Er va xotinning huquq va majburiyatlari
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyat- lari vujudga keladi.
Bu majburiyatlar shaxsiy va mulkiyga bo‘linadi.
Oilada er-xotin teng huquqli hisoblanadi. Teng huquqlilik nikoh tuzish vaqtidan boshlanib, er va xotin- ning familiya tanlashdagi tengligini vujudga keltiradi. Eri xotinining, xotini erining familiyasiga o‘tishi, har biri o‘z familiyasida qolishi mumkin. Er xotinini majburlab o‘zining familiyasiga o‘tishini talab qilishi qonunda taqiqlanadi.
Er-xotin bolalar tarbiyasida va oilaviy turmushning barcha masalalarini birgalikda hal qilish huquqiga egadirlar.
Er-xotin har biri o‘zi tanlagan kasbi, mutaxassisligi, mashg‘ulot turida ishlash huquqiga ega. Er va xotin yashash joylarini tanlashda ham teng huquqli. Bundan er o‘z uyida, xotin o‘z uyida yashashi kerak, degan ma’no chiqmaydi. Lekin turar joy masalasida er va xotin tinch- totuv yashash imkoniyatini ko‘zlab, oilani saqlash maqsa- dida bu masalaga yondashishi lozim.
Mulkiy huquq va majburiyatlarda er va xotinning mulkka bo‘lgan huquq va burchlari ko‘rinadi. Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shu- ningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotin- ning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydala- nish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir- lar.
VI b o b. Oila huquqi asoslari
109
Er va xotindan birining umumiy mol-mulkini tasar- ruf etishi bilan bog‘liq bitim tuzilganda bu harakat boshqasining roziligiga ko‘ra amalga oshirilayotganligini anglatadi.
Er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek, ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi.
Qimmatbaho buyumlar va zeb-u ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida er va xotinning umumiy mablag‘i hisobiga olingan bo‘lsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksida zamon talabidan kelib chiqib er va xotin mol-mulkining shart- nomaviy tartiblari o‘rnatilgan.
Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda maj- buriyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.
Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguni- ga qadar ham, shuningdek, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va nota- rial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol- mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
110 Huquqshunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |