Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


«Biz  ijtimoiy  himoyalashning  asossiz  tenglashtirish  tizimidan  qat‟iyan  voz



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

«Biz  ijtimoiy  himoyalashning  asossiz  tenglashtirish  tizimidan  qat‟iyan  voz 

kechib,  Sharqda  necha  ming  yillar  davomida  qaror  topgan  ma‟naviy-axloqiy 

qadriyatlarga, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlariga muvofiq keladigan 


 

221 


o„z  yo„limizni  tanlab  oldik»,

  –  deb  yozgan  edi  I.Karimov  o„zining  «O„zbekiston 

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo„lida» kitobida. 

Shunga binoan 1994-yilga kelib O„zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi 

tubdan  o„zgartirildi.  Ijtimoiy  ko„mak  berishning  mutlaqo  yangi  ilg„or  tizimi 

shakllantirildi.  Bu  tizimning  mohiyati  shundan  iboratki,  mamlakatimizning  kelajagi 

hisoblanmish  bolalar  va  kam  daromadli  oilalar  bu  yordamdan  bahramand  bo„luvchi 

asosiy  kishilar  bo„lib  qoldi.  Endi  hamma  nafaqalar  va  moddiy  yordam  faqat  oila 

orqali  yetkazib  beriladigan  bo„ldi.  Oila  asosiy  mavqega  ega  bo„ldi.  Bunday 

yondashuv  umuminsoniy  qadriyatlarga,  milliy  an‟analarga  va  ruhiyatga  mos  keladi, 

fuqarolar jamiyatining ijtimoiy tashkiloti tizimida oila egallaydigan o„rniga muvofiq 

keladi. 


Ijtimoiy  ko„maklashuvning  yangi  tizimida  farzand  tug„ilganda,  bir  yo„la 

beriladigan to„lovlar saqlab qolinishi bilan birga nafaqalar va imtiyozlarning quyidagi 

turi  ham  amalga  oshiriladigan  bo„ldi.  Masalan,  birinchidan,  bola  boquvchi  onalarga 

to„lanayotgan  nafaqaning  miqdori  ko„paytirilibgina  qolmay,  uning  muddati  ham 

uzaytirildi. Ilgari bunday yordam bir yarim yilgacha to„langan bo„lsa, endi bu muddat 

uch  yilgacha  uzaytirildi.  Ishlovchi  onalar  ham,  ishlamaydigan  onalar  ham,  bu 

nafaqadan  foydalanadigan  bo„ldilar.  Masalan  1995-yil  ijtimoiy  himoyaga  ajratilgan 

mablag„ning  3  foizi  onalarga  ikki  yoshgacha  farzandlarini  parvarish  qilish  uchun 

ajratildi. Boshqa davlatlardan farqli o„laroq O„zbekistonda bu nafaqa ish haqining eng 

oz  miqdoriga  bog„liq  qilib  qo„yildi.  Bu  avval  boshdanoq  pulning  qadrsizlanishi 

oshganda nafaqalarning ana shu turining indeksatsiyalanishini ta‟minlaydi. Bolalarga 

beriladigan yigirmadan ziyod turli nafaqalar o„rniga 1994-yilning sentabridan boshlab 

barcha  bolali  oilalar  uchun  yagona  nafaqa  joriy  etildi.  Masalan,  1995-yilda  ijtimoiy 

himoyaga ajratilgan mablag„ning 51 foizi oilalarga ularning farzandlariga ikki yoshga 

to„lgunlaricha parvarish qilish uchun ajratildi. 

Davlat tomonidan bolalarni boqish va tarbiyalashga qilinadigan sarf-xarajatlarning 

bir  qismini  oilalarga  kompensatsiya  tarzida  berib  turildi,  ayni  vaqtda  ota-onalarning 

mas‟uliyati kuchaytirildi. Beshta va undan ko„proq bolali oila uchun nafaqaning eng 

ko„p miqdori avvaliga eng kam ish haqining yarmi  miqdorida, 1996-yilga kelib eng 

kam ish haqining to„la stavkasi darajasida belgilab qo„yildi. 

1994-yil 24-avgustda Prezidentning «Kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy himoya 

qilishni  kuchaytirishga  oid  tadbirlar  to„g„risida»gi  Farmoni  qabul  qilindi.  Farmonga 

ko„ra  1994-yilning  oktabridan  davlat  kam  daromadli  oilalarga  faol  yordam  bera 

boshladi,  mana  shunday  oilalarga  moddiy  yordam  joriy  etildi.  Respublikada  kam 

daromadli  oilalarga  nafaqa  tayin  etilishi  aslida  misli  ko„rilmagan  ish,  zamonaviy 

ijtimoiy  himoya  tizimini  vujudga  keltirish  edi.  Bunday  yordam  odamlarga  yaqin 

turadigan mahalla yig„inlarida amalga oshiriladigan bo„ldi. Masalan, 1995-yilda 500 

mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga mahalla komitetlari orqali jami 6 milliard so„m 

moddiy yordam berildi. 

1996-yil  10-dekabrda  bolali  oilalarga  ijtimoiy  yordam        berilishini  kuchaytirish, 

aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  borasidagi  chora-tadbirlarni  ro„yobga  chiqarishda 



 

222 


fuqarolarning  o„zini  o„zi  boshqarish  organlarining  roli  va  mas‟uliyatini  oshirish 

maqsadida  «Bolali  oilalarni  davlat  tomonidan  qo„llab-quvvatlashni  yanada 

kuchaytirish  to„g„risida»  yana  bir  muhim  Farmon  qabul  qilindi.  Unda  1997-yil  1-

yanvardan  boshlab  fuqarolarning  o„zini  o„zi  boshqarish  yig„inlari  orqali  yordamga 

muhtoj,  bolali  oilalarga  bolalarning  soniga  qarab  eng  oz  ish  haqining  50  foizidan 

boshlab  175  foizigacha  nafaqalar  beriladigan  bo„ldi.  Bu  borada  ijtimoiy  adolat 

tamoyillariga  og„ishmay  rioya  etish,  keng  oshkoralik  va  ochiqlikni  ta‟minlash, 

ajratilgan mablag„lardan maqsadli va samarali foydalanishga erishish lozimligi qayd 

qilindi. 1997-yilda 16 yoshgacha bo„lgan farzandi bor oilalarga nafaqa to„lash uchun 

9,6 milliard so„m sarflandi. 

Aholining kam ta‟minlangan qatlamlarining davlat tomonidan  moddiy ta‟minlash 

doimiy  ravishda  takomillashtirib  borilmoqda.  1997-yil  sentabr  oyidan  boshlab,  har 

yili  1-sinf  o„quvchilariga  bepul  o„quv  anjomlari,  darsliklarni  berish  joriy  etildi,  kam 

ta‟minlangan  oilalarning  boshlang„ich  sinflarda  o„qiydigan  bolalariga  bepul  qishki 

issiq kiyimlar berish yo„lga qo„yildi. 

 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish