Ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan imtiyozlar Onalik va bolalikning himoyalanishi.
Ayrim toifadagi xodimlarga – ayollar va boshqa oi-
laviy vazifalarni bajarish bilan bog‘liq shaxslarga qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar beriladi.
V b o b. Mehnat huquqi asoslari 93
Homilador yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamayti- rish taqiqlanadi.
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer- osti ishlarida ayollar mehnatini qo‘llash taqiqlanadi.
Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ish- lab chiqarish normalari, xizmat ko‘rsatish normalari ka- maytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tka- ziladi.
Ma’muriyat barcha ishchi va xizmatchilar uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’min etish bilan birga ayollar haqida alohida g‘amxo‘rlik qilishi lozim.
Homilador ayollarni yoki uch yoshga to‘lmagan bo- lasi bor ayollarni, 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor) yolg‘iz onalarni ishga qabul qilishni rad etish va shuni bahona qilgan holda ularning ish haqini kamaytirish qonun bilan taqiq- lanadi. Ana shu toifa ayollarni ishga qabul qilishni rad etgan taqdirda ma’muriyat buning sabablarini ularga yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Ishga qabul qilish- ni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni, 14 yoshga to‘lmagan bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor yolg‘iz onalarni ma’mu- riyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yil- maydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mus- tasno, bunday hollarda ularni albatta boshqa ishga joy- lashtirish sharti bilan ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan ayollar muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) muddati tugagani sababli ishdan bo‘shatilgan- da ham ularni albatta ishga joylashtirish nazarda tutiladi. Ishga joylashtirish davrida ularning o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi, biroq bu muhlat muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan kundan e’tiboran uch oydan oshmasligi kerak.
94 Huquqshunoslik
Og‘ir ishlarda va mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, yerosti ishlarida ayollar mehnatidan foydala- nish taqiqlanadi. Yerostidagi ba’zi ishlarda, istisno tariqasida, ayollar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ayollarning ular uchun belgilab qo‘yilgan normadan ortiq yuk ko‘tirishlari ham taqiqlanadi. Ayollar ko‘tara- digan va tashiydigan yukning eng ko‘p miqdori, orasida boshqa ish bilan ham mashg‘ul bo‘lganda, 15 kg dan or- tiq bo‘lmasligi kerak. 1,5 m dan ko‘p bo‘lmagan baland- likka og‘irligi 10 kg dan ortiq bo‘lmagan yukni ko‘ta- rishga ruxsat etiladi. Ish smenasi davomida doimiy ra- vishda yuk ko‘tarish va tashish bilan mashg‘ul bo‘lganda yukning og‘irligi 10 kg dan oshmasligi kerak. Butun ish smenasi davomida ko‘tarilgan yukning umumiy og‘irligi
7 tonnadan ortiq bo‘lmasligi kerak, yuk aravachalar va konteynerlarda bir joydan boshqa joyga tashilganda kuch sarfi 15 kg dan oshmasligi lozim.
Ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga, ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlarida ishlatishga, emizikli bo- lasi bo‘lgan ayollarni, shuningdek 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni xizmat safariga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qoida homilador ayollarga homiladorligi aniqlangan vaqtdan boshlab va shu haqda tegishli ma’lu- motnoma taqdim etganlaridan keyin taalluqli bo‘ladi. Bu qoida emizikli ayollarga bolani emizish bilan o‘tgan bu- tun davr uchun taalluqli bo‘lib, bu davr hech qanday kalendar muddat bilan cheklanmagan.
Homilador ayollar va 12 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar ish vaqti tugagandan keyin ham tungi vaqtlarda, shuningdek dam olish va bayram kunlarida navbatchilik- ka jalb qilinishlari mumkin emas.
Uch yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bolasi bor (16 yoshgacha nogiron bolasi bor) ayollar ularning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilinishlari yoki xizmat safariga yuborishlari mumkin emas.
Ayollarga tuqquniga qadar 70 kalendar kun va tuq-
V b o b. Mehnat huquqi asoslari 95
qandan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda 70 ka- lendar kuni) homiladorlik va tug‘ish ta’tillari jamlangan holda hisoblab chiqilib, tug‘ishga qadar amalda bunday ta’tilning necha kunidan foydalanganligidan qat’i nazar, ayolga to‘liq beriladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan ta’tildan tashqari, ayolning ari- zasiga muvofiq, unga bola uch yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan ta’til beriladi.
Bolani parvarishlash uchun qisman haq to‘lanadigan ta’tildan va ish haqi saqlanmagan holda beriladigan qo‘shimcha ta’tildan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan qarindoshlari ham to‘liq yoki uni qismlarga bo‘lib foydalanishlari mumkin.
Bolani parvarishlash ta’tili umumiy va uzluksik ish stajiga, shuningdek mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga qo‘shiladi. Bolani parvarishlash ta’tili vaqtida ish joyi saqlanadi.
Emizikli bolasi bo‘lgan onalar va bir yarim yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan umumiy tanaffusdan tashqari, bolasini emizish uchun qo‘shimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda bir marta, har biriga kamida o‘ttiz daqiqa vaqt beriladi. Bolani emizish uchun beriladigan tanaffuslar ish vaqti hisobiga kiritiladi va bu vaqt uchun o‘rtacha ish haqi to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |