_______ viloyati
________ tuman Xalq ta’limiga qarashli
__-umumiy o’rta ta’lim maktabining Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
_______________________ning
2-sinf uchun Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan “HUNAR – HUNARDAN UNAR” deb nomlangan bir soatlik dars ishlanmasi
Mavzu: HUNAR – HUNARDAN UNAR
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida bilim berish. Matn mazmuniga munosabat bildira olishga o’rgatish.
Ta’limiy: O’quvchilarni kasb hunar bilan tanishtirish, shahardagi o’zgarishlar va yangiliklar haqidagi fikr mulohazalarini boyitish.
Tarbiyaviy: O’quvhilarni mehnat sevarlikka, jismoniy yetuk bo’lishga, ona vatanni asrab avaylashga o’rgatish
Rivojlanturivchi: O’quvchilarni og’zaki nutqini oshirish. Mustaqil fikrlashga o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: .F.k.1. o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;T.k.3. mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;
Darsning turi: Yangi bilim berish.
Dars metodi:ko’rgazmalisuhbat, savol-javob, aqliy hujum.
Dasrning jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. tashkiliy qism: a) salomlashish
b) davomotni aniqlash
c) ma’naviyat daqiqasini o’tkazish
“Yurtim bo’ylab sayohat.” mavzusida suhbat o’tkazish.
d) ingliz tili daqiqasi: Ee [i:], Ff [ef], Gg [dzi:]
O’quvchilar:Qo’limiz ko’ksimizda, Assalomu alaykum.
O’qituvchi: Qalam tutgan nozikkina Qo’lingizdan o’rgilay. Mehr bilan boqib turgan Ko’zingizdan o’rgilay.
Sizni juda sog’inaman
Tongni iliq kutaman.
Meni moyday erituvchi
So’zingizdan o’rgilay.
Vaalaykum assalom bolajonlarim.
Hamma sog’mi omonmi, Darsga hamma tayyormi? O’quvchilar: Biz hammamiz omonmiz
Darsga doim tayyormiz.
O’qituvchi: Unday bo’lsa,’’birlashgan o’zar , birlashmagan to’zar’’ deganlaridek hammamiz birgalashib o’qish darsimizni boshlaymiz
Har narsadan habarchi Sinfda kim navbatchi?
Navbatchi axboroti tinglanadi.
Ma’naviyat daqiqasida o’quvchilar bilan yashayotgan yurti to’g’risida savol- javob o’tkaziladi.
1. Biz qaysi yurtda yashaymiz ? O’zbekistonda
2.O’zbekistonning poytaxti qayer? -Toshkent
3.O’zbekistonning prezidenti kim? Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
4.Biz yashayotgan viloyatning nomi nima? -_____________
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O’tgan mavzu asosida savol-javob o’tkazish. Ularni tinglash o’rtoqlari bergan savollarga javoblarini tinglash.
III. Yangi mavzuning bayoni. Rasmlarga qarang. Hunarmandlar nima ish bilan shug‘ullanyapti?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1.Hunarning yana qanday turlarini bilasiz?
2 Siz yashaydigan mahalla yoki ko‘chada
hunarmandlar bormi?
3 Hunarmandlar yasagan buyumlarning nomini
bilasizmi?
4 Uyingizda qanday hunarmandchilik buyumlari bor?
Tarmoqlash metodi
V. Baholash Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa: Kelgusi darsga tayyorlanib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |