huquqning mavjudligi. Davlat huquqsiz yashay ol- maydi. Huquq davlatni, davlat hokimiyatini yuridik ji- hatdan mustahkamlaydi.
22 Huquqshunoslik
Davlat shakllari
Davlatning shakllari deganda hokimiyatning tashkil etilishi, uning ichki tuzilmasi va hokimiyatni amalga oshirishning asosiy usullari tushuniladi.
Davlat shakllari paydo bo‘lish va rivojlanishning aniq bir tarixiy sharoitlariga, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasiga, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga, geo- grafik, iqlim va boshqa sharoitlarga, aholining ijtimoiy tarkibiga bog‘liq ravishda hatto bir formatsiya doirasida ham turli-tuman bo‘lishi mumkin. O‘zlariga xos bo‘lgan belgilariga ko‘ra ular boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy rejim bo‘yicha guruhlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |