Hujayra nazariyasi - barcha organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishidagi umumiylikni koʻrsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri boʻlib, unga binoan hujayra bakteriyalar, zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlarning eng kichik tuzilish birligi. Hujayra nazatiyasiga tiriklik olamining birligi va uning tarixiy rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi Ch.Darvinning evolyutsion taʼlimoti va energiyaning oʻzgarishi qonuni bilan bir qatorda 19-asrda tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk kashfiyotdan biridir. Shu qatorda hujayra nazriyasi tibbiyotda ham o`z ahamiyatiga ega. Biologiya tibbiyot bilan o`zaro chambarchas . Ularsiz bir birini tasavvur qilib bo`lmaydi.
Hujayra nazariyasi qanday fanlarning rivojiga asos soldi
Hujayra nazariyasi yaratilgandan so`ng birinchi navbatda biologiya fani shiddatli rivojlandi. Buning natijasida Biologiya kompleks fan bo`lganligi uchun hamma sohalarni birdan rivojlanish boshlandi , Hujayra nazariyasining yaratilishi biologiya fanini emas balki, butun fanlarni rivojlanishiga turtki bo`ldi. Biologiya, Tibbiyot, Farmokologiya , Oziq ovqat sanoatida kabilarini misol qilsa boladi.
Prokariot va Euokariot hujayralarning asosiy farqlarini tushuntiring.
Euokariotlar haqiqiy yadroga va membranaga ega orgonellardan iborat. Prokariotlarda esa buning aksi.Bu Eoukariotlar bilan prokariotlar o`rtasidagi asosiy farqi hisoblanadi . Yana bir asosiy farq Euokariot bilan Prokariot bitta va ko`p hujayraligi bilan farqlanadi. Bundan tashqari Euokariotda irsiy axborot yadroda , prokariotda esa sitoplazmada joylashgan bo`ladi. Euokariotda bir nechta chiziqli xromosoma , Prokariotda esa bitta yumaloq xromosoma mavjud. Euokariot hujayralar murakkab jarayonlar , prokariotda esa nisbatan oddiy jarayonlar kuzatiladi. Bularning ko`payishida ham ozaro farq mavjud. Euokariotlar Mitoz Meyoz jarayonlari sodir bo`lsa, Prokariotda esa Amitoz kuzatiladi.
Organoidlarning klassifikatsiyasini va ahamiyatini tushuntiring.
Organoidlarning o`zi klassifikatsiyalanadi . Bularga :Umumiy , hususiy , membranali , membranasiz va sitoskelat hosil qiluvchi turlarga bo`linadi. Umumiy:Ribosoma , Endoplazmatik to`r , Golji apparati , Lizosoma , Mitoxondriya ,Mikronaycha , Miofibrillar, Hujayra markazi Hususiy :Xivchinlar, Kiprikchalar ,Neyrofibrilla va Miofibrillar Membranali : Mitoxondriya , Lizosoma , Plastida , Endoplazmatik to`r va Golji apparati . Membranasiz : Hujayra markazi , Ribosoma , Miofibbrilla va Mikronaycha Sitoskelet hosil qiluvchi : Miofibrilla va Mikronaycha
Qanday organoidlar yo`rug`lik mikroskopida ko`rinadi
Siz yorug`lik mikroskopida asosan uncha kichkina bo`lmagan organoidlarni ko`rsak bo`ladi.Ushbu mikroskopda :vakuola , yadro , mitoxondriya , plastidalarni korishingiz mumkin. Yorug'lik mikroskopida ko'p miqdordagi bitta membranali organoidlar va ribosomalar ko'rinmaydi
Umumiy va xususiy ahamiyatga ega bo`lgan organoidlar
Umumiy yoki Universal organoidlar deyarli barcha hujayralarda mavjud bo`lib , ularga : Endoplazmatik to`r , Golji majmuasi , mitoxondriya , ribosoma va polisomalar , lizosoma , peroksisomalar, mikrofibrillar, va mikronaychalar kiradi . Shuningdek hayvon hujayralarida bor , o`simlik hujayralarida yo`q sertromeralar uchraydi.
Xususiy organoidlar ayrim , maxsuslashgan hujayralar uchungina xos. Ularga : fibrillar, tonofibrillar , neyrofibrillar , kiprikchalar , xivchinlar hamda hoshiya hosil qiluvchi mikrovorsinkalar kiradi. Bu organoidlar murakkab bo`lib , ularning asosida universal organidlar yotadi. Masalan , kiprikchalar va xivchinlarning asosiy kompenenti mikronaychalar va sentriolalar hisoblanadi , tonofibrillar va miofibrillar asosida esa mikrofibrillar yotadi.
Qanday organizmlar prokariotlarga mansub , tibbiy ahamiyati qanday
PROKARIOTLAR (lot. pro — oldingi, ilgarigi va karion — yadro) — hujayra-sida membrana bilan chegaralangan yadrosi boʻlmagan organizmlar. Prokariotlarga bakteriyalar, sianobakteriyalar, arxebakteriyalar ki-radi. DNK, oqsil va RNK dan iborat yadro apparati sitoplazmada ochiq joylashgan. Genetik sistemasi (genofor) hujayra membranasiga yopishgan boʻlib, primitiv xromosomaga moye keladi. Koʻpayishda genoforning har qaysisi hujayra membranasi bilan birga yangi hujayralarga oʻtadi. Mitoz boʻlmaydi, xloroplastlar, endoplazmatik toʻr, mi-toxondriyalar, Golji apparati, sent-riollar uchramaydi. Hujayra devori asosi glikopeptid murendan iborat. Ribosomalari ancha kichik, eukariotlarxromosomalaridan oqsil soni va sedimentatsiyakoeffitsiyenti bilan farq qiladi. Prokariotlar bir qator oʻziga xos spetsifik fiziologik jarayonlar, mas, havodan molekulyar azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega. Ayrim karashlarga binoan, Prokariotlar eukariot ajdodlari bilan birga eng qad. hayvonlarga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |