Huquqiy davlat
Hozirgi davrda huquqiy davlat, uning ahamiyati to‘g‘- risida ko‘p fikrlar yuritildi. Respublikamizda huquqiy davlat barpo etilishi Konstitutsiyada o‘z ifodasini topgan.
24 Huquqshunoslik
Huquqiy davlatga uzoq-uzoq yillardan beri ula- molarimiz o‘z munosabatlarini bildirib kelganlar. Spinoza, Gobbs, Lokk, Arastu, Sitseron, Beruniy, Amir Temur va boshqalar huquqiy davlatda xalq hokimiyati tashkil etilishining nazariy asoslarini yaratib, qonun hukmronlik qiladigan davlat ko‘rinishi hokimiyat bo‘lishi to‘g‘risidagi g‘oyalar tizimini ishlab chiqqanlar. Huquqiy davlat nazariyasining falsafiy asosini I. Kant shunday ta’riflaydi: «Davlat bu — huquqiy qonunlarga bo‘ysundirilgan juda ko‘p odamlarning birlashuvidir».
Donishmandlarimiz u yoki bu davrda huquqiy davlat to‘g‘risida o‘z tuyg‘ularini, istaklarini, tasavvurlarini meros qilib qoldirar ekanlar, bugungi kunda ham ular- ning qarashlari o‘z o‘rniga ega.
Huquqiy davlatga hozirgi olimlarimiz quyidagi belgi- larni mos deb biladilar:
Huquqiy davlatda hokimiyat ishlarini amalga oshirish- da shaxs munosabati va har xil uyushmalar faoliyati huquqiy asosda amalga oshiriladi. Huquqiy davlatning iqtisodiy asoslarini xilma-xil mulk turlari tashkil etadi. Uzoq yillar sobiq Ittifoq tuzumida xususiy mulkka qarshi turilgan edi, hozirgi kunda esa xususiy mulk boshqa mulk- lar qatorida davlat himoyasida ekanligi respublikamiz Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan. Huquqiy davlat- ning ijtimoiy asosini o‘zini o‘zi boshqara oladigan fuqaro- lik jamiyati tashkil etadi va bu jamiyat erkin shaxslarni bir- lashtiradi. Ma’naviy jihatdan bu davlat — insoniylik, haqqoniylik, teng huquqlilik, inson erkinligi kabi tuyg‘ular- ning rivojlanishiga zamin yaratadi. Bu davlatning siyosiy tabiatini uning suverenligi tashkil etadi.
Huquqiy davlatda qonuniylik birinchi o‘rin egallaydi, qonun ustunligiga amal qilinadi. Har bir shaxsning real huquq egasi bo‘lib, uni amalga oshirishi ta’minlanadi. Davlat fuqarolar oldida, fuqarolar davlat oldida o‘z burchlarini bajarishi, hokimiyat bo‘linishi, qonuniylik o‘rnatilishi, huquq tartiboti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kabi ishlar amalga oshiriladi. Huquqiy davlatga xos yuqorida
I b o b. Davlat va huquq nazariyasi 25
ko‘rsatilgan xususiyatlarning ko‘pi respublikamizda amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |