Savol va topshiriqlar
15 yoshli shaxs ishlash uchun xususiy firma rahbariga murojaat qildi. Rahbar uni ishga olishdan avval o‘z talablarini qo‘ydi. Ular quyidagilardan iborat edi:
qanday ish bo‘lsa bajarish;
hamma bilan barobar ishlash;
ish vaqti tugamasdan ish joyidan ketmaslik.
Rahbar haqmi?
Qaysi qonun bilan voyaga yetmaganlar ishi kafolat- lanadi?
D.15 yoshdan ishga qabul qilinganlar haftasiga necha soat ishlashi mumkin?
15 yoshdagi G. oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lganligi sababli ishga kirishi shart bo‘lib qoldi. Korxona rahbari uni ishga qabul qilishdan voz kechdi va qonun bo‘yicha G. 15 yoshida ishlashi mumkin emasligini aytdi.
15 yoshdan mehnat huquqi beriladimi?
Qanday hujjatlar bilan G. o‘z huquqini amalga oshi- rishi mumkin?
D. Korxona rahbari haqmi?
Tegishli qonun hujjatlari asosida masalani yeching:
18 yoshga to‘lmagan M. qurilishda yordamlashar edi. U yuk ko‘taruvchi kranni boshqarishni juda havas qilar va
104 Huquqshunoslik
prorabga: «Meni o‘sha yerga ishlashga qo‘ying», — deb ko‘p yalindi. Prorab ruxsat bermadi.
Prorab nimaga asosan M. ga tepada ishlashni man qil-
di?
Voyaga yetmaganlar mehnati qanday qonun asosida
kafolatlanadi?
Yo‘llanma bilan ishga kelgan yosh mutaxassisga kafedra mudiri 3 oy sinov muddatidan keyin ishga qabul qilishi yoki qilmasligini aytishini ma’lum qildi.
Kimlarga sinov muddati o‘rnatiladi? Qonun bilan asoslab bering.
Uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol ish beruvchidan unga haftasiga 35 soatlik ish vaqti o‘rnatishini iltimos qildi. Rahbar korxonada haftalik ish vaqti 40 soat, deb ayolning ilti- mosini rad etdi.
Topshiriqni mehnat qonuniga kiritilgan yangiliklar asosida bajaring.
Rahbarga qonun doirasida ish ko‘rish lozimligini isbot- lab bering.
Bolasi 3 yoshga to‘lgunga qadar o‘z hisobidan ta’til ol- gan xodim ishga bir oy oldindan keldi va ariza berdi. Rahbar uning o‘rnida boshqa xodim ishlashini, unga bir oydan keyingina xodimni o‘z vazifasiga qo‘yishini bildirdi.
Kim haq?
Xodim o‘rniga ishga olingan shaxs bilan mehnat munosabati qanday tugatiladi?
Topshiriqni qonun asosida bajaring.
17 yoshli xodim ishdan bir soat oldin ketishini bildirib, rahbardan ruxsat so‘radi. Rahbar hamma bilan bir vaqtda ish- dan ketish kerakligini aytdi.
Kim haq?
Voyaga yetmagan shaxs kuniga, haftasiga necha soat ishlaydi?
Bob mavzulariga oid 5—10 ta test tuzib keling.
VI b o b. Oila huquqi asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |