Eng qadimgi davrda ibtidoiy jamoani boshqarish.
Insoniyat har xil jamiyatga birlashib jamoa, uyushma bo‘lib yashab kelgan. Bir davrlarda davlat bo‘lmagan, odamlar to‘da-to‘da bo‘lib yashaganlar. Bu davrda hali to‘laligicha aql, idrok rivojlanmagan, birlashish to‘g‘- risidagi asosiy maqsad nimaga kerak ekanligi ayon bo‘l- masa ham, inson yakka o‘zi hayot kechira olmasligi aniq bo‘lganligi tufayli kimlargadir qo‘shilib, kimlardandir hi- moya kutish shartligini bilar edi. Chunki ibtidoiy jamoa deb nomlangan uzoq bir davrda odamlarda mehnat qurol- lari, himoya qurollari, kiyim-kechak, yashash uchun biror-bir sharoit bo‘lmagan. Insonlar tashqaridan kelgan hujumlarga qarshi chiqish, yashash uchun oziq-ovqatlarni qidirib topishga birgalashib harakat qilishlari shartligini
I b o b. Davlat va huquq nazariyasi 17
tushungan holda to‘da-to‘da bo‘lib yashar edilar. Mehnat qurollari umumiy bo‘lishi, birgalikda jamoa bo‘lib ov qilinishi natijasida topilgan ovqatlar teng bo‘linib, jamoa a’zolariga taqsimlangan.
Birinchi tashkil qilingan jamoalar guruh, qabila, bir- lashmalar shaklida tuzila boshlangan edi. Urug‘ bu — shaxsiy uyushma bo‘lib, kim qaysi hududda yashashi aniqlanmagan. Bu jamiyat a’zolari qon-qarindoshlik xususiyatlari asosida birlashgan edi. Ular bu hududdan u hududga kirib yurishi mumkin edi.
Bu jamiyatda hukmdorlikni kattalar amalga oshirar edi. Asosiy o‘rin o‘z-o‘zini boshqarish shaklida amalga oshib, urug‘lik umumiy majlisida hamma masala hal qili- nar edi. Umumiy majlis oqsoqolni, o‘zlari orasida hur- matga sazovor odamlardan harbiy boshliqni saylar edi. Ular urug‘larini boshqarishda o‘z vazifalarini bajarar edi- lar. Diniy masalalar bilan shug‘ullanuvchi alohida shaxs- lar ham mavjud bo‘lgan. Lekin urug‘da yuqorida ko‘rsa- tilgan boshliqlarning birontasi alohida boshqarish huquqi bilan cheklanmagan bo‘lib, hamma masalalar majlisda hal qilinar edi.
Asta-sekin urug‘lar kengayib, birlashib qabilalar uyushmasini tashkil qila boshlagan. Qabilalarning umu- miy ishlarini kengash boshqarar edi. Kengash oqsoqol va harbiy boshliqlardan tashkil topgan.
Eng qadimgi davr tuzumida insonlarning o‘zaro munosabatlari maxsus kishilar orqali tartibga solinib turilgan. Ular urf-odat, diniy aqidalar, xulq-atvor qoidalari, mehnat, oila, jamiyat a’zolari bilan munosa- batdagi tartiblardan iborat bo‘lgan.
Jamiyat oilalarga, oilalar — boylar va kambag‘allarga bo‘linishi, mehnat taqsimotining vujudga kelishi davlatni tashkil toptirdi. Hamma jamiyat a’zolarini tartib doirasida tutib turadigan maxsus uyushma — davlat vujudga kela boshladi. Demak, davlat insonlarning jamiyatdagi o‘rni, rivojlanishi natijasida vujudga kela boshladi.
Davlatning vujudga kelish nazariyasiga ilmiy yon-
18 Huquqshunoslik
dashishda hozirgi davrga mos fikrlarni o‘rganish, talqin qilish va baho berish olimlarimiz oldidagi ulkan muam- mo bo‘lib qolmoqda.
Uzoq yillar marksizm-leninizm nazariyasidan kelib chiqqan holda davlatni ibtidoiy jamoa yemirilishi bilan bog‘lab uch asosiy shaklda: oddiy klassik; uzluksiz olib bo- rilgan urushlar; boshqalar hududini bosib olish natijalari deb tushuntirib kelingan.
Masalan, materialistik yoki klassik nazariya dav- latning vujudga kelishini iqtisodiy sabablar bilan bog‘lab, jamiyatda mehnat taqsimoti, xususiy mulk vujudga ke- lishi va sinflarning paydo bo‘lishi natijasi deb biladi.
Tabiiy-huquqiy nazariya tarafdorlari insoniyatning tabiiy holati, munosabati huquqiy shartnoma tuzishga olib keladi va bu tabiiy hol deb tushuntirishadi.
Organik nazariyaning tub ma’nosi insonlar biror a’zo- sisiz yashashi mushkul bo‘lganidek, birgalashib yasha- masligi ham qiyin deb tushuniladi. Jamiyat va davlatni bir butun organizm deb tushunish kerak va ular alohida-alo- hida yashashi mumkin emas degan go‘ya ilgari suriladi.
Zo‘rlik nazariyasi tarafdorlari fikricha, davlat zo‘rlik va bosib olish natijasida vujudga kelgan. Zo‘rlik iqti- sodiy-siyosiy tizimiga ega bo‘lib, bu davlatning ichki- tashqi ishlarida o‘z o‘rnini egallaydi, degan nazariya xu- losalarini o‘rtaga tashlaydi.
Psixologik nazariyaning tub ma’nosida inson ongi, ruhiyati bilan birga yashash, birlashishga ehtiyoj sezgan- ligi, bu tabiiy intilish jamoaning birlashish qonuniyatiga aylanganligi tushunchalari yotadi.
Ibtidoiy jamoadagi urf-odatlarga xos xususiyatlar urug‘ tomonidan shakllanar, urug‘ a’zolarining manfaatlarini ko‘zlar edi. Bu urf-odatlarga rioya etish har bir urug‘ a’zo- sining kundalik tartib doirasiga kirib qolganligi ularni ix- tiyoriy bajarishligi, maxsus kuch ishlatib, nazorat qiluvchi tashkilot yo‘qligidan dalolat beradi. Agar biror shaxs urf- odat qoidalarini buzsa, unga nisbatan tushuntirish ishlari olib borilar edi. Vaqti-vaqti bilan biror shaxs qoidalarni
I b o b. Davlat va huquq nazariyasi 19
buzsa, urug‘doshlari tomonidan ayrim majburlov choralari ko‘rish mumkin bo‘lgan. U davrda huquq va burch o‘rtasi- da aniq chiziq yo‘qligi tufayli huquqiy normalar burch bo‘lib, burch esa huquq bo‘lib hisoblangan.
Bu davr davlat vujudga kelgunga qadar bo‘lgan davr bo‘lib, jamiyat boshqarilishi, xulq-atvor qoidalari jami- yatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy rivojla- nishiga va shaxsning kamol topishiga bog‘liq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |