Huquqshunoslik



Download 0,6 Mb.
bet70/112
Sana26.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#185708
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

VI b o b


OILA HUQUQI ASOSLARI

105


Oila huquqi tushunchasi, maqsadi, vazifasi

Ma’lumki ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlab nikoh munosabatlari mavjud. Ilk davrda odamlar bilar-bilmas er-xotin, ota-ona, farzand tuyg‘ularini his qilib, bir-birlari orasida burchlarini ham bajarar edilar. Avvalo, bu muno- sabatlar «guruh nikoh», keyinchalik «juft nikoh» deb atal- di. Jamiyatda inson ongi rivoj topgan sari nikoh muno- sabatlarida ham o‘zgarishlar yuzaga keldi. Jamiyatdagi urug‘chilik davri — onalik davridan patriarxat — otalik davriga o‘ta boshladi. Bu davrga kelib erkaklarda o‘z xoti- niga, ulardan tug‘ilgan farzandlarga, topilgan daromadiga o‘zi ega bo‘lish tuyg‘usi vujudga keldi. Bu davr siviliza- tsiya deb atalib, yakka nikoh — monogamiyaning kelib chiqishiga asos soladi. Shunday qilib, nikoh munosaba- tidagi o‘zgarishlar oilada ham ulkan o‘zgarish tug‘dirdi.

Urug‘chilik davrida ham, bugun ham oilaviy muno- sabatdagilarning asosiy maqsadi bir-birlariga yordam berish, tarbiyalash, g‘amxo‘rlik qilish xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu tashkilotda eng yaqin insonlar birlash- di. Ma’lumki, kishi oilada rivojlanadi, kamol topadi. Mustaqil respublikamiz kelajagiga o‘z hissasini qo‘sha- digan shaxs eng avvalo oilada tarbiyalanadi. Oila, nikoh- dagilarning o‘rtasida ahillik bo‘lsagina, mustahkam bo‘la oladi. Shuning uchun nikoh nima, qanday tuziladi, oila nima, jamiyatimizda uning o‘rnini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Oila bu ota-ona, er-xotin, farzandlar va qarindosh- urug‘lardan tuzilgan uyushma bo‘lib, oila a’zolari o‘rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarni vu- judga keltiradi. Oila davlat himoyasidadir.



106 Huquqshunoslik

Oilaning davlatimizning kelajagidagi o‘rniga keng ba- ho berib, asosiy qonun — Konstitutsiyaning «Jamiyat va shaxs» bobida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi, u davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega ekanligi tas- diqlangan.

Oila munosabatlari «O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi» bilan tartibga solinadi. Bu munosabatlar nikoh, er-xotin, ota-ona, farzandlar, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlardir.

Oila qonunlarining asosiy vazifalari oilani mus- tahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhab- bat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ullikni his etishi biron-bir shaxsning oila masala- lariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymas- lik, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishi hamda bu huquqlarning himoya qilinishidan iboratdir.




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish