Mehnat nizolari
Ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shart- nomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo‘llanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar yakka mehnat nizolari deb ataladi.
Yakka mehnat nizolari mehnat nizolari komissiyalari tomonidan, tuman (shahar) sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Mehnat nizolari komissiyalari jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyush- masi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq tuzilishi mumkin. Mehnat nizolari komissiyasi mehnat nizosini ariza beril- gan kundan e’tiboran o‘n kun muddat ichida ko‘rib chiqishi shart. Ariza bergan xodim komissiya ishida o‘zi ishtirok etadi. Agar u kelish imkoniyati yo‘qligini bildirgan bo‘lsa, nizo xodimning ishtirokisiz ko‘rilishi mumkin.
Mehnat nizolari komissiyasi qaror qabul qiladi, qaror majlis raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Mehnat nizolari komissiyasining qarori bu qaror usti- dan shikoyat qilish uchun belgilangan o‘n kunlik mud- dat o‘tgandan keyin uch kunda ish beruvchi tomonidan
V b o b. Mehnat huquqi asoslari 99
bajarilishi kerak. Basharti ish beruvchi belgilangan mud- dat ichida komissiya qarorini bajarmasa, mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo‘lgan guvohnoma beriladi.
Agar xodim yoki ish beruvchi belgilangan muddat ichida tuman (shahar) sudiga mehnat nizosini hal etish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etsa, guvohnoma beril- maydi.
Mehnat nizolari komissiyasi bergan va olinganidan keyin ko‘pi bilan uch oy ichida tuman (shahar) sudiga taqdim etilgan guvohnoma asosida sud ijrochisi mehnat nizolari komissiyasining qarorini majburiy tarzda ijro etti- radi. Basharti mehnat nizolari komissiyasi o‘n kunlik mud- dat ichida mehnat nizosini ko‘rib chiqmasa yoki hal et- masa, manfaatdor xodim ushbu nizoni ko‘rishni tuman (shahar) sudiga o‘tkazishga haqlidir.
Sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
ishga tiklash nizolari bo‘yicha — xodimga u bi- lan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;
xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha — zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil;
boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy.
Do'stlaringiz bilan baham: |