Gistokimyo va sitokimyo metodlari yordamida hujayraning kimyoviy tarkibi va unda sodir boladigan biokimyoviy jarayonlar o ‘rganiladi. Bu metodda muayyan kimyoviy moddalar fiksasiya qilinganda (hujayraga ta’sir qilinganda) hujayradagi kimyoviy moddalar bilan reaksiyaga kirishib, cho'kma hosil qiladi. Masalan, yod eritmasini tomizib, hujayrada kraxmalni aniqlash mumkin. Bu m etodlar orqali oqsillar, ferm entlar, yog‘lar, korbonsuvlar, vitaminlar, nuklein kislotalar, metall tuzlarining miqdori va ularning hujayradagi olrni aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |