Hujjat kuchini yo‘qotgan


-modda. Sud ishlarini hal qilishga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi



Download 282,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/32
Sana01.06.2022
Hajmi282,66 Kb.
#624573
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
162-II-сон 14.12.2000. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

69-modda. Sud ishlarini hal qilishga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Muayyan ishni har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rishga to‘sqinlik qilish yoki g‘ayriqonuniy
sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday bo‘lmasin biron-bir tarzda ta’sir
etish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudyadan ko‘rilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati bo‘yicha biron-bir tushuntirishlar
berishni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga
bo‘lmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Ommaviy axborot vositalari o‘z xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi
natijalarini oldindan o‘zicha hal qilib qo‘yishga yoki sudga boshqacha tarzda ta’sir etishga haqli
emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
69 -modda. Sudyalar o‘rtasida ishlarni taqsimlash
1
1
1


Sudlarda ishlar sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sudyalar
o‘rtasida ishlarni taqsimlashga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir
ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda
taqsimlanadi.
Sudlarda ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
(69 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-607-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
70-modda. Sudyalar daxlsizligi
Sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga,
foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga
taalluqlidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ularga tegishincha O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi raisi, adliya vaziri tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha o‘qotar qurol
beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning
oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.
(70-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan
qo‘zg‘atilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa
olinishi mumkin emas.
(70-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan ma’muriy
javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
(70-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni
ko‘zdan kechirish, ularda tintuv o‘tkazish yoki ulardan ashyoni olish, telefondagi so‘zlashuvlarini
eshitish, sudyani shaxsan ko‘zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek uning xat-
xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish yoki olishga faqat
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining, O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy prokurorining ruxsati yoki sudning qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tumanlararo, tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat
ishi yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan esa O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.
(70-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudda o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatchilariga sudyalar daxlsizligining
barcha kafolatlari tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil
23-fevraldagi 11-87-son “Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi
to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 
qarori
 (ro‘yxat raqami 2981).

Download 282,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish