VI-BOB. TIBBIYOT AMALIYOTIDA SHIFOKORLARNING
XATOSI VA BAHTSIZ HODISALARNI
HUQUQIY VA DЕONTOLOGIK BAHOLASH
Shifokorlar faoliyatining juda murakkab va kasbiy javobgarligida tibbiyot tadbirlarining nohush o qibatlari kuzatilishi hisoblanadi. Bu ko'pincha kasalliklar yoki jarohatlanishlar, organizmning individual hususiyatlari, shifokorga bog’liq bo'lmagan holda kech tashxis qo'yilishi va davolashning kechikib boshlanishi bilan xarakterlanadi. Ba'zan tibbiy muolajalarning nohush oqibatlari kasalliklarni klinik belgilarini noto’g’ri baholash yoki davolashni to’g’ri baholanmaganligi tufayli yuzaga keladi. Bunday hollarda shifokorlarning xatosi shifokorning o'z kasbiy majburiyatini bajarishida sitqidildan yanglishishi bo'lib, buning tarkibida jinoyat belgilari kuzatilmaydi. Shunday ekan, shifokorlar xatosi deganda ularni o'z hizmat vazifalariga sitqidildan yondashib adashishlari va uning harakatida jinoyat belgilari bo'lmasligi tushuniladi. Bu o'z navbatida, aniq holatda shifokorning o'z vazifasini bajarishida haqliligiga ishonishidir.
Shifokorlar xatosining ob’yektiv va sub'yektiv sabablari mavjud. Ob’yektiv sabablari shifokorning tayyorgarlik darajasi va malakasiga bog’liq emas. Bularning bo'lishida shifokorlarning xatosi shunday hollarda sodir bo'ladiki, ba'zan shifokor kasallikni oldini olishda barcha imkoniyatlardan foydalanilganda ham baribir kuzatilishi mumkin.
Shifokorlar xatosining ob’yektiv sabablariga qo'yidagilar kiradi: rivojlanmaganligi (kasallikning etiologiyasi, potogenezi va klinik belgilarining yetarlicha o'rganilmaganligi); tashxis qo’yishning ob’yektiv qiyinligi (kasallikni noaniq o'tishi, bitta bemorda bir necha raqobatli kasalliklarning bo'lishi); bemorning og’ir hushsiz holatda bo'lishi va tekshirish uchun vaqt yetishmasligi; kerakli laboratoriya va instrumental diagnostik apparatlarning bo'lmasligi va boshqalar. Shifokorlarning shaxsiy va kasbiy faoliyatiga bog’liq sub'yektiv sabablarga yetarlicha amaliy tajribaga ega bo'lmasligi, anamnestik va klinik kuzatuv natijalarini yetarlicha baholay olmaslik yoki ortiqcha baholash, laboratoriya va instrumental tekshiruv usullari hamda o'z bilimi va imkoniyatlarini yaxshi baholay olmaslik hollari kiradi.
Tajriba shuni ko'rsatadiki, ba'zan tajribali malakali shifokorlar juda murakkab hollarda xatoliklarga yo'l qo'ysalar, yosh shifokorlar esa tipik hollarda ham xato qiladilar. Shifokorlarning xatosi - yuridik bo'lmagan kategoriyaga kiradi. Shifokorning harakatida shifokorlar xatosiga olib keluvida hech bir jinoyat belgilari kuzatilmaydi. Shuning uchun ham shifokorlar xatoliklarga yo'l qo'yganlarida ularning ustidan jinoiy ish qo'zg’atilmaydi va ular jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar. Barcha shifokorlarning xatosini qo'yidagi guruhlarga bo'linishi mumkin:
1. Diagnostik xatolar.
2. Davolash usullarini tanlash va davolashdagi xatolar.
3. Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatolar.
4. Tibbiyot hujjatlarini to'lg’azishdagi xatolar.
5. Tibbiyot hodimlari axloqidagi xatolar.
Oxirgi xatolar butunlay tibbiyot deontologiyasiga aloqador bo'ladi. Ular ulug’ sovet xirurgi N.N. Petrov tomonidan juda yaxshi ilgari surilgan holat buzilganda yuzaga keladi. N.N. Petrovning aytishicha “Xirurgiya o'z imkoniyatlariga ko'ra shu vaqtda yuqori darajaga erishadiki, qachonki bemor odamning sog’lig’i haqida sitqidildan kurashgan taqdirda”gina o'z samarasini beradi. Bu to’liqicha faqat xirurgiyagagina emas, balki tibbiyot amaliyotining boshqa sohalariga ham aloqador bo'ladi. Shifokorlarning xatosi haqida akademik I.A. Kassirskiy qo'yidagilarni yozadi: “Shifokorlarning xatosi bu shifokorlik faoliyatining doimiy va muhim dolzarb muammolaridan biridir. Shuni unutmaslik zarurki, shifokorlik ishi qanchalik yaxshi tashkil qilinmasin ko'z oldimizga katta ilmiy-amaliy tajribaga ega bo'lgan, ajoyib klinik maktab yaratgan, juda e'tiborli shifokorgina o'z faoliyatida istagan kasallikni xatosiz aniqlashi, xatosiz davolashi, ideal operatsiya qilinishi va boshqalar; xatoliklar - shifokorlik faoliyatida kuzatilishi lozim bo'lgan achinarli holat. Xatoliklar yomon va birdan bir optimal holat bo'lib, ularni dialektika nuqtai nazaridan umuman bo'lmasligiga shifokor doimo intilishi zarur. Yuqorida keltirilganlarni muhim ikki holatga bo'lish mumkin. Birinchidan, shifokorlarning xatosi shifokorlik faoliyatida muqarrar hisoblanadi, chunki ular faqat sub'yektiv sabablarga ko'ra emas, balki shifokorga bog’liq bo'lmagan ob’yektiv sabablarga ko'ra ham sodir bo'lishi mumkin.
Ikkinchidan, shifokorlarning xatosi boshqa xatoliklarning manbai bo'lmasligini oldini olish maqsadida yaxshilab tahlil qilinishi va o'rganilishi muhimdir. Mamlakatimizda shifokorlar harakati va hususan shifokorlarning xatosini tahlil qilish sistemasi ishlab chiqilgan bo'lib, bu kliniko-anatomik konferensiya shaklida faoliyat ko'rsatmoqda.
Amaliyotning ko'rsatishicha ko’pchilik holatlarda shifokorlar va o'rta tibbiyot hodimlariga e'tirozlarning barchasi, avvalambor, tibbiyot hodimlarining bemorlarga nisbatan noto’g’ri muomalasi, ularning deontologik norma va qoidalariga to’lig’icha rioya qilmasliklari hisoblanadi.
1. Diagnostik xatolar
Klinik tashxisni shakllanishi muhim murakkab va ko'p komponentli vazifa bo'lib, buni yechish, birinchidan, shifokorlardan kasalliklar va patologik jarayonlarni etiologiyasi, patogenizi, klinik va patomorfologik ko'rinishlarini o'rganishga qaratilgan bo'lsa, ikkinchidan, kasalliklarni kechishida aniq bemorning individual hususiyatlari ham hisobga olinadi. Diagnostik xatoliklarning eng ko'p sabablaridan biri kasalliklarni ob’yektiv qiyinligi va ba'zan erta tashxis qo’yishning qiyinligidir.
Ko'pgina kasalliklar jarayoni latentlik davrining vaqtiga nisbatan uzoqqa cho'zilishi va belgilarsiz o'tishi mumkin. Bunga yomon sifatli o'smalar (yoshlarda), surunkali zaharlanishlar, shuningdek bachadon nayidagi homiladorlik va boshqalar kiradi. Ayrim kasalliklar to'lqinsimon tez o'tganida kattagina diagnostik qiyinchiliklar tug’ilishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, ob’yektiv sabablariga kasallikning atipik o'tishi, bir odamda ikki yoki undan ortiq kasalliklarning uchrashi, bemorni og’ir hushsiz holatda bo'lishi va tashxis qo’yish uchun shifokorga vaqt yetishmasligi kiradi. Bemorning mastlik holatida bo'lishi ham tashxis qo’yishni anchagina qiyinlashtiradi, chunki bu holat ko'pincha kasallik yoki jarohatlanishlar belgilarini yashiradi yoki noto’g’ri izohlashga sabab bo'ladi. Anamnestik ma'lumotlarni baholay olmaslik yoki noto’g’ri baholash, bemorning shikoyati, laboratoriya va instrumental usullari natijalarini noto’g’ri talqin qilinishi ham diagnostik xatoliklarning sababchisi hisoblanadi. Biroq bunday sabablarni ob’yektiv deb bo'lmaydi, chunki ular shifokorning malakasi va tajribasi yetishmovchiligiga borib taqaladi.
Diagnostik hatoliklarning ayrimlariga misollar keltiramiz.
10 yoshli o’g’il bolaning qornida og’riq paydo bo'lib, ko'ngli ayniydi, qaytalama qusish va suvdek suyuq axlat paydo bo'ladi. Ikkinchi kuni axlatida shilimshiq modda aralashganligi, harorati +38C ga ko'tariladi. O’g’il bola va uning ota-onasi oshxonadan ovqat yeganligi bilan bog’laydilar. Ikki kundan keyin bola kasalxonaning bolalar bo'limiga yotqiziladi. U qornida og’riq rivojlanayotganligidan shikoyat qiladi. Bolani ko'zdan kechirishda qorinning barcha bo'limi taranglashgan bo'lib, qorin pardasining taranglashishi kuzatilmaydi. Ich ketgach, qorni yumshab, og’riq ichakning yuqoriga ko'tariluvchi va pastga tushuvchi qismiga tarqaladi.
Qonda leykotsitoz (leykotsitlar soni 16500), SOE esa 15mm/soatni tashkil qiladi. Bemorga qo'yidagicha tashxis qo'yiladi: o'tkir gostroenterit va konservativ davolash belgilanadi. Keyinchalik bolaning ahvoli yaxshilanmay, kasallikning 3-kuni, kasalxonada davolanayotganida uni xirurgga ko'rsatilganida unda o'tkir xirurgik kasalliklar yo'qligini xirurg tasdiqlasa-da, biroq kelgusi kuni bemorni xirurgiya bo'limiga o'tkazilishini tavsiya qiladi. Bolaning ahvoli og’irlashib, unda tarqaluvchi peritonit belgilari paydo bo'ladi. Laporatomiya operatsiyasi qilinadi. Qorin bo'shlig’ida suyuq yiring topiladi. Peritonit manbai gangrenozli appenditsit ekanligi aniqlaniladi. Bolani qutqarishni imkoniyati bo'lmaydi. Uning tarqalgan peritonitdan organizmning umumiy zaharlanishi tufayli o'lganligi ma'lum bo'ladi.
Sud tibbiyoti ekspertizasi komissiyasi hulosasi bo'yicha appenditsitga kech tashxis qo'yilishining sababi uning atipik o'tishi hamda appendiksni kichik chanoq bo'shlig’ida noto’g’ri joylashishi hisoblanadi.
Boshqa holatda 76 yoshli ayolda atrofdagi to'qimalarga infil’trativ tarqalgan yiringli appenditsit xato holda ko'richakning saraton o'smasi sifatida talqin qilinadi. Bunga o'rtacha atipik o'tuvchi kasalliklar imkon tug’dirishi; qaytalama qusishlar, bemorni ozib ketishi, appenditsit uchun harakterli belgilarning bo'lmasligi, biroq paypaslab ko'rilganda o'ng yonbosh qismida o'smasimon tugunchaning paydo bo'lishi va ichaklar tutilish holatining bo'lishi tufayli saraton kasalligiga shubha tug’diradi. Ayolni ikkinchi marta operatsiya qilinadi. Birinchi operatsiya palliativ operatsiya bo'lib, bemorga ileostom qo'yiladi. Ikkinchi operatsiya esa radikal operatsiya bo'lib, yo'g’on ichak o'sma bo'lgan joyi bilan kesib olib tashlanadi. Olingan biopsiya materiali tekshirilgach to’g’ri tashxis qo'yiladi. Murdani tekshirib ko'rilganda bemor ayolning tarqalgan yirigli peritonitdan (ikkinchi radikal operatsiyadan keyin rivojlangan) o'lganligi ma'lum bo'ladi.
2. Davolash usullarini tanlash va davolashdagi xatolar
Bu diagnostik xatoliklarga qaraganda bir necha marta kam uchraydi. Ayrim hollarda ular noto’g’ri yoki kechikib tashxis qo'yilishi tufayli sodir bo'lishi mumkin. Biroq to’g’ri va o'z vaqtida tashxis qo'yilganida ham davolashda xatoliklar (masalan, davolash usuli noto’g’ri tanlanilganda, davolashni o'z vaqtida boshlanilmaganida, operativ muolaja usullari va hajmini noto’g’ri tanlanganda) uchrashi mumkin. Shunday hollar bo'ladiki, davolashning o'z vaqtida boshlanmasligi va to’g’ri tanlanishida ham xirurgik operatsiyaning texnikasida ba'zan xatoliklarga yo'l qo'yilishi mumkin.
Davolash usullarini tanlash va amalga oshirishdagi xatoliklarga misollar keltiramiz.
63 yoshli erkak 8 soat ichida siydigi o'tkir to'xtalishi va siydigida ko'p qon bo'lishi tufayli urologik statsionarga olib kelinadi. Bu davrda bemorning ahvoli qoniqarli bo'lib, qon bosimi 120/80mm simob ustuniga tengligi aniqlaniladi. Tezlikda tsistoskopiya qilinganida siydik pufagi devorining orqa qismida 3x4 smli qon ketuvchi o'sma borligi aniqlaniladi. Shunga asoslanib siydik pufaginig orqa devori rakidan qon ketish belgisi tashxisi qo'yiladi. Biroq operatsiya paytida bu jarayon topilmagan.
Operatsiyadan keyingi davrda tarqalgan infeksiyali pielonefrit bilan asoratlanish tufayli o'lim kuzatilgan. Noto’g’ri davolanganligi to’g’risida qarindoshlarining shikoyati bo'yicha sud tibbiyoti ekspertizasi o'tkazilgan. Ekspertiza komissiyasining hulosasida siydik pufagining raki noto’g’ri qo'yilganligi, bu bemorni to’lig’icha tekshirilmaganligi bilan bog’langanligiga asoslanilgan. Birgina tsistoskopiya va tsistografiya usullari to’lig’icha bir-biriga to’g’ri kelmaydi, chunki bunday kasallikning diagnostikasi uchun bu yetarli emas. Aftidan, siydik pufagining shilliq pardasiga yopishuvchi qon bo'lishi, o'smani eslatishi mumkindir. Noto’g’ri tanlash natijasida operatsiya qilinganligi, ammo bunga bemorning ehtiyoji yo'qligi ma'lum bo'ladi.
Boshqa holatda 24 yoshli ayolda tibbiy abort paytida bachadon devorining teshilishidan gemotoma natijasida bachadonning peremetriya qavatida yiringlanish bilan asoratlanganligi ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ham bachadonni qin yuqorisidan amputatsiya operatsiyasi qilinib, yallig’langan o'ng Follopiev nayi bilan birgalikda olib tashlanadi va qorin bo'shlig’iga naycha qo'yiladi. Ayol kishi 1,5 oydan keyin sepsisdan o'ladi.
Yuqoridagi holatni ekspert komissiyasi tahlili natijalari ushbu operatsiyani ayolda to’liq hajmda o'tkazilmaganligini tasdiqlaydi. Perimetriyada yiringlovchi gematomaning bo'lishligi anchagina muhim operatsiyani qilinishi va keyinchalik faqat qorin bo'shlig’inigina emas, balki perimetriya qavatini drenaj qilinishiga ham sababchi bo'ladi. Bu o'z navbatida yallig’langan perimetriyadan yiringni oqib chiqishi va imkoni boricha, infeksiyani tarqalishini oldini olishga imkoniyat yaratadi. Uchinchi holatda xirurgiya klinikasiga M. ismli 28 yoshli fuqaro juda og’ir holatda tananing chap yonbosh qismida sanchib-kesilgan yaralanish bilan olib kelinadi. Bemorning qon bosimi umuman aniqlanilmaydi, ko'z qorachig’i yorug’likka reaksiya bermaganligi ma'lum bo'ladi.
Tez oqadigan qon quyilish natijasida o'tkaziladigan reanimatsiya muolajalaridan keyin yarani sinchiklab ko'rilganida yelka nervi jarohatlanganligi ko'zga tashlanib, qo'ltiq ostida operatsiya qilinganligi nervi tikilib, qon tomiriga chok qo'yilganligi ko'zga tashlanadi.
Operatsiyadan keyin bemorni ahvoli og’irlashib, aktiv reanimatsiya tadbirlariga qaramasdan 9 soatdan keyin o'lim sodir bo'ladi. Murdani sud tibbiyoti usulida tekshirishda xirurglar tomonidan yo'l qo'yilgan texnik xato aniqlaniladi. Bunda qo'ltiq osti arteriyasining periferik qismini jarohatlangan yelka venasining markaziy qismi bilan birgalikda tikib qo'yilganligi ma'lum bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, yarani taftish qilishda tashxis to’liqicha qo'yilmagan. Bunda arteriyani kesilganligi aniqlanilgan bo'lsa ham venaning jarohatlanishiga ahamiyat berilmagan. Aniq tashxis qo'yilmaganligining og’ir oqibati tufayli shifokor texnik xatoliklarga yul qo'ygan.
3. Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklar.
Bu xatoliklar aniq bo'lmagan yoki tibbiy yordamni tashkil qilishda yetarli o'ylanilmagan holatlar bilan bog’liq hollarda kuzatilishi mumkin. Bunday xatoliklarning sababi ayrim sog’liqni saqlash muassasalari bo’g’ini rahbarlari kasbiy darajasi saviyasining yetarlicha bo'lmasligi, yoki ayrim davolash-profilaktika tashkilotlari ishida noqulay sharoitlarning yaratilganligidir.
Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklar natijasida ayrim regionlarda tibbiy yordam ko'rsatish masalasida qiyinchiliklardan tashqari, bemorlar ham azoblanadilar. Bunda davolash-profilaktika muassasalari shifokorlari rahbarlarining aybi bilan xatoliklarga yo'l qo'yiladi.
Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklarni sodir bo'lishi mumkinligining ayrim sharoitlarini ko'rsatish mumkin. Agar ish teatr garderobxonasidan boshlansa, davolash muassasasining ishi esa ko'pincha tibbiy yordamning o'z vaqtida ko'rsatilishi bilan bog’liq bo'ladi. Ayniqsa urgent (shoshilinch) holati kasalliklar, jarohatlanishlar va zaharlanishlarda shoshilinch yordam talab qilinadigan paytlarda ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ham qabul bo'limining ishi sinchiklab o'rganilib yaxshi tashkil qilingan bo'lishi kerak. Bu o'z navbatida tibbiyot muassasalari rahbarlarining doimo e'tiborini talab qiladi. Qabul bo'limining hodimlari uchun qo'pollik va e'tiborsizlik holati yo’l qo'yib bo'lmaydigan hodisa bo'lib, u bemorlarga juda salbiy ta'sir ko'rsatib, ularda tibbiyot muassasasi hodimlariga nisbatan negativ munosabatlarning shakllanishini sababchisi bo'ladi. Bu o'z navbatida davolashning oqibatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklarga misollar keltiramiz.
66 yoshlik K. ismli ayol zamburug’dan tayyorlangan ovqatni iste'mol qilgach o'tkir zaharlanadi. Holsizlanish, qusish alomatlari paydo bo'lib, keyinchalik ko'pincha qornidagi og’riq chap chov sohasiga beriladi. Markaziy tuman kasalxonasining qabul bo'limiga mustaqil holda o'zi keladi. Navbatchi fel’dsher bemorni ko'rmasdan poliklinikaga murojaat qilishlikni tavsiya qiladi. Ayol kishi poliklinikaga kechroq boradi, ammo u er yopiq bo'lgani uchun ayol kishi yana qabul bo'limiga qaytib keladi va shifokorni chaqirishni so'raydi. Navbatchi fel’dsher shifokorning og’ir kasal bilan ishlayotganligi va hali tezda bo'shamasligini aytib, poliklinikaga ertasi kuni ertalab kelishini maslahat beradi. Kelgusi kuni uni tez tibbiy yordam mashinasida shu qabul bo'limiga siqilgan son dabbaligi va boshlanuvchi peritonit tashxisi bilan olib kelinadi. Shoshilinch ravishda operatsiya qilinadi, ammo qutqarishni imkoniyati bo'lmaydi va bemor 8 kundan keyin yiringli tarqalgan peritonitdan vafot etadi.
Boshqa holatda 29 yoshli A. ismli fuqaro Markaziy tuman kasalxonasi qabul bo'limiga keltirilgach, 45 minutdan keyin unda ko'krak qafasining o'q otar qurollari bilan jarohatlanish borligi aniqlaniladi. Tez tibbiy yordam shifokori yaralanish plevra bo'shlig’iga o'tishi tufayli anchagina gemotoraks va teri osti emfizemasi rivojlanganligini tahmin qiladi. Bemorning umumiy ahvoli o'rtacha og’irlikdaligi ko'zga tashlanadi.
Navbatchi shifokor operatsiya xonasida boshqa bemor bilan band bo'lgani uchun ham bemorni birdaniga ko'ra olmaydi. 4 soatdan keyin operatsiyadan chiqqanida bemor hamon qabul bo'limida yotar edi. Bemorning ahvoli progressiv og’irlashgani uchun ham shoshilinch reanimatsion muolajalar talab qilinar edi. Operatsiyadan keyin 1,5 soat o'tgach o'lim holati kuzatiladi.
A. ismli fuqaroga o'z vaqtida tibbiy yordam ko'rsatilmaganlik holatini surishtiruv ishlari shuni ko'rsatadiki, navbatchi fel’dsher bo'layotgan hodisa haqida o'z vaqtida kasalxonaning bosh shifokorini habardor qilishligi, navbatchi shifokorning operatsiya bilan boshqa bemorga shoshilinch yordam ko'rsatayotganligini bildirishi shart edi. Bunday holat tibbiy yordamni tashkil qilishlikdagi xatoliklar sifatida baholanadi.
Keltirilgan ikkala misol ham qabul bo'limi navbatchi hodimlarining bemorga nisbatan sitqidildan yondoshmaganliklarini ko'rsatib, bu bo'lim jamoasi orasida tarbiyaviy ishlarni yetarlicha tashkil qilinganligini ko'rsatadi. Dam olish va bayram kunlarida navbatchi tibbiyot hodimlari ish sistemasining yaxshi o'ylangan holda tashkil qilinmagani ham xatoliklar manbalaridan biridir. Bunday hollarda faqatgina kasalxonada davolanuvchi bemorlargina emas, balki shoshilinch yordam talab qiluvchi jabrlangan bemorlar ham qiynalishi mumkin.
Misollar keltiramiz.
N. ismli 8 yoshli qizcha o'tkir appenditsit tashxisi bilan kasalxonaga yotqiziladi. U operatsiya qilingan bo'lib, operatsiyasi yaxshi tiklanadi. Biroq operatsiyadan 4 kun o'tgach uning harorati +37,3 - 37,7C darajaga ko'tariladi. Beshinchi, bozor kuni, navbatchi xirurg onasining qistovi bilan bemorni kasalxonadan chiqariladi. Biroq ertasi kuni ertalab uni yana kasalxonaga yuqori harorat bilan olib kelinadi. Appenditsitdan keyingi infil’trant deb tashxis qo'yiladi. Keyinchalik u yiringlab ketadi, peritonit rivojlanadi va o'lim kuzatiladi.
Mutlaqo ko'rinib turibdiki, bemorning davolovchi shifokori bo'lmasdan va uni to’lig’icha tasavvur qilmasdan navbatchi shifokor aniq o'z hukumini ustun qo’yadi. U bemorni kasalxonadan chiqarish masalasini davolovchi shifokor yoki bo'lim boshlig’i bilan maslahatlashishi zarur edi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, bemor yotgan kasalxonada navbatchi hodimlarning huquqi va burchlari haqidagi va ishdan keyingi paytidagi kasalxona ma'muriyati tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qoida yo'qligi aniqlaniladi.
