdori  ish  haqining  eng  kam  miqdoridan  oshiqroq  bo„lishi  muttasil  ta‟minlanib 

kelindi. Bu yo„l ijtimoiy adolat tamoyillariga to„la mos kelar edi. Masalan, 1998-yil 1-

iyuldan ish haqining eng oz miqdori 1100 so„m bo„lgani holda, qarilik pensiyasining 

eng  kam  miqdori  2100  so„mni  tashkil  etadi,  nogironlik  pensiyasi  esa  bundan  ham 

ortiqdir. 

Shuni  alohida  ta‟kidlash  kerakki,  istiqlol  yillarida  eng  kam  ish  haqi  va  boshqa 

to„lovlar odatda, oldindan ko„paytirib kelindi, narx-navo o„zgarishi bilan bog„lab olib 

borildi,  bu  esa  aholining  to„lov  qobiliyati  saqlanib  qolishini  ta‟minladi  va  turmush 

darajasining keskin pasayib ketishiga yo„l qo„ymadi. 

Iqtisodiyot tarmoqlari bo„yicha ishchi va xizmatchilarning oylik o„rtacha ish haqi 

birgina 1996-yil dekabriga kelib, 1995-yil dekabriga nisbatan 2,6 barobarga o„sdi. 

Daromadlar  miqdorini  o„zgartirish  orqali  aholini  ijtimoiy  himoyalash  chora-

tadbirlari  tizimida  1993-yilda  joriy  etilgan  yangi  Yagona  tarif  setkasi  ham  aholi 

ijtimoiy  himoyasida  katta  ahamiyatga  ega  bo„ldi.  Bu  chora  barcha  toifadagi 

xodimlarning  ish  haqi  miqdorlarini  tarif  koeffitsiyentlari  orqali  eng  kam  ish  haqi 

vositasi bilan bevosita o„zaro bog„lash imkonini berdi. 

Natijada ish haqini oshirish yo„li bilan aholining o„rtacha ish haqi, pul daromadlari 

o„z-o„zidan osha bordi. Shu bilan birga respublikaning ichki iste‟mol bozorini himoya 

qilish  hamda  oziq-ovqat  va  nooziq-ovqat  mollari  asosiy  turlari  iste‟molini  muayyan 

darajada  saqlab  turish  chora-tadbirlari  ko„rilganligi  ham  aholini  ijtimoiy  jihatdan 

himoyalashning ikkinchi eng muhim yo„nalishi bo„ldi. 

Respublikada narx-navoni erkinlashtirish sohasida qo„shni mamlakatlarga nisbatan 

birmuncha  mo„tadil  siyosat  o„tkazilganligi  iste‟mol  bozorini  himoyalash  zaruratini 

keltirib chiqardi. Bu O„zbekiston rubl mintaqasida turgan bir paytda nihoyatda muhim 

edi.  Aksariyat  respublika  ehtiyojlari  uchun  valyutaga  xarid  qilingan  un,  o„simlik 

moyi,  qand-shakar  va  boshqa  taqchil  mahsulotlar  respublika  tashqarisiga  olib  chiqib 

ketilishi hollari yuz berdi. 

Iste‟mol  bozori  barbod  bo„lishiga  yo„l  qo„ymaslik  uchun  O„zbekistonda  ishlab 

chiqarish  yaxlit  tizimini  vujudga  keltirishga  hayotiy  muhim  masala  sifatida  qaraldi, 




 

219 


mahsulotlarni tashqariga olib chiqib ketilishini bojxonalar orqali qat‟iy nazorat qilish 

va yuqori boj to„lovlari joriy etish yo„li bilan amalga oshirildi. Dastlab, murakkab bir 

paytda  iste‟mol  mollarini  sotib  olish  uchun  bir  marta,  so„ngra  esa  ko„p  marta 

ishlatiladigan kuponlarni muomalaga kiritish, kundalik zarur tovarlarning cheklangan 

turlarini me‟yorlangan tarzda sotishni tashkil etish ko„zda tutilgan edi. Bu tizim o„zini 

to„la  oqladi.  U  bozorni  pishiq-puxta  himoya  qilibgina  qolmay,  savdo  tarmog„iga 

barcha  zarur  oziq-ovqat  mahsulotlarini  va  kundalik  xarid  mollarini  muntazam 

ravishda chiqarib turishni ta‟minlash, ularni iste‟mol qilish hajmlarini kamaytirmaslik 

imkonini berdi. 

O„tish  davri  qanchalik  murakkab  bo„lmasin,  bu  tizim  respublikaning  barcha 

aholisiga  hayotiy  muhim  mahsulotlarni  iste‟mol  qilish  va  xizmatlardan  bahramand 

bo„lish sohasida ishonchli ijtimoiy kafolatlarni ta‟minlab berdi. 

1992–1996-yillarda  non  va  go„sht  mahsulotlari,  sut,  qand-shakar,  o„simlik  moyi, 

kir  sovun,  bolalarga  kerakli  ayrim  mollar,  kommunal  va  transport  xizmatlari  uchun 

dotatsiyalar  qisman  saqlab  qolindi.  Shu  tufayli  daromad  darajasi  turlicha  bo„lgan 

oilalar  bulardan  bir  qadar  foydalanish  imkoniyatiga  ega  bo„ldi.  Islohotlarning 

dastlabki  bosqichida  sobiq  Ittifoqning  ko„pgina  mamlakatlarida  aholining  asosiy 

qismi  yoppasiga  qashshoqlashgan  bir  paytda  O„zbekistonda  amalga  oshirilgan 

tadbirlar  muhim  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo„ldi.  Odamlarning  islohotlarni  jadallik 

bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi. 

Ayni  vaqtda  respublikada  iste‟molchilarning  manfaatlarini  himoya  qilishning 

mutlaqo  yangi  tizimiga  o„tishga  tayyorgarlik  ishlari  olib  borildi.  Yangi  tizimning 

mohiyati ichki narxlarni jahon narxlari darajasiga tez tenglashtirib olish va aholining 

daromadlarini  shunga  muvofiq  ravishda  oshirishni  ko„zda  tutadi.  Bunday  islohot 

sharoitida  ijtimoiy  himoyaning  yangidan-yangi  shakllarini  qidirib  topishni  taqozo 

etadi.  Jumladan,  milliy  valyutani  muomalaga  kiritish,  uning  ichki  almashuvini 

ta‟minlash  sohasida  amalga  oshirilgan  tashkiliy  va  iqtisodiy  chora-tadbirlarning 

ko„rilishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo„ldi. 

Mamlakatda  ichki  bozorni,  xalqimiz  manfaatlarini  faqat  baquvvat  milliy 

valyutagina  himoya  qilishi  mumkin,  degan  qat‟iy  xulosaga  kelindi.  Buning  uchun 

milliy valyutamiz, asosan, o„zimizda ishlab chiqarilgan zarur miqdordagi tovar bilan, 

keng  eksport  faoliyati  hisobiga  to„plangan  salmoqli  valyuta-zaxiralari  bilan 

mustahkamlangan bo„lishi kerak edi. 

Milliy  valyuta  joriy  etilgach,  islohotlar  birinchi  bosqichining  oxirlariga  kelib 

(1995-yil),  oziq-ovqat  mahsulotlarini  me‟yorlangan  tarzda  sotishdan  butunlay  voz 

kechish va erkin narxlarga o„tish imkoniyati tug„ildi. 

Erkin  narxlarga  esa  «esankirashlarsiz»  o„tishga  muvaffaq  bo„lindi.  Buni 

O„zbekistondagi  iqtisodiy  islohotlar  birinchi  bosqichining  muhim  natijasi,  deb 

baholash mumkin. 

Mustaqillikning  dastlabki  davridan  boshlab  aholining  kam  ta‟minlangan  qismini 

qo„llab-quvatlash  borasida  ko„rilgan  chora-tadbirlar,  ijtimoiy  siyosatni  amalga 

oshirishning muhim yo„nalishlaridan biri bo„ldi. 




 

220 



Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish