186
FARZ
(arab) — burch,
majburiyat, hamma musulmonlar bajarishi shart bo‘lgan
talablar va normalarni anglatuvchi diniy-huquqiy kategoriya.
FIRIBGARLIK
— aldash va boshqa yo‘llar bilan o‘zgalar mulkini g‘arazgo‘ylik
maqsadida egallash.
GUVOH
— ro‘y bergan hodisani shaxsan o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan,
bilganlarini
aytib berish uchun sudga chaqirilgan kishi.
HADYA
— shaxsning o‘zga shaxs foydasiga o‘z mulkini
bepul berish haqidagi
shartnoma.
HAKAM
— tarafl ar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni sudsiz bartaraf etuvchi,
kelishtiruvchi, xolis vositachi.
HUKM
— ayblanuvchiga jazo berish yoki uni oqlash to‘g‘ri sida
chiqarilgan sud
qarori.
HUQUQ
— davlat tomonidan belgilangan va
muhofaza etiladigan qonun-
qoidalar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: