Huquqshunoslik



Download 0,6 Mb.
bet61/112
Sana26.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#185708
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Mehnat intizomi

Ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini amalga oshirishda, mehnat vazifasini sidqidildan bajarishda korxonada o‘rnatilgan mehnat tartibiga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Intizom to‘g‘risida ustav va nizom qabul qilinadi. Bu hujjatlarda xodimning va ish beruvchining burchlari ko‘rsatilgan.

Xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajari- shi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab- asrashi shart.

Ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qo- nunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartno- masida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’min- lashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab bo- rishi shart.

V b o b. Mehnat huquqi asoslari 91

Korxonada doim ishlagan, mehnat intizomiga, meh- nat tartibiga bo‘ysungan xodimlarga har xil turdagi rag‘batlantirishlar qo‘llaniladi. Rag‘batlantirishlar qatori- da davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi, jamoa shartnomasi, kelishuvlarida, ichki mehnat tartibi qoidalarida ko‘rsatil- ganlar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181- moddasiga binoan «xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun» ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:


  1. Xayfsan.

  2. O‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.

  3. Mehnat shartnomasini bekor qilish.

Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi. Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta inti-

zomiy jazo qo‘llanishi mumkin.

Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniq- langandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi. Nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy o‘tganidan, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tganidan keyin jazoni qo‘llab bo‘lmaydi. Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritilgan davr

bu muddatga kirmaydi.

Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (farmo- yish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.

Respublika Mehnat Qonunlarida mehnat shartno- masi taraflarining moddiy javobgarlik asoslari ko‘rsatil- gan. Xodimga yetkazilgan zarar: ma’naviy (jismoniy yoki



92 Huquqshunoslik

ruhiy azoblar), xodimning mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilish, xodimning sog‘li- g‘iga yetkazilgan zarar, mol-mulkiga yetkazilgan zarar turlarida bo‘lishi mumkin. Ish beruvchiga yetkazilgan zararlar asosan moddiy — mol-mulkiga nisbatan bo‘lib, u kamaygan yoki yomon holatga kelganligi sababli, xodim bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish beruvchi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni to‘lashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javob- gar bo‘ladi.

Zarar yetkazgan taraflar yetkazilgan zararning og‘ir oqibatiga, hajmiga, qonunda ko‘rsatilgan boshqa asos- lariga ko‘ra zararni to‘la qoplash, zararni undirishdan voz kechish, qisman zararni qoplashga majbur bo‘ladilar. Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi ke- rak. Ish beruvchi har bir xodimga mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o‘tkazishda xodimni mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan, kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog‘liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qi-

lishi kerak.

Demak, xodim mehnat shartnomasini tuzish jarayo- nida uning mehnati muhofaza qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishgan bo‘lishi lozim. Muhofaza turiga tibbiy ko‘rikdan vaqti-vaqti bilan o‘tib turish, sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‘rsuv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlanish va boshqalar kiradi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish