Hujayra va uning tuzilishi.
Hujayra tirik organizmlarning elementlar tarkibiy, funksional va irsiy birligidir. Hujayraning tuzilishi va faoliyati to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar morfologik, tibbiy-biologik fanlarni o‘zlashtirish uchun poydevor hisoblanadi. Shifokor o‘zining amaliy faoliyatida sitologik tadqiqotlardan keng foydalanadi.
Hujayralar o‘z tuzilishiga ko‘ra prokariotlar va eukariotlarga bo‘linadi. Prokariot xujayralarga bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlari kiradi. Ularda yadro taraqqiy qilmagan, faqat bitta xalqasimon xromosoma mavjud.
Eukariot hujayralar ikki xil bo‘lib, sodda hayvonlar va ko‘p hujayralilarning hujayralariga bo‘linadi (1-jadval). Biz amaliy mashg‘ulotlarda asosan eukariot hujayralar bilan tanishib chiqamiz.
Sitologiya - (cytos-hujayra, logos-fan) - hujayra haqidagi fan bo‘lib, u hujayralarning tuzilishi, faoliyati qonuniyatlarini o‘rgatadi. Hujayra odam, hayvonlar va o‘simliklarning taraqqiyoti, tuzilishi va hayoti asosini tashkil etadi. Sitologiya fani xujayra nazariyasi paydo bo‘lganidan so‘ng yanada rivoj topdi. Hujayra nazariyasining mohiyati, butun tiriklik asosida hujayra yotadi, deb tushunmoq kerak. Sitologiya fani taraqqiyotida hujayra nazariyasining 4 ta qoidasi ham yaratildi:
Hujayra tiriklikning eng kichik birligi.
Hujayralarning umumiy tuzilishi prinsipi bir xil.
Hujayralar ona hujayradan bo‘linib ko‘payadi.
Hujayralar to‘qima va organizmni hosil qiladilar.
Hujayralar plazmolemma, sitoplazma va yadrodan tuzilgan (2-rasm).
2-rasm. Hujayraning ultramikroskopik tuzilishi sxemasi.
yadro
plazmolemma
mayda so‘rg‘ichlar
agranulyar endoplazmatik to‘r
granulyar endoplazmatik to‘r
Golji kompleksi
hujayra markazi
mitoxondriy
sitoplazmatik pufakcha
lizosoma
mikrofilamentlar
ribosoma
Organizmda hujayradan tashqari hujayra tuzilishiga ega bo‘lmagan hujayraaro modda, simplast, sinsitiylar ham uchraydi. Hujayraaro modda tolalardan, oqsil, uglevodlar, yog‘ birikmalaridan, suvdan iborat bo‘ladi. Bu moddalarni asosan hujayralarning o‘zlari hosil qiladilar. Simplast - ko‘p yadroli tuzilma. Ular hujayralar qo‘shilishidan yoki hujayralar yadrosi bo‘linib, sitoplazmasining bo‘linmasligidan hosil bo‘ladi. Masalan: ko‘ndalang targ‘il mushaklar, osteoklast xujayralari.
Sinsitiy - xujayralar bir birlari bilan sitoplazmatik o‘siqlar orqali birikib hosil qilgan to‘rsimon tuzilmadir.
Hujayralar tuzilishi, shakllari, kimyoviy tarkibi, modda almashinuvi va funksiyalariga ko‘ra har xil bo‘ladilar. Hujayralarning shakli ular bajaradigan funksiyasiga bog‘liq. Masalan: neyronlar ko‘p o‘simtalik, qon hujayralari dumaloq shaklda va x. k. (3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |