Fridrix II imperatorligining yigirma yilidan ko'pini Italiyada, Sitsiliya qirolligida o'tkazadi. Uning saroyida arab, vizantiyalik va yahudiy olimlar to'plangan. Fridrixning o'zi arab va yunon tillarini bilgan, lotin va italyan tillarida ijod qilgan. Uning Palermodagi saroyi arab xalifalarining saroylarini eslatar edi. Imperator Sharq musiqasi, raqslari, Sharq adabiyoti va she'riyati, Sharq me'morchiligining muxlisi bo'lgan. Sharq hukmdorlarining ayrimlari bilan do'st tutingan.
Imperator mamlakat bo'ylab harakatlanganida uni jangchilar va filbonlar o'tirgan fillar kuzatib borgan. Fillar ortidan tuyalar, yo'lbarslar, sherlar, qoplonlar yetaklab yurilgan. Fuqarolarda bu jarayon kuchli taassurot qoldirgan. Fridrix II devonxonasida lotin tilining nozik jihatlaridan foydalanib, maktublar, hujjatlar bitilganki, unga butun Yevropa taqlid qilgan. Fridrix II yozgan «Qushlar bilan ov qilish» asari uning bu sohadan yaxshi xabardorligidan darak beradi; asar hozirgacha saqlanib qolgan. Imperator qator maktablar va Neapol universiteti asoschisidir. U cherkov yoki shahar kengashi emas, hukmdor tomonidan tashkil etilgan birinchi universitet bo'lgan.
Zamondoshlari Fridrix II ning g'ayritabiiy qobiliyati va qudratiga qoyil qolib, unga «Jahon hayrati» deb nom berishgan.
Fridrix II ning vafotidan so'ng papalar tarafdorlari shtaufenlar sulolasining vakillarini taxtdan chetlatishga intilishgan.
|
XIX asrning 70-yillari Qaysi xalqlar uzoq vaqt gabsburglarga qaram bo’lganlar?
Kimlar Gabsburglar hukmronligi ostida edi?
Xorvatlar, slovenlar, g‘arbiy slavyanlar.
|
Xorvatlar, slovenlar, g‘arbiy slavyanlar (chex, Slovak, polyak) ning bir qismi ham Gabsburglar hukmronligi ostida edi. Polyaklarning ikkinchi qismi Germaniya, uchinchi qismi esa podsho Rossiyasi zulmidan azob chekardilar.
|
|
Dollar diplomatiyasi qaysi xalqqa nisbatan qo’llanilgan? Lotin Amerikasi.
|
Prezident Taft «dollar diplomatiyasi» siyosatini e’lon qildi. Bu siyosat, asosan, iqtisodi nochor bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan qollandi. «Yordam berish» niqobi ostida sotib olish, davlat to‘ntarishlari uyushtirish oddiy holga aylanib qoldi.
|
|
ASSAM Bengaliya va boshqa Hindiston shaharlarida nimalar yetishtirilgan? Choy. Kanop paxta.
|
Bengaliya kanop, Assam choy, Bombey va Markaziy Hindiston paxta, Panjob bug‘doy yetishtirishga ixtisoslashdi.
|
|
...Oslodagi konfrensiya... Falastin Isroil 1993
|
1991-yil oktabrda Madridda Yaqin Sharq bo‘yicha xalqaro konferensiya ish boshladi va unda Falastin delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Keyin Norvegiya hukumati taklifiga ko‘ra Oslo shahrida Isroil bilan FATX o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Muzokaralar natijasida 1993-yili Isroil va FATX bir-birini tan olganligi e’lon qilindi.
|
|
Muhammad Rahimxon I nega qoraqalpoqlarni urug’larga bo’lgan?
|
Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo‘lishi uchun Muhammad Rahimxon I «Qoraqalpoq ulusi»ni shakllantirdi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu ulusga kirgan. Ulusni boshqarish xonning ixtiyorida edi. Urug‘lar va qabilalar ancha yirik guruhlarga birlashtirilib, ularni boshqarish uchun xon saroyining oliy amaldorlari otaliq va beklarbegi tayinlangan. Ayrim viloyatlarni boshqarish uchun tayinlangan hokimlar, odatda, xonning yaqin qarindoshlari bo‘lishgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |