Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi
Tabiatni muhofaza qilish eng muhim vazifalardan biridir. Respublikamiz Konstitutsiyasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga maj- burdirlar», deb tasdiqlangan. Inson tabiatdan foydalana borib yangi sharoit hosil qiladi, geografik muhitni o‘zgartiradi, tabiatda kechadigan tabiiy aylanish va mod- da almashinuvi jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ta’sirning salbiy oqibatlari tabiatdagi tenglikka zarar yetkazadi, inson va biosfera muvozanatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham tabiatdan foy- dalanishda uning muhofazasiga e’tibor berish obyektiv zaruriyat bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: