Huquqshunoslik


Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari



Download 0,6 Mb.
bet99/112
Sana26.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#185708
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunlarida voya- ga yetmaganlarga nisbatan faqat asosiy jazo choralari qo‘llaniladi, qo‘shimcha jazo ularga qo‘llanilmaydi.

Voyaga yetmaganlarning (18 yoshgacha bo‘lganlar) jinoyatlari uchun quyidagi asosiy jazolarni qo‘llash mumkin:


  1. jarima;

  2. axloq tuzatish ishlari;

  1. qamoq;

  2. ozodlikdan mahrum qilish.

Jarima eng kam ish haqining ikki baravaridan yigir- ma baravarigacha miqdorda tayinlanadi. Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ish- lamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar bel- gilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joy- larda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi.

Voyaga yetmaganlarga qamoq jazosi bir oydan uch oygacha muddatga belgilanadi.



Ozodlikdan mahrum qilish jazosi voyaga yetmaganlar

VII b o b. Jinoyat huquqi

137


uchun olti oydan o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi. Bu jazoni qo‘llashda voyaga yetmaganning jinoyati sabab- lari, jinoyatning og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holatlari, yoshi va boshqa xususiyatlari inobatga olinadi. Voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish faqat voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha komissiya hujjat- lari bilan tanishib chiqqandan keyin yuz beradi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun voyaga yetmagan 18 yoshga to‘lmaganligi, jinoyatni birinchi marotaba sodir etishi, jinoyatning ijtimoiy xavfi katta bo‘lmaganligi e’ti- borga olinadi.

Har bir voyaga yetmaganning jinoyatini sud puxta o‘rganib chiqib, sababini, uzr so‘rashini, shaxsning psixologik jihatini, yoshini, tarbiya olgan muhitini e’tiborga olgan holda, balki unga jinoiy jazo qo‘lla- masdan majburlov choralar qo‘llashni ma’qul ko‘rishi mumkin. Sud voyaga yetmaganga uning qilmishini qoralab, og‘ir oqibatini tushuntirib, bunday nojo‘ya harakatlar takrorlamasligini uqtirib, nima sababdan ji- noiy jazo emas, majburlov choralari qo‘llaganligini aytib o‘tishi zarur.



Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, sodir etgan jinoyatning sabab- larini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga ta’sirini hisobga oladi.

O‘n uch yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilish- ning eng ko‘p muddati o‘n yilgacha, agar sodir etgan ji- noyatlarning bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n ikki yil- gacha tayinlanadi.

O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vaqt- da jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar maj- mui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — o‘n ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarning


138 Huquqshunoslik

bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh yilgacha mud- datga tayinlanishi mumkin.

Hisobga olinishi lozim bo‘lgan holatlar sifatida o‘smirning yashash sharoitlari va tarbiyasi ko‘rsatilgan. Mazkur holatni belgilab sud o‘smirning ota-onasi bor- yo‘qligiga yoki ularning o‘rnini bosa oladiganlarning bola tarbiyasiga oid o‘z majburiyatlarini bajargan-ba- jarmaganliklariga e’tibor qaratishi, o‘smirning maishiy sharoiti, oiladagi, korxona, o‘quv muassasasidagi ijti- moiy-ruhiy muhitni va boshqalarni aniqlab olishi lo- zim.

Jinoyat huquqi fanining maxsus qismida aniq jino- yatlar, ular uchun qo‘llaniladigan jazo turlari ko‘rsatil- gan. Maxsus qismda shaxsga qarshi jinoyatlar, ularning turlari; tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar, xususan, agressiya, genotsid, yollanish, terrorizm kabi jinoyatlar; iqtisodiy sohasidagi, ekologiya sohasidagi jinoyatlar va boshqa jinoyatlarning mustaqil guruhlari ajratilib beril- gan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining Maxsus qismi 7 bo‘limdan, 24 bobdan, 205 moddadan iborat. Shaxsga qarshi jinoyatlar o‘z ichiga yetti bobni, 53 moddani oladi. (Jinoyat Kodeksining 97-moddasidan 149-moddasigacha.) Shaxsga qarshi jinoyatlar quyida- gi — hayotga qarshi jinoyatlar; sog‘liqqa qarshi jinoyat- lar; hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar; jin- siy erkinlikka qarshi jinoyatlar; oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar; shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyat- larga bo‘linadi.

Tinchlik va xavfsizlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar

tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar va O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni o‘z ichiga olib, JKning 14 moddasida ularning turlari ko‘rsatilgan.

Jinoyat Kodeksining maxsus qismi uchinchi bo‘limi iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar bilan boshlanadi. Bu


VII b o b. Jinoyat huquqi

139


bo‘lim 4 bobdan va 29 moddadan iborat. Iqtisodiyot so- hasidagi jinoyatlar o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish, o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lma- gan jinoyatlar; iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar; xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar turlarini o‘z ichiga oladi.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar atrof-muhitni muho- faza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga olib, Jinoyat Kodeksida 193-moddadan 204-moddagacha ular turlari ko‘rsatilgan. Masalan, ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish; ve- terinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish kabi jinoyat- lar ekologiya sohasidagilarni tashkil etadi.

Jinoyat Kodeksining beshinchi bo‘limi «Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar» deb ataladi. Bu bo‘lim o‘z ichiga ikki bob, 37 moddani oladi. Boblarda boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar; odil sudlovga qarshi jinoyatlar tizimi berilgan. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarga: mansabga sovuqqonlik bilan qarash; hokimiyat harakat- sizligi; mansab soxtakorligi; pora olish; pora berish va boshqalar kiradi. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar turku- miga: aybsiz kishini javobgarlikka tortish; adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish; sud qarorlarini bajarmaslik; ko‘rsatma berishga majbur qi- lish, yolg‘on xabar berish; yolg‘on guvohlik berish kabi jinoyatlar kiradi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish