Sudlarda ishlar sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sudyalar
o‘rtasida ishlarni taqsimlashga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir
ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot
tizimidan foydalangan holda
taqsimlanadi.
Sudlarda ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
(69 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-607-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
70-modda. Sudyalar daxlsizligi
Sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga,
foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga
taalluqlidir.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ularga tegishincha O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy sudi raisi, adliya vaziri tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha o‘qotar qurol
beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning
oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.
(70-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan
qo‘zg‘atilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy
javobgarlikka tortilishi, qamoqqa
olinishi mumkin emas.
(70-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan ma’muriy
javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
(70-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish,
ularni
ko‘zdan kechirish, ularda tintuv o‘tkazish yoki ulardan ashyoni olish, telefondagi so‘zlashuvlarini
eshitish, sudyani shaxsan ko‘zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish,
shuningdek uning xat-
xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish yoki olishga faqat
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyat,
Toshkent shahar prokurorining, O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy prokurorining ruxsati yoki sudning qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tumanlararo, tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat
ishi yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan esa O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.
(70-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudda o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatchilariga
sudyalar daxlsizligining
barcha kafolatlari tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil
23-fevraldagi 11-87-son “Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi
to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi
qarori
(ro‘yxat raqami 2981).
Do'stlaringiz bilan baham: