Mavzu: Uzluksiz huquqiy tarbiya tizimi va mazmuni.
Xuquqiy tarbiya tizimi tushunchasi
Xuquqiy tarbiya tizimi hususiyati.
Xuquqiy tarbiyaning mexanizmi.
Tayans so‘z va iboralar.
Tarbiya, ta'lim, prinsip, mexanizm, yoshlar, siyosat, boshqaruv, usul, mezon, hususiyat, ong, tasavvur, YuNeSKO.
Xuquqiy tarbiya tizimi tushunchasi
Fuqarolar tarbiyasi hamma tomonlarni qamrab oluvchi yagona tizim doirasida olib boriladi. Agar ularni alohida tarkibiy qismlarga ajratilsa, turli xil nisbiy mustaqil tarbiya ko‘rinishlarini, ya'ni siyosiy, xuquqiy. ma'naviy, axlokiy, mexnat, estetik va shu kabilarni aniqlash mumkin. Bu aloxida tarbiyaviy jarayonlardan har biri tarbiyaning shakllari, vositalari, uslub va prinsiplari qo‘llanishining uziga xosligidan kelib chiqadigan bir qator xususiyatlariga ega. Barcha tarbiya ko‘rinishlari uchun umumiylik —tarbiyaning markazida inson turganligi bo‘lsa, ularning xar biri uchun uziga xos xususiyat —tarbiya usullarining turlichaligidir.
Tarbiya jarayonlarining turlichaligini farqlashda qo‘llaniladigan boshqa muxim mezonlardan biri —ong shakllarining turlicha ekanligi. Chunki, aloxida olingan tarbiya jarayonlarining har qaysini, inson ongining hamma tomonlarini emas, faqat uning ayrim ko‘rinishlarini qamrab oladi. Masalan, siyosiy tarbiya siyosiy ongni; ma'naviy tarbiya ma'naviy ongni; estetik tarbiya estetik ongni va h.k. Xuquqiy tarbiya, ongning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan xuquqiy ong bilan bogliq.
Huquqiy tarbiya —fuqarolarga huquqiy bilimni singdiruvchi muhim ijtimoiy vositadir.
Ammo bu bilimlarni xosil qilish, ko‘p hollarda, maxsus uyushtirilgan ongli tarbiyaviy jarayonlardan tashqari, ijtimoiy borliqning turli obektiv omillari ta'sirida yuz beradi. Shu sababli shaxsni «huquqiy tarbiya»lash va uni «huquqiy shakllantirish» tushunchalari orasida farqni ko‘rish kerak.
Xuquqiy tarbiya —shaxslar va ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongiga ko‘rsatiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan, tashkillashtirilgan, boshqariladigan, oldindan rejalashtirilgan va maxsus ishlab chiqilgan xuquqiy tarbiya usullari vositasida amalga oshiriladigan pedagogik ta'sir jarayonidir.
Xuquqiy shakllantirish tushunchasi ancha keng qamrovlidir. Unga xuquqiy tarbiya jarayonining o‘zi va shu bilan birga, ob'ektiv hayotda mavjud bo‘lgan, jamiyat hayotining ,hamma sohalariga kirib boruvchi ko‘p hollarda boshqarib bo‘lmaydigan, uyushtirilmagan, mo‘ljallanmagan ommaviy jarayonlarning odamlar xuquqiy tarbiyasiga ta'sirlari ham kiradi.
Bizningcha, huquqning tarbiyaviy rolini ajratib kursatadigan, uni xuquqiy tartibga solishdan ajratib qaraydigan mualliflar haqdirlar, chunki xuquqiy tartibga solishning ob'ektiga — asosan, odamlar fe'l-atvorining iroda safarbarligi vositasida kilingan xatti-xarakatlari hisoblanadi.
Huquqning tarbiyaviy funksiyasi ob'ekti —birinchi navbatda, odam fe'l-atvori emas, uning ongi-fikrlari, tasavvurlari, xis-tuygulari hisoblanadi.
Bu xuquqiy tartibga solish inson ongiga hech qanday ta'sir o‘tkazmaydi, degani emas, albatta.
Bunday tarbiyaviy ta'sir xuquqiy tartibga solish jarayonida o‘tkaziladi, ammo u inson fe'l-atvori, uning qilmishlariga nisbatan ikkinchi darajalidir.
Demak, huquqiy tarbiya —fuqarolarning ongi va ruhiyatiga ta'sir qilishga qaratilgan, rejalashtirilgan, boshqariladigan, uyushtirilgan, tizimli, maqsadga yo’‘naltirilgan, hozirgi zamon huquqshunosligi tasarrufida mavjud bulgan turli xil huquqiy tarbiya shakllari, vositalari va uslublaridan foydalanib, fuqarolar ongida chuqur va barkaror huquqiy bilimlar, e'tiqodlar, ehtiyojlar, qadriyatlar, qonunga mos fe'l-atvor, odatlarni shakllantirish jarayonidir
Do'stlaringiz bilan baham: |