Boshqa holatda 2,5 yoshlik qizchada kunduz kuni rejali asosda o'tkazilgan tonzilloektomiya operatsiyasidan keyin kechqurun operatsiya qilingan joyidan qon ketish boshlanadi. Qizchani operatsiya qilgan shifokor otorinolaringolog kasalxonada yo'q. Navbatchi xirurgni 3 soat ichida ham bemorning onasi va navbatchi pediatr topa olishmaydi. Keyinchalik chaqirilgan otorinolaringolog hech nima qila olmaydi. Bemor qizcha yashirin qon ketishidan halok bo'ladi.
Surishtiruv natijalarining ko'rsatishicha, navbatchi xirurg bosh shifokorning ruhsati bilan o'z shaxsiy ishini bajarish uchun o'z postini uzoq muddatga navbatchi hodimlarni ogohlantirmasdan ketib qoladi.
Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklar davolash muassasasida o'rinlarni noto’g’ri yoki o'ylanmasdan taqsimlanishi tufayli ham kuzatilishi mumkin. Buning natijasida bir bo'lim kam nagruzka bilan ishlasa, boshqasi katta nagruzka bilan ishlaydi. Bu o'z navbatida tibbiy yordam sifatini yomonlashishiga sababchi bo'ladi. Bunday holat ba'zan koykalarni ko'rsatilgan normalardan juda yuqori darajada majburiy kengaytirilishi tufayli yaratiladi. Davolash muassasalarining priborlar, reaktivlar va dorivor moddalar bilan yetarli ta'minlanmaganligi ham diagnostika va davolash kamchiliklari hisoblanishi mumkin.
Misol keltiramiz.
Uchastka kasalxonasiga shoshilinch holda B. ismli 19 yoshli fuqaro olib kelinadi. Unda o'tmas vosita yordamida urilish natijasida boshi jarohatlanganligi kuzatiladi. Shifokor peshona-chekka qismida lat yegan yara va miyani chayqalishi to’g’risida tashxis qo’yadi. Avvalgi kasalxonada ta'mirlanish ishlari olib borilayotganligi tufayli, hali to’lig’icha ta'mirlanmagani uchun ham jabrlanuvchining kallasini rengenografiya qilinmagan. Bemor kasalxonaga yotqizilib, boshining peshona-chekka qismidagi yarasiga ishlov berilgan. Keyingi kunlarda u boshida kuchli og’riq paydo bo'lib boshi aylanayotganligi va qusish alomatlari paydo bo'layotganidan shikoyat qiladi. Bemorning holati progressiv yomonlashib 5 - kuni havfli darajaga yetadi. Tez yordam shifokori kuzatuvida Markaziy tuman shifoxonasiga olib kelinadi. Rentgenografiyada unda peshona suyagining parchalanib sinishi ko'zga tashlanadi. Shoshilinch ravishda bemorni kalla suyagini dekompression trepanatsiya qilinadi, ammo uni qutqarib qolishning imkoniyati bo'lmaydi.
Sud tibbiyoti ekspertizasi komissiyasining tergovchini savoliga bergan javobida ko'rsatilishicha, fuqaro B.ga uchastka kasalxonasida qo'yilgan tashxis noto’g’ri bo'lib, buning sababi, bemorni yetarlicha tekshirilmaganligi, boshini rengenografiya qilinmaganligi hisoblanadi. Shuning uchun ham jabrlanuvchiga noto’g’ri tashxis qo'yilganligi sababli o'z vaqtida kerakli xirurgik yordam ko'rsatilmaganligi uchun ham o'tkazilgan konservativ davolash usuli har doim ham ijobiy natijani ta'minlay olmaydi.
4. Tibbiyot hujjatlarini tulg’azishdagi xatolar.
Bunday xatoliklar kasallarga noto’g’ri tashxis qo'yilishi, VTEK ning noto’g’ri qarorga kelishi va reabilitatsion muolajalarning yetarlicha asoslanmaganligining sababchisi bo'lishi mumkin.
