Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


avvalambor  kurashchi  bo„lish  kerak,  irodasi  baquvvat,  iymoni  butun  bo„lishi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

avvalambor  kurashchi  bo„lish  kerak,  irodasi  baquvvat,  iymoni  butun  bo„lishi 

darkor».

  Bu  shunchaki  oddiy  bir  gap  emas.  Mahalliychilik,  tor  tushunchalar 

qobig„idan  chiqolmaslik  illatlariga  burkalib  qolish  hollari  bor.  Bu  so„zning  tagida 

mustaqillik  mohiyatini  pasaytirishga,  taraqqiyotimizni  ataylab  orqaga  tortishga 

intilayotganlar,  turli  xildagi  nayrangbozlar-u  firibgarlardan  xalos  bo„lish,  qat‟iyat  va 

sabot  bilan haq yo„ldan to„g„ri borish va bu yo„lda birlashib harakat qilish orzu-istagi 

turibdi.  Uning  zamirida  hamon  joylarda  amalparastlik,  buyruqbozlik,  tamagirlik  va 

munofiqlik yo„qolmayotgani, hokimlar va tashkilot rahbarlari hali to„la quvvat bilan 

ishlamayotganligi masalasi yotibdi. 

Bir  qism  kadrlar  zamon  shiddatiga  bardosh  berolmayaptilar.  Bu  toifadagi 

odamlarning  aksariyati  ko„p  yillik  boqimandalik,  sansolarlik  kayfiyatidan 

chiqolmayapti,  hozirjavoblik,  masalani  o„z  vaqtida  to„g„ri  hal  etish  qobiliyatiga  ega 

emas. Iloji boricha ishni orqaga surish, xodimlarni esa o„z fe‟l-atvoriga mos ravishda 

o„rtamiyona,  «qulluqchi»,  «labbaychi»  xillaridan  tanlashga  intiladi.  Yana  bir 

guruhlari  esa  yangilik  bilan  eskilik  orasida  chindan  ham  dovdirab  qolgan.  Eskicha 

ishlolmaydi, yangilikning esa mohiyatini tushunmaydi. 

Bunday  kadrlar  haqida  2001–2007-yillarda  Qoraqalpog„iston  Jo„qorg„i  Kengesi 

xalq  deputatlari,  Toshkent,  Sirdaryo,  Namangan,  Farg„ona,  Samarqand,  va 

Surxondaryo viloyatlari sessiyalarida ro„yirost gapirildi. Rahbar kadrlarning yana bir 

turi  ham  borki,  ular  haqiqatan  ham  mustaqillik  fidoyilari.  Yangicha  fikrlash  va 

yangicha  ishlash  uchun  o„zlarida  qobiliyat  ham,  g„ayrat  va  rag„bat  ham  sezadilar. 

Biroq,  ular  ba‟zan  turli  xildagi  to„siqlarga  uchrab  qoladilar.  Natijada  bor 

imkoniyatlarini ko„rsata olmaydilar. Bu tabiiy hol, o„tish davrining tabiiy qiyinchiligi. 

Mustaqillikning  o„tgan  davri  mobaynida  bir  necha  viloyat,  shahar  va  tuman 

hokimlari, vazirliklar, birlashma va konsernlar rahbarlari almashtirildi. Shu yo„l bilan 

davlat  boshqaruv  tizimi  mustahkamlanmoqda.  Joylarda  zamonaviy  fikrlaydigan,  tub 

islohotlar mohiyatini tushunadigan va ularni amalga oshirishga qodir bo„lgan kadrlar 

tanlanmoqda. 

O„zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so„ng  mamlakatda  kadrlarning  ijtimoiy 

bazasi  har  qachongidan  ko„ra  kengaydi.  Ma‟lumki,  70-80-yillarda  rahbarlik 

lavozimlariga  ko„plab  mutaxassis  deb  hisoblangan  injener,  agronom,  iqtisodchilar 

tavsiya qilinar edilar. Qog„ozda mavjud bo„lgan rezerv kadrlar ham asosan shu toifa 

mutaxassislar  hisobiga  shakllantirilar  edi.  Endilikda  bu  tamoyil  to„g„ri  kelmaydi.  U 

respublika mustaqillikka erishgandan keyin vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi yo„lida 




 

129 


fidoiylik  bilan  mehnat  qiluvchi  barcha  tabaqa  mutaxassisliklarning  eng  yaxshi 

vakillari turli darajadagi rahbarlik lavozimida samarali faoliyat ko„rsata boshladi. Shu 

bois,  rezerv  kadr  shakllantirishda  turli  kasb  va  mutaxassisliklar  vakillarining  eng 

yaxshilarini  hisobga  olib,  ularni  mustaqillik  ehtiyojiga  mos  tarzda  tarbiyalab,  turli 

rahbarlik lavozimlariga tortish dolzarb masalaga aylandi. 

Bundan tashqari erkin fuqarolik jamiyatiga, bozor iqtisodiyotiga va mulkchilikning 

turli-tuman shakllariga o„tish sharoitida rahbarlarning sifat tarkibini yaxshilash uchun 

yana bir imkoniyat paydo bo„ldi. Gap jamiyatda yuzaga kelgan yangi toifa kishilar – 

ishbilarmonlar,  tadbirkorlar  xususida  bormoqda.  Ular  jamiyat  ravnaqi  uchun  butun 

kuch-g„ayratini  sarflashga  qodir,  hayot  tajribasiga  va  kasb  mahoratiga  ega  bo„lgan 

beqiyos tayanchdir. 

Kadrlar  zaxirasi  shakllantirilayotganda  yosh,  g„ayratli,  tashabbuskor  xodimlarni 

hisobga  olish  bilan,  ayni  chog„da  ma‟lum  darajada  tajriba  orttirgan  kishilardan  ham 

oqilona foydalaniladigan bo„ldi.  

1997-yil  10-martda  Vazirlar  Mahkamasi  demokratiya  va  bozor  islohotlari 

talablaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash bo„yicha davlat, jamiyat va inson 

faoliyatining  barcha  sohalarini  qamrab  oladigan  Milliy  dastur  tuzish  maqsadida 

«Kadrlar tayyorlash bo„yicha Milliy dastur tuzish to„g„risida» qaror qabul qildi. Unda 

butun  ta‟lim  tizimini  isloh  qilish,  ishlab  turgan  o„quv  yurtlarini  yangi  yo„nalishga 

solish  hamda  zamonaviy  texnologiyalarda  ishlay  oladigan  mutaxassislar  tayyorlash 

vazifasi kun tartibidagi bosh masala bo„lib qoldi. 

1997-yil,  avgust  oyida  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  sessiyasida 

O„zbekiston  Respublikasining  «Ta‟lim  to„g„risida»gi  qonuni  yangi  tahrirda  va 

«Kadrlar tayyorlash bo„yicha milliy Dastur» qabul qilindi. 

Ushbu  qonunda  yoshlarga  milliy  uyg„onish  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  idrok 

etish asosida Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik g„oyalariga sadoqat ruhida ta‟lim-

tarbiya berish vazifalari ham belgilab berildi. 

Kadrlar  tanlovida  mahalliychilik,  qarindosh-urug„chilik  illatlaridan  qutulib 

bo„lmayotganligiga  davlatimiz  rahbari  2004–2009-yillarda  Surxandaryo,  Toshkent, 

Navoiy,  Andijon,  Farg„ona  viloyatlarida  xalq  deputatlari  viloyat  Kengashlarining 

navbatdan tashqari sessiyalaridagi ma‟ruzalarida alohida e‟tibor bergandi. 

Shu  bilan  birga  Oqsaroy  qarorgohida  Prezident  Islom  Karimov  2005-yil  7-fevral 

kuni  Vazirlar  Mahkamasining  yangi  tarkibi  bilan  bo„lgan  uchrashuvda  «Yangi 

hayotni  eskicha  qarash  va  yondashuvlar  bilan  qurib  bo„lmaydi»  mavzuida  ma‟ruza 

qilib, bu masalaga alohida urg„u berib shunday deydi. 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish