66.1. Nur sindirish ko’rsatgichi 1.63 bo’lgan muhitga 45° burchak ostida tushgan
yorug’likning sinish burchagini aniqlang.
66.2. Kunjut moyining nur sindirisg ko’rsatgichi 1.47 ga teng. Yorug’likning undagi
tarqalish tezligini aniqlang.
66.3. Nur shishdab havoga o’tmoqda. Tushish burchagi 30°, sinish burchagi 45° ga teng.
Bu turdagi shishning nur sindirish ko’rsatgichini aniqlang.
66.4. Yorug’lik nuri suvdan shishaga o’tmoqda. Tushish burchagi 35°. Suvning absolyut
nur sindirish ko’rsatgchi 1.3, shishniki esa 1.6 ga teng bo’lsa, sinish burchagini
aniqlang.
66.5. Yorug’lik nuri havodan qandaydir suyuqlik sirtiga 40° burchak ostida tushadi.
Sinish burchagi 24° ga teng. Tushish burchagi 2 marta ortsa, sinish burchagi
qanday bo’ladi?
Ikkinchi daraja
66.6. Shishaga 60° burchak ostida tushgan nurning sinish burchagi 35°, suvga 60°
burchak ostida tushgan nurning sinish burchagi 41° ga teng bo’lsa, shishaning
absolyut nur sindirish ko’rsatgichi suvnikidan necha marta katta?
66.7. Yorug’likning tebranish chastotasi 4∙10
14
Hz. Bu nurning olmosdagi to’lqin
uzunligini aniqlang. Olmosning nur sindirish ko’rsatgichi 2.42.
66.8. Binafsha nurlarning xavodagi to’lqin uzunligi 397 nm, shishadagi to’lqin uzunligi
232 nm bo’lsa, shishaning binafsha nurlar uchun nur sindirish ko’rsatgichini
aniqlang.
66.9. Yurug’lin nurining ***ga tushish burchagi 45° , sinish burchagi 30° ga teng
bo’lsa, yorug’likning ***dagi tarqalish tezligini aniqlang.
66.10. Yorug’lik nuri absolut nur sindirish ko’rsatkichi 2 ga teng bo’lgan muhitdan
absolut nur sindirish ko’rsatkichi 1,5 ga teng bo’lgan muhitga o’tmoqda . Ikkinchi
muhitdagi to’lqin uzunligi to’lqin uzinligi birinchi muhiddagiga qaraganda necha
marta uzunroq.
Husniddin Qoraboyev
91
66.11. Olmos va shishaning absolut nur sirdirish ko’rsatkichlari mos ravishta 2,42 va 1,5
ga teng . Agar ularda nurning tarqalish vaqti bir hil bo’lsa, oyna qalinligi olmos
qalinligidan necha marta katta?
66.12. Nur sindirish ko’rsatkichi
√ bo’lgan muhitdan, optik zichligi √ bo’lgan muhitga
60
o
burchak ostida tushadi. Tushgan va singan nurlar orasidagi burchakni toping?
66.13. Nur shisha sirtiga qanday burchak ostida tushganda sinish burchagi tushish
burchagidan ikki marta kichik bo’ladi. Shishaning nur sindirish ko’rsatkichi 1,6 ga
teng.
66.14. Agar siz hovuzga vertikal qarasangiz uning chuqurligi 0,9 m ko’rinadi. Hovuzning
haqiqiy chuqurligini aniqlang. Suvning nur sindirish ko’rsatkichi 1,33.
66.15. Nur, sindirish burchagi
bo’lgan 3 yoqli prizmaga perpendikulyar
tushmoqda (225-rasm). Prizmaga tushuvchi va undan chiquvchi nurlar orasidagi
burchakni toping? Prizma moddasining nur sindirish ko’rsatkichi 1,5.
66.16.
Ko’zlarini ochgan suv ostida holda suv ostita turgan suzuvchining boshining
tepasida, suv yuzasidan 75 sm yuqorida yorqin jisim joylashgan. Suzuvchiga
buyum suv sirtidan qanday masofada ko’rinadi? Suvning nur sindirish ko’rsatkichi
ga teng.
Uchinchi daraja
66.17. Yorug’lik nuri suv bilan to’ldirilgan vertikal devorli silindrik shakldagi stakandagi
suv sirtiga tushadi.Suv sirtidagi A nuqtada yorug’likning ma’lum qismi
qaytadi,ma’lum qismi esa sinadi (226-rasm). Singan nurning stakan devorigacha
tarqalish vaqti qaytgan nurning stakan devorigacha tarqalish vaqtidan necha marta
katta? Suvning nur sindirish ko’rsatkichi 4/3.
Husniddin Qoraboyev
92
66.18. 2,5 m uzunlikdagi qoziq vertikal ravishda hovuz tubiga tushiriladi, bunda u
butunlay suv ostida bo’ladi (227-rasm). Agar yorug’lik nuri suv sirtiga α=60°
burchak ostida tushsa, qoziqning hovuz tubidagi soyasi uzunligini aniqlang.
Suvning nur sindirish ko’rsatkichi 4/3.
66.19. Yorug’lik nuri shisha sirtiga qanday burchak ostida tushganda qaytgan va singan
nurlar o’zaro perpendikulyar bo’ladi? Yorug’likning shishadagi tarqalish tezligi
2∙10
8
m/s.
66.20. Tubi gorizontal bo’lgan hovuzning chuqurligi 1,2 m, uning tubida yassi ko’zgu
yotibdi. Yorug’lik nurining suv sirtiga tushish burchagi 30°. Ko’zgudan qaytgan
nur tushish nuqtasidan qanday masofada suv sirtidan chiqadi? Suvning nur
sindirish ko’rsatkichi 1,33.
66.21. Nur, sindirish burchagi
bo’lgan 3 yoqli shisha prizmaga tushmoqda va
undan 30° burchak ostida chiqmoqda.Nurning prizmaga tushish burchagini
aniqlang. Shishaning nur sindirish ko’rsatkichi 1,5.
66.22. Qatlamga tushgan nur dastlabki yo’nalishiga nisbatan qanday burchakka og’adi
(228-rasm)?
Tushish burchagi 60°.
66.23. 2 parallel yorug’lik nurlari doiraviy shaffof silindr yon sirtiga tushadi. Nurlar
orasidagi masofa R- silindr asosining radiusiga teng (229-rasm). Nurlar silindrning
sirtida kesishgan bo’lsa, silindr materialining nur sindirish ko’rsatkichini aniqlang.
Husniddin Qoraboyev
93
66.24. Ko’z va nuqtaviy manba orasiga 21 mm qalinlikdagi yassi parallel shisha plastinka
kiritildi. Agar shishaning nur sindirish ko’rsatkichi 1,5 ga teng bo’lsa,manba uning
tasviri orasidagi masofani aniqlang. Plastinka ko’z va manbani tutashtiruvchi
to’g’ri chiziqqa perpendikulyar joylashgan.
4-daraja
66.25. Chuqurligi 5 m bo’lgan hovuzdagi suv sirtida 1 m radiusli doiraviy faner
suzmoqda. Fanerning markazidan 2 m balandlikda nuqtaviy yorug’lik manbai
yoqilgan. Fanerning hovuz tubidagi soyasi radiusini aniqlang. Suvning nur sindirish
ko’rsatkichi 1,33.
66.26. Yupqa devorli sferik shaklidagi bo’sh ko’lba suyuqlikka botirilgan. Kolba
markaziga yo’nalgan uning markazi orqali o’tuvchi o’q bo’ylab ingichka parallel
nurlar dastasi kolbaga tushadi. Kolbani qarama qarshi devoridagi nurlar diametri
tushkan nurlar diametridan ikki marta farq qiladi. Kolba botirilgan suyuqlikning
nur sindirish ko’rsatkichini aniqlang.
66.27. Oqimning pastki qismida tosh yotadi. Sayyoh uni olishga qaror qildi va toshni
mojjalga olib qo’lini suvga 45° burchak ostida tushirdi. Agar oqim chuqurligi 32
sm bo’lsa, Qo’l toshdan qanday masofada suv tubiga tegadi. Suvning nur sindirish
ko’rsatkichi
.
66.28. Chuqurligi 1.5 m bo’lgan hovuzga qoqilgan qoziq suvdan 30 sm chiqib turibdi.
Quyosh nurlarining tushish burchagi 45° bo’lsa, qoziqning hovuz tubidagi soyasi
uzunligini aniqlang. Suvning nur sindirish ko’rsatkichi
.
66.29. Yorug’likning yassi parallel shisha plastinaga tushish burchagi 60° ga teng. Nur
plastinadan chiqishda 20 mm ga siljigan bo’lsa, plastinkaning qalinligi qanday?
Shishaning nur sindirish ko’rsatkichi 1.5 ga teng.
Husniddin Qoraboyev
94
67. To’la ichki qaytish
1-daraja
Do'stlaringiz bilan baham: |