Shunday qilib, shifokorlar xatosini barcha turlarining tahlili bu xatoliklarni oldini olish va shifokorlar malakasini oshirishda muhim o'rin egallashligini ko'rsatadi. Bu tahlil asosan kasalxonaning kliniko-anatomik konferensiyasida ko'rib chiqiladi.
Mamlakatimizda davolash muassasalarida kliniko-anatomik konferensiya avvaldan yaxshi odatlardan biri hisoblanadi. U birinchi marta amaliyotga 1930 yili buyuk sovet patologoanatomi I.V.Davidovskiy tomonidan kiritilgan bo'lib, 1935 yildan barcha davolash muassasalari uchun majburiy hisoblanadi.
Klino-anatomik konferensiyaning asosiy vazifalari:
1. Davolash profilaktika tashkilotlaridagi shifokorlarning malakasini oshirish, klinik va seksion ma'lumotlarining tahlili hamda birgalikdagi muhokamasi orqali bemorlarni klinik diagnostikasi va davolash usullari sifatini oshirishda hizmat qiladi.
2. Tibbiy yordamning barcha etaplarida bemorlarni diagnostikasi va davolashdagi xatoliklarni sabablari va manbalarini aniqlash; o'z vaqtida kasalxonaga yotqizilishida qo'shimcha tekshiruv usullari (rentgenologik, laboratorik, funksional diagnostika) kamchiliklarini aniqlash.
Kliniko-anatomik konferensiyaning vazifasiga qo'yidagi masalalarning muhokamasi: barcha klinik va patologoanatomik (sud tibbiyoti) diagnozlarining bir-biriga to’g’ri kelmasligi; ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo'lgan barcha kuzatuvlar; kamdan-kam uchraydigan va noaniq o'tadigan kasalliklar; dorivor moddalar bilan kasallanish va dorivor moddalar kasalliklarining pantomorfozi; shoshilinch yordam talab qilinadigan bemorlarga terapevtik va xirurgik muolajalar o'tkazilayotganida bemorlarning o'lim hollari, o'tkir infeksion kasalliklar, noma'lum hollarda birgalikda muhokama talab qilinishida amalga oshiriladi.
“Konferenciya jarayoni patologoanatomning klinitsist ustidan sud jarayoni bo'lmasligi kerak. U (patologoanatom) xech qachon “prokuror” yoki superorbitr rolida so'zlamasligi kerak: patologoanatomga hamma narsa ham ko'rinavermaydi, o'limga olib keluvchi sabablarni patolog anato patologoanatomik stolida har doim ham tushuntira olmaydi. Shunday ekan, klinitsistlar qat'iy ilmiy, ob’yektiv, tanqidiy nuqtai nazaridan bemorning hayotiy jarayonidagi ma'lumotlarning klinikasi haqida yetarlicha tasavvurga ega bo'lishlari zarur. Shifokorlar tomonidan bemorni diagnostikasi va davolashda yo'l qo'yilgan xatoliklarni ochiqchasiga tan olinishi, ob’yektiv ravishda buning sababini tushuntirishi hamda kasallikni oldini olish uchun nima ishlar qilinishi haqida ma'lumot berishlari maqsadga muvofiq deontologik qoida hisoblanadi. Bu o'z navbatida klinitsistni obro'sini kamsitmaydi, balki ko'taradi.
Shifokorlarning xatosi va tibbiy yordam ko'rsatishdagi kamchiliklarni tahlili faqat patologoanatomnigina emas, balki sud tibbiyoti ekspertining ham muhim burchi ekanligini ko'rsatadi. Bunday tahlil sud tibbiyoti ekspertizasi byurosi va davolash - profilaktika muassasalari faoliyatining eng muhim burchlaridan biri hisoblanadi.
Shifokorlar xatosi to’g’risidagi masalani tugallar ekanmiz, shuni aytib o'tish zarurki, bunda shifokorlarning harakatida hech bir qasddan jinoyat sodir qilishlik yoki e'tiborsizlik holatlari kuzatilmaydi. Bunday xatoliklar uchun shifokor jinoiy javobgarlikka tortilmaydi va ularning ustidan jinoiy ish qo'zg’atilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |