16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini chaqirish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi to‘rt oyda kamida bir marta chaqiriladi.
Muhokama qilinadigan umumiy masalalarga doir hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi Plenumining a’zolariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga majlisdan yigirma kun
ilgari yuboriladi.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum a’zolarining kamida uchdan ikki qismi
hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi:
Oldingi
tahrirga qarang.
(17-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-son
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko‘rib chiqadi va qonun hujjatlarini qo‘llash
masalalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
Keyingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan
ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga
muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar
tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqadi;
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-son
Qonuniga
asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi;
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hay’atlarining tarkibini, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi;
(17-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi
O‘RQ-428-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek sudlov
hay’atlarining faoliyati haqidagi ma’ruzalarni tinglaydi;
Oldingi
tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudi raislarining qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha
tushuntirishlarini bajarish to‘g‘risidagi ma’ruzalarini tinglaydi;
(17-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi
O‘RQ-428-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Keyingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hay’ati tarkibini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentini tasdiqlaydi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son
Qonuniga
asosan o‘z
kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |