74 – rasm. Ba’zi bakterial transpozonlar xloramfenolga turg’unlik, konamisinga turg’unlik. Transpozonlar va IS - elementlar bakteriyalardagi bir qator genetik hodisalar uchun javobgardir. Mobil elementni qandaydir bir genga biriktirishi uning genaktivatsiyasiga olib kelishi mumkin. Mobil elementlar translokatsiyani ham chiqarishi mumkin.
Bakteriyalarda mobil elementlarning xarakatlanishi.Bir genomdan boshqasiga transpozitsiya qilishning 2 tipi mavjud. Uning birinchi tipi kontegratsion deyilib, unda IS - elementi yoki transpozitsiyani tutuvchi donor genom DNK ning retsepient molekulasi bilan qo’shiladi. Hujayra replikativ aparati hisobiga sodir bo’ladigan replikatsiya mobil elementining ikki barobar ko’payishiga olib keladi. Duplikatsiyali mobil elementi oraliq kointegrat hosil bo’ladi. Kointegrat dastlab replikonlarga ajralishi uchun (ulardan biri mobil elementning yangi nusxasini oladi) rezolvaza deb nomlangan trp R gen mahsuloti zarur (75 – rasm).
75 – rasm. Yangi genomga mobil elementning ulanish tiplari. Transpozitsiyaning ikkinchi tipi “Oddiy joylashish” deyiladi. Mobil element yangi genom lokusiga ko’chib o’tadi, bunda nishon – sayti duplikatsiyasidan tashqari hech qanday o’zgarishlar sodir bo’lmaydi. Transpozitsiyaning bunday turi ba’zida konservativ ham deyiladi. Jarayonning tugashi uchun oz miqdorda DNK ning replikativ sintezi zarur.
Bakteriyalarning genetik o’zgaruvchanligi.Mobil elementlar o’zlari lokalizatsiyalangan qism yaqinida transpozitsiyaning replikativ mexanizmi jarayonida genetik turg’unlikni yuzaga keltiradi. DNK – nishonga yoriqlar qanday keltirilganiga qarab transpozon joylashgan yer yoki uning nishoni o’zgarishi yeriga qarab genetik material delesiyasi yoki inversiyasi yuz beradi. IS – elementlarning nofaol gen yaqinida joylashuvi promotoridan IS – elementi transkripsiyasi hisobiga faollashadi ya’ni bakterial gen boshqaruvi o’zgaradi. Mobil elementlar gomologiyaning harakatlantiruvchi qismi hosil bo’ladi, ular o’rtasidagi gomologik rekombinatsiya genlar duplikatsiyaga olib keladi.
Eukariotlarhujayrasiuchunyadroningbo‘lishiharakterlidir. UlardaaxborotDNKdajoylashganbo‘lib, uoqsillarbilankomplekshosilqilganholdaxromosomadajoylashgan. GenetikaxborotxromosomadantashqaridagiDNKlar, masalan, xloroplastlar, boshqaplastidalarvamitoxondriyalarDNKsidahamjoylashganbo‘ladi.
Eukariotgenomiprokariotlarnikidanbirqanchabelgilaribo‘yichafarqlanadi, masalan, eukariotlargenomiprokariotlarganisbatanko‘proqgenlarnitutadi, undagiDNKningma’lumbirqismikodlanmaydigannukleotidlarnitutadi.