Tabiatni muhofaza qilish — insonning ongli va aniq bir maqsadga qaratilgan faoliyatidir. U tabiatni muho- faza qilishga, uning resurslaridan maqsadga muvofiq foy- dalanishni ta’minlashga, hayot muhitini va inson faoli- yatini yaxshilashga qaratilgan davlat va ijtimoiy tadbirlar tizimi orqali amalga oshiriladi.
Tabiatni muhofaza qilishning dastlabki shakllaridan biri — uni konservatsiyalash, ya’ni inson tomonidan xo‘jalik yoki boshqa maqsadlarda foydalaniladigan tabiiy obyektlar, ularning komplekslaridan to‘la holda yoki bir qismini ajratib olishdir (qo‘riqxonalar, suv omborlari). Ikkinchi shakli — foydalanilayotgan tabiiy obyektlarga oqilona munosabatda bo‘lish, uchinchisi esa atrof- muhitni himoyalash, sog‘lomlashtirish va yaxshilashdan iborat.
Tabiatni muhofaza qilish fuqarolarning muhim vazi- fasidir. Bu vazifa faqat hozirgi avlod manfaatlaridan ke- lib chiqib emas, balki kelgusi avlod uchun ham zarurdir.
142 Huquqshunoslik
Inson faqat o‘zi haqida qayg‘urmay, balki o‘zidan keyin yashaydiganlar to‘g‘risida ham o‘ylashi kerak. Qadimgi sharq hikmatlarida shunday deyilgan: «Agar har bir inson biror bolani tarbiya qilmagan, biror uy qurmagan, biror daraxt ekib o‘stirmagan bo‘lsa, uning umri zoye ketgan hisoblanadi». Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amal- ga oshirishda asosiy e’tibor tabiatni muhofaza qilish, yer, suv resurslari, yerosti boyliklari, hayvonot va o‘simliklar dunyosidan maqsadga muvofiq foydalanish sama- radorligini oshirishga, tabiiy muhit va ifloslik tarqatuvchi manbalar ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga, bu ishlarda jamoat tashkilotlari va aholining ishtirok etish shakllari va usullarini kengaytirishga qaratilishi zarur.
Shuning uchun 2009-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 16-yalpi majlisida senatorlar tomonidan parlament faoliyatini tashkil etishda siyosiy partiyalar- ning, mamlakatni demokratik yangilashda vakillik hoki- miyati organlarining roli va ta’sirini yanada oshirishga qaratilgan takliflar tushdi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi sog‘lig‘ini muhofaza etish masalalari muhimligini e’tiborga olib, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Saylov to‘g‘risida»gi Qonunning yangi ta- hririning birinchi moddasida O‘zbekiston Ekologik hara- katiga 15 ta deputatlik o‘rin berish nazarda tutildi va 2009-yil 27-dekabrdagi saylovda O‘zbekiston Ekologik harakatidan Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati mazkur harakatning oliy organi (Konferensiyasi) tomo- nidan Markaziy saylov komissiyasi belgilagan muddat- larga saylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |