Mavzu: Ma'naviy-ahloqiy g‘oyalar, shuningdek, umuminsoniy va milliy bilan boyitilgan tarbiya tizimini shakllantirish. REJA. 1. Tarixiy huquqiy meros. 2.Ma'rifatparvarlik davridagi ma'naviyatimiz taraqqiyoti. 3.O‘zbekiston o‘z taraqqiyoti, milliy davlatchiligi Tayanch so‘z va iboralar. Tarix, huquq, meros, Ma'rifatparvar, davr, ma'naviyat, taraqqiyot, milliy davlat, massaget, chig‘atoy ulusi
Tarixiy huquqiy meros. Mustaqil O‘zbekiston inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish borasida butun dunyoda ish boshlagan va ish olib borgan barcha kishilarni va barcha davlatlarni juda e'zozlaydi. O‘zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatining teng huquqli a'zosi sifatida ma'rifatparvar demokratik adolatli davlat bo‘lishga harakat qiladi, inson huquqlarini himoya qilishga va mustahkamlashga qat'iy kafolat beradi.Inson huquqlari umumbashariy va milliy davlat va huquq tushunchalarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘zbekiston o‘zining boy va ko‘p ming yillik ma'naviy-huquqiy merosiga asoslanib, inson huquqlarining umuminsoniy qadriyatlari hamda e'tirof etgan xalqaro huquq talablarini ta'minlash borasida muntazam ish olib bormoqda.Inson huquqlari aniq tarixiy va milliy o‘ziga xos sharoitda tabiiy ravishda paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham o‘zbek ma'naviy-huquqiy merosining ildizlarini chuqur bilish va idrok etish, O‘zbekistonda inson xuquqdarini o‘ziga xos tushunishni va holatini to‘g‘ri talqin qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbek ma'naviy-huquqiy merosining ildizlari qanday? Bizning ko‘hna zaminda davlatchilik va huquq o‘zining chuqur ildizlariga ega bo‘lib, qadim-qadim davrlarga borib taqaladi. O‘zbek milliy davlatchiligi va huquqi paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi tarixiy solnomasi quyidagacha. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda hozirgi Markaziy Osiyo hududida yigirmaga yaqin qabilalar bo‘lib, ular bir necha qabilalar ittifoqiga birlashgan edilar. Bular orasida bir necha qabilalarni birlashtiruvchi massagetlar alohida mavqyei bilan boshqalardan ajralib turganlar. Turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqining chuqur ildizlari ana shu massagetlarga borib taqaladi.
Eramizdan avvalgi XU-XN asrlarda Markaziy Osiyo hududining asosiy qismi Ossuriya davlatining tarkibida bo‘lgan, shu bilan birga bu davrda mustaqil Xorazm davlati ham mavjud edi.
Eramizdan avvalgi VI asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda Ahmoniy podshohlarning hukmronligi o‘rnatilgan.
Eramizdan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida xorazmshohlar, keyinchalik sak qabilalari mustaqillikka erishganlar.
Eramizdan avvalgi IV asrning oxirgi choragida Xorazm davlatidan tashqari butun Markaziy Osiyo makedoniyaliklar tomonidan bosib olingan. Iskandar Zulqarnayn vafotidan so‘ng, Markaziy Osiyo Salavkiylar davlati tarkibiga kiritilgan.
Eramizdan avvalgi III asr o‘rtasiga kelib, Grek-baktriya podsholigi tashkil topib, uning tarkibiga Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona va Parkana (Farg‘ona) kirgan. Keyinchalik Markaziy Osiyo hududida Xorazm davlati bilan chegaradosh bo‘lgan Toxariston davlati tashkil topgan. Ko‘p o‘tmay u kichik-kichik davlatlarga bo‘linib ketgan.
Eramizning 1-1v asrlarida Markaziy Osiyo hududi Kushon podsholigi tarkibida bo‘lgan. IV asrning oxirgi choragida Markaziy Osiyoda kichik-kichik davlatlar tashkil topgan.
Vasr o‘rtalarida Markaziy Osiyo Eftalitlar davlati tomoni
dan bosib olingan.
VI asrning oxirgi choragidan arablar bosib olgunga qadar Markaziy Osiyo G‘arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo‘lgan.
VIII asr boshlarida Markaziy Osiyoda arablar hukmronligi
o‘rnatilgan. Arablar bizning o‘lkani Movarounnahr deb ataganlar.
IX asr oxiri X asr boshlaridan ikkinchi yarmigacha O‘zbekiston
xududida Somoniylar, X asrning ikkinchi yarmidan Qoraxoniylar,
XI asr boshlaridan Saljuqiylar saltanatlari mavjud bo‘lgan.
XII asrning o‘rtalarida Movarounnahrni qoraxitoylar o‘zlariga
bo‘ysundirganlar. XII asrda Xorazm yana mustaqillikka erishgan.
XIII asr boshlaridan XIV asrning 60-yillari o‘rtalarigacha Movarounnahrda mo‘g‘ullar, XV asr oxirlarigacha Amir Temur va temuriylar, XVI asrdan Shayboniylar hukmronlik qilganlar. XVI asr oxirida O‘zbekiston hududida Buxoro va Xiva, XVIII asr boshlarida
Qo‘qon xonliklari tashkil topgan.
Markaziy Osiyo XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olingan. Qo‘qon xonligi tugatilgan. Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilingan. Buxoro va Xiva xonliklari ustidan Rossiya protektorati o‘rnatilgan. Hududimiz Turkiston o‘lkasi deb atala boshlagan.1917 yidda "qizil imperiya" hukmronligi o‘rnatildi. O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganidan boshlab O‘rta Osiyo iborasi qo‘llanila boshlandi.