Sog„liqni saqlash
Respublikada mustaqillikning birinchi yillarida Sog„liqni saqlash tizimini yangi
ijtimoiy va siyosiy o„zgarishlarga javob beradigan hamda zamon talablariga mos
keltirish uchun tibbiy muassasalar tizimini qayta o„zgartirish, birlamchi tibbiy
yordamni rivojlantirish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash, onalar va bolalar sog„lig„ini
muhofaza qilish, aholi o„rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, tibbiyot
muassasalarini moliyalashtirish, nodavlat xususiy tibbiy tizimni kengaytirish va chet
davlatlar bilan aloqalarni kuchaytirib, tibbiyot fanini rivojlantirish ishlariga alohida
ahamiyat berildi.
1992-yilning mart oyida Sog„liqni saqlash vazirligining hay‟at yig„ilishida
respublikada Sog„liqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlari
tasdiqlandi. 1996–1998-yillarga mo„ljallangan majmuaviy dastur, 1999-yil 14 yanvar
kuni «O„zbekiston Respublikasi sog„liqni saqlash tizimida boshqarishni takomillash-
tirish to„g„risida» Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida «OITS bilan kasallanishning oldini olish to„g„risida»
(14.06.91-y.), «Davlat sanitariya nazorati to„g„risida» (03.07.92-y.), «Fuqarolar
sog„lig„ini saqlash to„g„risida» (29.08.96-y.), «Dori vositalari va farmatsevtika
faoliyati to„g„risida» (25.04.97-y.), «Odamning immunitet tanqisligi virusi
to„g„risida»gi (19.08.99-y.) O„zbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilindi.
O„zbekiston Respublikasida sog„liqni saqlash tizimining asosiy vazifasi qilib
kasalliklarning
oldini
olish,
xastalarni
davolash,
yashash
muhitini
sog„lomlashtirishdan iborat qilib belgilandi. Bunda xalq tabobatining boy
an‟analariga, ilm-fan va texnikaning ilg„or yutuqlariga, olim va mutaxassislarning
zakovat-u salohiyatiga suyanish ko„zda tutildi.
1991-yilga kelib O„zbekistonda kasalxona muassasalari soni 1370 ta edi.
Kasalxonalardagi o„rinlar soni 256,6 mingga, vrachlar soni 71,1 mingga yetgan edi.
Sovetlar tuzumi davrida sog„liqni saqlash tizimi kengaygan bo„lsa-da, lekin yerga
turli xil kuchli ximikatlar solinishi, paxta yakka hokimligi va boshqa ijtimoiy
oqibatlar natijasida aholi orasida kasalliklar ko„payib ketgan edi. O„zbekistonda har
yili 8 millionga yaqin kishi xastaligi tufayli tibbiy muassasalarga murojaat etib,
shulardan 240 ming kishi yuqumli kasalliklar (shularning 120 minggi gepatit) bilan
232
og„rib turdi, ayni vaqtda ularning 70 foizi bolalar edi. Go„daklar orasida o„lim hollari
bir qadar kamaygan bo„lsa ham, lekin ularning soni yangi tug„ilgan har 1000 bola
hisobidan olganda 35,5 nafarga to„g„ri keldi. Har yili o„rta hisobda 24 ming bola bir
yoshga yetmay o„lib ketardi. Onalar o„rtasidagi o„lim ham ancha yuqori edi, ya‟ni
tirik bola tuqqan 100 ming ayol hisobidan olganda 65,3 taga to„g„ri keladigan bo„ldi.
Odamlarning o„rtacha umri jahonning rivojlangan mamlakatlari – Yaponiya,
Shvetsiya, Buyuk Britaniya va boshqalarga qiyosan olganda 8–10-yil kam bo„lib
chiqdi.
O„zbekiston mustaqillikka erishganidan so„ng aholining salomatligini muhofaza
qilish muammolari qaytadan ko„rila boshlandi. Bunda taraqqiyotning ekstensiv
yo„lidan voz kechib, intensiv yo„liga o„tish, ayni vaqtda sohaga mo„ljallanadigan
mablag„ni respublika aholisining har bir jon boshi hisobidan ajratish; sog„liqni
saqlash ishining asosiy taomili – profilaktik yo„nalishni tiklash; onalar va bolalar
muhofazasini kuchaytirish; tibbiy ta‟lim tizimi va kadrlar siyosatini isloh qilish;
mamlakatda yetarli dori-darmon va tibbiyot ashyolari hamda texnik vositalari ishlab
chiqaradigan sanoatni vujudga keltirish; sog„liqni saqlash muassasalarining moddiy
texnik bazasini yanada yaxshilash; davolash-profilaktika muassasalarini davlat
tasarrufidan chiqarib, mulkchilik shaklini o„zgartirish va sug„urta tabobatiga o„tish
asosiy vazifa qilib qo„yildi. Sog„liqni saqlash ehtiyojlari uchun 1994-yili milliy
daromadning 4,1 % miqdorida mablag„ ajratilgan bo„lsa, 2000 yilga borib u (baholar
o„zgarishini ham hisobga olgan holda) 6,5–7 % ni tashkil etdi.
Bozor munosabatlariga o„tish sog„liqni saqlash sohasiga ham yangi talablar qo„ydi.
Xususan, ma‟muriy-boshqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish; kasallarning bir qismini
ularning ahvoliga qarab kun-u tun emas, balki faqat kunduzgi davolanishga o„tkazish;
jarrohlik yordami ko„rsatishda ish hajmining bir qismini kasalxonadan poliklinikaga
ko„chirish; kasalxonalardagi kam samarali o„rinlar sonini qisqartirish; shartnoma
asosida bajariladigan ishlar uchun haq olish va boshqa choralar ko„rildi. Tibbiyot
xodimlarining mehnatiga to„lanadigan haq ham har bir xodimning qo„shgan hissasiga
va muassasa ishining oxirgi natijasiga bog„liq bo„lib qoldi.
Sog„liqni saqlash ishining asosiy taomili – profilaktik yo„nalishdir. Shuni nazarda
tutib, ambulatoriya-poliklinikalar faoliyatini jadallashtirishga, ularning kasalliklarni
aniqlash sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirishga, tibbiy yordam ko„rsatishning
iqtisodiy jihatdan foydali yangi shakllarini yaratishga, xususan, oila poliklinikalari,
kunduzgi kasalxonalar, qatnab davo olinadigan jarrohlik markazlari, ambulatoriyada
davolashning ixtisoslashtirilgan komplekslari, mahalla kasalxonalari barpo etishga
katta e‟tibor berildi. Viloyatlardagi ambulatoriya-poliklinika muassasalarida, ko„pgina
kasalxonalar qoshida kunduzgi davolanish imkoniyatlari yaratildi. Ularda o„rinlar soni
1991-yildagi 6,6 mingdan 1996-yilda 34,6 mingga yetdi.
1996-yil 21-mayda O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 182-
sonli Qarori bilan 1996–98-yillarda qishloq ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirish va
1998-yil 10-noyabrda Respublika Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan 2006-
yilgacha Sog„liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi qabul qilindi.
233
1991-yilda 188400 ta shifo o„rinlari faoliyat ko„rsatgan bo„lsa, 2000-yil 1-yanvar
kuniga samarasiz ishlayotgan 56600 shifo o„rinlari qisqartirildi. Ularning o„rnida
aholiga qulay va iqtisodiy jihatdan arzon, barcha sharoitlarga ega bo„lgan 47407
kunduzgi shifo o„rinlari tashkil etildi.
Bundan tashqari 217 ambulator jarrohlik markazlari va 106 ta maxsus ambulator
davolash komplekslari tashkil qilindi. 1999-yil davomida respublikada 5613744 nafar
bemorlar tibbiy muassasalarda davolandi.
Birgina 1997-yilda 159 ta qishloq-tibbiyot punkti ishga tushirildi, 1,5 ming
bemorga mo„ljallangan shifoxonalar qurildi. 202 ta tibbiyot muassasasi qishloq
tibbiyot punktlariga aylantirildi.
Aholi sog„lig„ini muhofaza qilish ko„p jihatdan davlat sanitariya-epidemiologiya
xizmati faoliyatiga bog„liq. O„zbekistonda sanitariya-epidemiologiya stansiyalari va
aholi o„rtasida sog„lom turmush tarzini shakllantirishning tashkiliy-metodik va
muvofiqlashtiruvchi ishlarini olib boradigan «Salomatlik» markazlari bu vazifani
amalga oshira boshladi. 1991-yili Toshkentda diagnoz qo„yish bo„yicha respublika
aholisiga xizmat ko„rsatuvchi «Diagnostika» markazi ishga tushirildi.
Aholi sog„lig„ini tekshirib turish va yuqumli hamda yuqumsiz kasalliklar bilan
og„rish hollarini nazorat qilish, noqulay ijtimoiy muhit omillarini bartaraf etish,
ayniqsa, atrof-muhitni sog„lomlashtirish tadbirlari izchil bajarib turildi. Chunonchi,
1995-yil oxiriga kelganda katta yoshlilar, o„smirlar, bolalar dispanser nazoratida
bo„ldi. Ishchilarga davolash-profilaktika xizmati ko„rsatish, xususan, sanatoriy-
profilaktoriylar tarmog„i kengaytirildi. Respublika «Salomatlik» markazi, uning
viloyatlar va shaharlardagi shahobchalari radio va televideniye hamda matbuotdan
foydalangan holda aholi o„rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni keng targ„ib
qilib bordi. Toshkentda oliy va o„rta tibbiy o„quv yurtlari uchun darslik va o„quv
qo„llanmalari, tibbiyotga oid ilmiy asarlar, vrachlar uchun amaliy qo„llanmalar,
sanitariya maorifi bo„yicha ommabop tibbiy adabiyotlar, lug„at va ma‟lumotnomalar
nashr etadigan «Ibn Sino» nomidagi nashriyot ishlab turibdi. 1991-yildan ommabop
«Sihat-salomatlik» jurnali nashr etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |