Davlatimiz tomonidan bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilishi bejiz emas, albatta. Yillar davomida boshlang’ich ta’limga begona ko’z, bir tomonlama, sathiy va ikkinchi darajadagi ta’lim turi sifatida qarash bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardiki, ularning aniq va mantiqiy yechimini topmay turib, ta’lim sifatini har jihatdan oshirish, uni jahon andazalari darajasiga yetkazish haqida o’ylash kulgilidir
..
Qulayotgan va yo nurab borayotgan binoning asosi - fundamentini qaytadan qo’ymay turib, mustahkam bino barpo etib bo’lmaganidek, boshlang’ich ta’limni tubdan isloh etmay hamda yillar davomida, o`gaylarcha munosabat natijasida uning oldida to’planib qolgan talay muammolarning qisqa muddatlarda qulay va samarali yechimini topmay ta’limning sifat darajasi borasida fikr yuritish, uni jahon ta’lim standartlari darajasida ko’tarish u yoqda tursin, hatto bu borada orzu qilish ham noo’rindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |