Huquq 9-sinf I chorak
1.Nega yer yuzida yovuzlik bu qadar ko’p ?degan savolga qaysi alloma “Sababchisi siz-u biz .Bilmaslik yoki uquvsizlik sababli yovuzlik bilan kurashishdan voz kechishimiz asnosida o’zimiz ham yovuzlik keng tarqalishiga imkon yaratib beramiz ”, deb javob bergan edi/
A.Abu Bakr Xorazmiy B.Jaloliddin Rumiy C.Abu Ali ibn Sino D.Shavkat Mirziyoyev
2.Qaysi me’yoriy hujjatda davlat tomonidan eng barqaror ,doimiy huquqlar va jamiyat hayoti me’yorlari mustahkamlab qo’yilgan?
A.Konstitutsiyada B.Kodekslarda C.Prezident qarorlarida D.Qonunlarda
3.Konstitutsiya so’zining ma’nosi?
A.lotincha –belgilash B.lotincha-tuzilish C.lotincha-belgi,norma D.a va b javoblar to’g’ri
4. Jamiyatdagi munosabatlarning ma’lum bir holati nima deb ataladi?
A.Huquq B.Huquqiy tartibot C.Huquqiy munosabat D.Huquqiy idealism
5.Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi va shartlari nechanchi bo’limda keltirilgan?
A.IV bo’limda B.V bo’limda C.VI bo’limda D.III bo’limda
6.Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi taklifni rad etsa ,taklif qancha muddatdan keyin qayta kiritilishi mumkin ?
A.3 oydan keyin B.6 oydan keyin C.1 yildan keyin D.1 oydan keyin
7.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alomatlarini toping.
A.Oliy yuridik kuchga ega B.Davlatning asosiy qonuni C. Joriy qonunchilikning asosiy manbai,negizi D.barcha javoblar to’g’ri
8.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi qachon ishlab chiqildi?
A.1991-yil 31-avgustda B.1990-yil 20-iyunda C.1991-yil 29-dekabr D.1992-yil 8-dekabr
9. Davlatimizning rasmiy nomi?
A.Mustaqil O’zbekiston Respublikasi, O’zbekiston
B.Suveren demokratik O’zbekiston Respublikasi
C.O’zbekiston, O’zbekiston Respublikasi
D.O’zbekiston - suveren demokratik davlat
10. “O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida”gi qachon qabul qilindi?
A.1991-yil 18-noyabr B.1992-yil 10-dekabr C.1992-yil 8-dekabr D.1992-yil 2-iyul
11.O’zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmasdir.Ushbu jumla asosiy qonunimizning nechanchi moddasida keltirilgan?
A.4-modda B.3-modda C.7-modda D.124-modda
12.Deputatlar va senatorlar orqali davlat ishlarini amalga oshirish nima deb ataladi?
A.bevosita demokratiya B.bilvosita demokratiya C.vakillik demokratiyasi D.b va c javoblar to’g’ri
13.O’zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament qachon vujudga keldi?
A.1997-yil 27-noyabr B.2000-yil 10-yanvar C.2002-yil 27-yanvar D.2005-yil 1-avgust
14.O’zbekiston qachon BMTning YUNISEF Xalqaro favqulodda Bolalar fondiga qabul qilindi?
A.1993-yil 29-oktabr B.1995-yil 22-dekabr C.1993-yil 26-fevral D.2001-yil 15-iyun
15.Hozirgi kunda nechta mamlakat O’zbekistonni mustaqil davlat sifatida tan olgan ?
A.146 dan ortiq B.193 ta C.150dan ortiq D.170 ga yaqin
16.Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi mumkin emas .Ushbu jumla asosiy qonunimizning qaysi moddasida bayon etilgan?
A.25-modda B.26-modda C .27-modda D.28-modda
17.Mehnatga tayyorlash maqssadida o’quvchilar necha yoshdan boshlab,o’qishdan bo’sh vaqtda ishga qabul qilinishi mumkin?
A.13 yoshdan B.14 yoshdan C.15 yoshdan D.16 yoshdan
Huquq 9-sinf II chorak
1.Siyosiy huquqlar asosiy qonunimizning nechanchi moddalarida o’z ifodasini topgan?
A.24-31-moddalar B.32-35-moddalar C.36-42-moddalar D.43-46-moddalar
2. “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida”gi Qonunga asosan qanday hollarda fuqarolik beriladi?
A.tug’ilgan paytda B.O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish natijasida
C.O’zbekistonning xalqaro shartnomalari bilan nazarda tutigan asoslarga ko’ra
D.barcha javoblar to’g’ri
3.O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risidagi ishlarni idora qiluvchi davlat organini belgilang.
A. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo’yicha komissiya
B.O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
C.O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
D.Barcha javoblar to’g’ri
4.Qachondan boshlab chet elga chiqish uchun “chiqish vizasi” berilishi to’xtatildi?
A.2019-yil 1-dekabrda B.2018-yil 1-yanvar C.2011-yil 26-yanvar D.2019-yil 1-yanvar
5.O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatiladi.Ushbu jumla asosiy qonunimizning nechanchi moddasida bayon etilgan?
A.21-modda B.22-modda C.23-modda
6.O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum etish uchun nimalar asos bo’ladi?
A.fuqaroning xorijiy davlatda harbiy xizmatga ishga kirishi oqibatida
B.fuqaro xorijiy mamlakat fuqaroligiga o’tgan taqdirda
C.basharti,xorijiy mamlakatda doimiy yashab turgan fuqaro 3 oy davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobida turmagan bo’lsa
D.barcha javoblar to’g’ri
7.Fuqarolik pasporti necha yoshda beriladi?
A.16 yosh B.17 yosh C.18 yosh D.20 yosh
8.Inson huquqlarini himoya qiluvchi davlat organlarini ko’rsating
A.Sud B.Advakatura C.Prokuratura D.barcha javoblar to’g’ri
9.Inson huquqlari bo’yicha Vakillik instituti qachon tashkil etilgan?
A.1994-yil B.1995-yil C.1996-yil D.1997-yil
10.Inson huquqlari bo’yicha Milliy markazi qachon tashkil qilingan?
A.1996-yil 31-oktabr B.1995-yil 20-yanvar C.1997-yil 16-noyabr D.1998-yil 15-may
11.Inson huquqlari bo’yicha Milliy markazning asosiy vazifasini belgilang
A.aholi o’rtasida inson huquqlari sohasida huquqiy targ’ibot ishlarini olib boorish
B.Inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan aloqa o’rnatmaslik
C.shikoyatlarni ko’rib chiqish
D.A va B javoblar to’g’ri
12.Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarni bajaradilar.Konstitutsiyamizning nechanchi moddasi?
A.46-modda B.47-modda C.48-modda D .49-modda
13.Muddatli harbiy xizmatga necha yoshli erkaklar chaqiriladi?
A.16 B.17 C.18 D.20
14.Vatan himoyachilari kuni yurtimizda qachondan boshlab nishonlanib kelinmoqda?
A.1993-yil 14-yanvardan
B.1994-yil 14-yanvar
C.1995-yil 14-yanvar
D.1996-yil 14-yanvar
15.Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksga muvofiq ,ma’muriy javobgarlik Yoshi necha yosh?
A.13 yosh B.14yosh C.16 yosh D.18 yosh
16.Voyaga yetmagan qonunbuzarlarga nisbatan qanday jazo turlari qo’llaniladi?
A.jarima B.ozodlikdan mahrum etish C.yetkazilgan ziyonni bartaraf etish majburiyatini yuklash D.barcha javoblar to’g’ri
17.Jinoyat kodeksining 82-moddasiga muvofiq jarima qancha miqdorda tayinlanadi?
A.eng kam oylik ish haqining 1 baravaridan 10 baravarigacha
B. eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha
C. eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan 20 baravarigacha
D. eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 20 baravarigacha
18.Diskriminatsiya ___________________
19.Fuqarolik_________________________
20.Miting___________________________
21.Biometrik passport_________________
22.Senzura__________________________
23.Jamoat birlashmalari________________
24.O’zbekiston Ekologik partiyasi qachon ro’yxatdan o’tgan?
25.Fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning ,davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari,huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.Ushbu jumla Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida ifodalangan?