Hujayra yadrosi, tuzilishi, vazifalari


Hujayra sikli, uning davrlari



Download 153,08 Kb.
bet17/21
Sana15.04.2022
Hajmi153,08 Kb.
#555700
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
sitologiya 2

Hujayra sikli, uning davrlari.

Hujayra sikli uchta bosqichdan iborat: 1. interfaza. 2. mitoz 3. sitokinez. Birinchi marta hujayralardagi yadroning bo'linishini 1874 yilda rus olimi I.D.Chistyakov aniqlagan. Mitoz atamasini birinchi marta 1882 yilda V.Flemming qo'llagan. Bo'linish sikliga kirgan hujayralarda mitoz davri ko'p vaqtni egallamaydi. Mitoz quyidagi fazalardan iborat: profaza, metafaza, anafaza, telofaza. Fazalar orasida aniq chegara yo’q. Chunki mitozning o'zi silliq kechadi. Faqat anafazaning boshini aniqlash mumkin. Profaza Endoplazmatik to’r hajmining kichrayishi kuzatiladi. U kalta sisterna va vakuolalarga parchalanib yuzasidagi ribosomalar soni kamayadi. Mitozning yana bir muhim hodisasi- bo'linish dukining hosil bo'lishi ham profazada kuzatiladi. Bo'linish duki sentriolalar yoki ular ishtirokisiz hosil bo’ladi (o'simliklarda). Profazada S davrda duplikatsiyaga uchragan sentriolalar hujayraning ikki qutbi harakatlanadi. Har bir qutbga bittadan diplosoma boradi. Ular orasida mikronaychalar shakllanadi. Erta profazada kondensatsiyalanayotgan xromosomalarning sentromera uchastkalarida kinetoxor qismlari ko'rina boshlaydi. Bu joy bilan bo'linish duki mikronaychalari birikadi. Profaza yadro qobig’ining erib karioplazma bilan sitoplazma aralashib ketishi bilan tugaydi Metafaza Bo'linish dukining shakllanishi tugaydi va xromosomalar ekvatorial chiziqda to'planadilar. Erta prometafazada xromosomalar hujayra markazida oldingi yadro o'rnida notekis yotadilar. Ularning xaotik (betartib) harakati kuzatiladi. Metafaza davomida xromosomalar hujayra ekvatorida bir chiziqda tizilib metafaza plastinkasini hosil qiladilar. Plastinkada yirik xromosomalar hujayraning chekkalarida maydalari hujayra markazida joylashadi. Bu fazada xromosomalar maksimal qisqarib, qalinlashgani uchun ularni sonini va morfologiyasini xuddi shu davrda o'rganishadi. Metafaza mitozning tinim davri hisoblanadi, chunki bu vaqtga kelib xromosomalar harakati to'xtaydi. Kechki metafazada xromosomalar harakatdan to'xtab bir tekis yotadilar: ularning sentromera uchastkalari dukning markaziga, yelkalari hujayra chekka qismiga qaragan bo'ladi. Xromosomalar tarkibidagi xromatidlar bir-biridan ajraladi. Ular orasida faqat sentromera uchastkasida bog’lanish saqlanadi, shuning uchun X ko'rinishiga ega bo'ladi. Anafaza To'satdan boshlanib,xromatidlar orasidagi sentromera bog’lari uzilib, birbiridan hujayraning ikki qutbi tomon tez harakat qila boshlaydilar. Anafaza- mitozning eng qisqa fazasi. Xromosomalar V ko'rinishiga ega bo'lib, uchi bo'linish qutblariga yelkalari bo'linish markaziga qarangan bo'ladi. Sentromeradagi kinetoxor uchastkalari xromosomalar harakatini boshqaradi. Bu harakat tortuvchi iplarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Anafaza oxirida bo'linish duki zichlashib ekvator chizig’ida to'planadi va fragmoplastni hosil qiladi. Telofaza Xromosomalarning qutblarga tortilib bo'lgandan keyin boshlanadi. Erta telofazada xromosomalar dekondensatsiyalanadilar (iplari yoyiladi) va hajmlari ortadi. Ularning sitoplazmadagi pufakchalarga tegib turgan joyida yadro membranasi hosil bo'la boshlaydi. Yadro qobig’i tiklangandan keyin xromosomalarning SAT zonalaridan yadrocha shakllanadi.
Bo'linish duki buzilib uning moddalari hujayra ekvatorida fragmoplastni hosil qilib, undan o'z navbatida yangi plazmatik membrana elementlari hosil bo'lib, ikkita hujayra orasida to'siq hosil qiladi.
Endoplazmatik to’r elementlari anafazada hujayra ekvatoriga joylashib, bu yerda zich o'ramni hosil qiladi va qiz hujayralarning orasida to'siq hosil qilishda ishtirok etadi. Telofazaning muhim hodisasi- sitokinez. O'simliklarda hujayra ichida to'siq hosil bo'lishi bilan boradi. Hujayra markazida endoplazmatik to’r elementlaridan tuzilgan fragmoplast hosil bo’ladi. Endoplazmatik to’r elementlari pektin moddasini sintezlay boshlaydilar, ular pufakchalar ko'rinishida hujayra markazida to'planib chekkalarga qarab tortiladi. Vakuolalar qo'shilib plastinkani hosil qiladi. Plazmatik membrana plastinka bilan qo'shilib yangi membranani hosil qiladi.



  1. Download 153,08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish