yosh hujayraga ajratadi. Hujayra bo‘linishi bilan undagi plastidalar ham teng ikkiga ajralib, yosh hujayralarga o‘tadi. Hosil bo‘lgan yosh hujayralar o‘zidagi oziq moddalar hisobiga o‘sishda davom etadi. Ular ona hujayra o‘lchamiga yetgach, yana yosh hujayralarga bo‘linadi. Shunday qilib, o‘simliklarning o‘sishi hujayralarning bo‘linib ko‘payishi va o‘sishi hisobiga boradi. Hujayra - barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayralidir, yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa koʻp hujayralidirlar (masalan, oʻrtacha odam 100 trillion yoki 1014 hujayradan iboratdir; oʻrtacha hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi esa 1 nanogramdir). Eng katta hujayra tuyaqush tuxumi boʻlib, uzunligi 15 sm, massasi 1.4 kg gacha boʻladi. Hujayrani ilk marta Robert Guk 1665-yilda kashf qilgan.
Hujayra (lot. sellula, sulis — katakcha) — barcha tirik organizmlarning tuzilishi va funksional birligi, elementar tirik sistema. Alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.
Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. H.ning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribo-somalar, mitoxondriyalar, endoplaz-matik toʻr, Golji kompleksi, lizo-somalgr. Ayrim manbalarda H. membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik H.da boʻladigan membrana strukturalari — mikronay-chalar, mikrofibrillalar H. shaklining; H. kiritmalari H. tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.
H. ichida va organizmning ichki suyuq muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham H.da sin-tezlanadi. H.ning har qaysi organo-idi faqat unga xos vazifani bajaradi. Mas, eukariotlarda H.ning nafas olishi faqat mitoxondriyalar mem-branalarida, oqsil sintezi — ribo-somalarda kechadi. Fermentlarning konsentratsiyalanishi va ularning H.strukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (kon-veyer prinsipi)ni taʼminlaydi. H.ga xos mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi komponentdan bir vaqtning oʻzida har xil moddalarni juda oz miqdor (mikrohajm)da sintezlash imkonini beradi. Ixchamlik prinsi-pi ayniqsa DN K strukturasi uchun xos. Mas, odam tuxumhujayrasining 61012g keladigan DNK si organizm uchun xos boʻlgan barcha oqsillarni kodlaydi. H. ichida ionlarning muay-yan konsentratsiyasi saqlanadi. H. muhitdan yirik molekulalar, jumladan, oqsillar, hatto viruslarni pinotsitoz, ayrim mayda hujayralar va ular fragmentlarini fagotsitoz orqali yutish xususiyatiga ega.
Oʻsimlik H.si hujayra membra-nasi sirtidan qattiq qobiqb-n qoplangan (qobiq jinsiy H.da boʻlmay-di). H. qobigʻida teshikchalar bor. Bu teshikchalardan oʻtadigan sitoplazma oʻsimtalari orqali qoʻshni H. oʻzaro bogʻlangan. Oʻsishdan toʻxtagan H. qobigʻiga lignin, kremnezem yoki b. moddalar shimilishi natijasida ancha pishiq va qattiq boʻlib qoladi. Oʻsimlik yogʻochining pishiqligi ana shu moddalarga bogʻliq. Ayrim oʻsimliklar toʻqimasi H.lari ayniqsa juda pishiqH. devoriga ega boʻlib, H. halok boʻlgandan soʻng ham oʻzining tayanch skeletlik funksiyasini saqlab qoladi. Ixtisoslashgan oʻsimlik H.sining bir necha yoki bitta markaziy vakuolasi bor; ularda har xil tuzlar eritmasi, ugle-vodlar, organik kislotalar, alka-loidlar, aminokislotalar, oqsillar, hatto zaxira suv boʻladi. Oʻsimlik H.lari sitoplazmasida maxsus organoidlar — plastidalar bor; Golji kompleksi esa sitoplazmada tarqalgan diktiosomalardan iborat.
Barcha eukariotlar H.si bir xildagi organoidlar va metabolizmni boshqarish mexanizmlariga ega. Ular pro-kariotlar singari metabolizmni boshqarish, energiyani jamgʻarish va saqlash, oqsil sintezida genetik koddan foydalanish xususiyatiga ega. Barcha H. membranasining funksiyasi ham oʻxshash. H. tuzilishi va funksiyasining oʻxshashligi ular kelib chiqi-shidagi umumiylikdan dalolat beradi. Biroq organizmdagi H. oʻlchami va shakli, u yoki bu organoidlari soni, fermentlar majmui bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farq organizmdagi H.ning oʻzaro kooperatsiyasi va ularning funksional ixtisoslashuvi bilan bogʻ-liq. Bir hujayralilar H.sining tuzilishi va funksiyasi oʻrtasidagi tafovutni koʻp jihatdan ularning yashash muhitiga moslanishi bilan tushuntiriladi. Genetik apparat tuzilishidagi oʻxshashlik prokariot va eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni tushuntirish uchun dalil boʻladi. Ammo bir hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar boʻlishi ham mumkin. Simbiogenez nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar xoʻjayin H. mitoxon-driyalariga, boshqalari — xloroplastlarga aylangan va organoid tarzida oʻz-oʻzidan koʻpaya boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan esa prokariot H.ning strukturalari asta-sekin rivojlanib, eukariotga aylangan.
Bir organizmning barcha H.lari ge-nomi potensial axborot hajmi jihatdan urugʻlangan tuxumhujayra genomidan farq qilmaydi. Ixtisoslashgan H. yadrosini yadrosi olib tashlangan H.ga koʻchirib oʻtkazilganda normal organizm rivojlanishi buni isbotlaydi. Koʻp hujayrali organizmda H. xossalari oʻrtasidagi farq genlar faolligining bir xil boʻlmasligi tufayli kelib chiqadi. H.ning har xil ixtisoslashuvi natijasida bir xil H.lar (nerv) qoʻzgʻaluvchanlik; boshqalari (muskul) miofibrillalar hosil qiluvchi oqsillarga ega boʻlishi tufayli qisqarish, uchinchi xillari (bezli H.) hazm qilish fermentlari va gormonlarni sintezlash xususiyatiga ega boʻladi. Koʻpchilik H. koʻp funksiyali, mas, jigar H.si qon plazmasi va oʻt suyuqligi oqsillarini sin-tezlaydi; glikogen toʻplaydi va uni glyukozaga aylantiradi; yot moddalar (jumladan, dorilar)ni parchalaydi. Barcha H.da umumiy funksiyaga ega boʻlgan genlar faol boʻladi. Shunday qilib, har xil H.lar oʻrtasidagi oʻxshashlik belgilari ularni bir-bi-ridan farq qiluvchi belgilarga nis-batan koʻproq boʻlib, kelib chiqishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash H. toʻqimalarni hosil qiladi (qarang Toʻqima).
Metabolitlar va ionlar — H.dagi jarayonlarni boshqaruvchi omillar. Ular genlarga taʼsir etish orqali fermentlar sintezini yoki bevosita fermentlarning oʻziga taʼsir koʻrsa-tib, ular faolligini oʻzgartirishi mumkin. Bunday oʻz-oʻzini boshqarish mexanizmlari tufayli H.da hayot uchun muhim boʻlgan koʻp jarayonlar optimal (eng qulay) holda saqlanib turadi.H.larning oʻzaro taʼsiri, nerv va gormonlarning H. faolligini oʻzgarishiga olib keladigan xususiyatlari tashqaridan boshqaradigan omillarga kiradi. Bunday omillar H.ning oʻziga xos xususiyatlarini saqlab turish uchun zarur. H. kulturasiga xos sunʼiy sharoitda H.ning oʻziga hos koʻpgina xususiyatlari yoʻqoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |