Hujjat kuchini yo‘qotgan


-BOB. SUDYALARNING MODDIY VA IJTIMOIY TA’MINOTI



Download 282,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/32
Sana01.06.2022
Hajmi282,66 Kb.
#624573
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
162-II-сон 14.12.2000. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida

9-BOB. SUDYALARNING MODDIY VA IJTIMOIY TA’MINOTI
75-modda. Sudyalarning moddiy ta’minoti
Sudyalarning ish haqi lavozim maoshidan, malaka darajasi, ko‘p yillik xizmati uchun
to‘lanadigan ustama haqlardan iborat bo‘lib, uning miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sudyalar o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlari bo‘yicha
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.
(75-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli 
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Keyingi
 tahrirga qarang.
Sudyalarga har yili o‘ttiz olti ish kunidan iborat haq to‘lanadigan ta’til beriladi.
76-modda. Sudyalarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalash choralari
Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘i davlatning maxsus muhofazasida bo‘ladi hamda respublika
budjeti mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urta qilinadi.
Quyidagi hollarda davlat sug‘urta organlari sug‘urta summalarini to‘laydi:
sudya ishlayotgan davrida yoki vakolat muddati tugaganidan keyin halok bo‘lsa (vafot etsa),
agar bu sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki
sog‘lig‘ining boshqacha shikastlanishi oqibatida ro‘y bergan bo‘lsa, uning merosxo‘rlariga
sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida;
sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan
shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolsa yoki uning sog‘lig‘iga
boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida;
sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbga doir faoliyat bilan shug‘ullanish
imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yo‘qolishiga olib kelmaydigan tan
jarohatlari yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning besh oylik ish haqi
miqdorida.
Sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan
shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga
boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha olingan to‘lovlarni hisobga
olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya o‘rtasidagi farq har oyda to‘lab boriladi.
Sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki uning
sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok bo‘lsa (vafot etsa), uning qaramog‘ida


bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga sudya ish haqining ularning hissasiga to‘g‘ri keladigan
qismi va boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan ularga tayinlangan pensiya o‘rtasidagi farq
har oyda, majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha olingan to‘lovlarni hisobga olmagan holda to‘lanadi.
Sudyaning o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga tegishli mol-mulkni yo‘q
qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar sudyaga yoki uning oila a’zolariga to‘laligicha
qoplanadi.
Ushbu moddaning 
ikkinchi

uchinchi

to‘rtinchi
va 
beshinchi qismlarida
nazarda tutilgan
zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib,
keyinchalik ular aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 282,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish