Hujjat kuchini yo‘qotgan


-modda. Sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash



Download 282,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/32
Sana01.06.2022
Hajmi282,66 Kb.
#624573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
162-II-сон 14.12.2000. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

11-modda. Sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sudlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat
qonunga bo‘ysunishi prinsiplariga qat’iy muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining vakolatlari va uning faoliyatini tashkil
etish tartibi qonun bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-427-son “O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
Sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan amalga
oshiriladi, ushbu departament to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-apreldagi PQ-2872-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti
to‘g‘risidagi 
nizom
”.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti:
sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashga doir ishlarni tashkil
etadi, shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
sud binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning samarali sarflanishini
ta’minlaydi, sudlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar
ko‘radi;
sudyalarning va sudlar apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy
ta’minotini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashning joriy ahvolini tizimli
tahlil qiladi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashni rivojlantirish
yuzasidan uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlaydi;
sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etadi.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 282,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish