Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish
Aminokislotalarni toza holda ajratib olishning yana bir xili, ba`zi tabiiy oqsillarni kislotali, ishqoriy va fermentativ gidrolizlash hisoblanadi. Bu tabiiy manbalar sifatida go`sht sanoatining chiqindilari, sut kazeini, bug`doy kleykovinasi va boshqalardan foydalanish mumkin bo`ladi. Lekin bu uslubning qator kamchiliklari mavjud, ular aminokislotalarni ko`p tonnali hajmda ajratib olishga yo`l qo`ymaydi. Bu kamchiliklarning muhimlaridan biri manba xizmatini o`tovchi xom-ashyoning miqdoriy jihatdan cheklanganligi va uning nostandartligi, shuningdek aminokislotalarni ajratish va tozalash bilan bog`liq bo`lgan ko`p bosqichli kimyoviy ishlovlarni talab qilinishi hisoblanadi.
Bundan tashqari gidroliz uchun mineral agentlardan foydalanganda ko`p qimmatli aminokitslotalar: triptofan, treonin, sistein, serinlar parchalanib ketishi, proteolitik fermentlardan foydalanish esa, peptid bog`larni to`liq parchalanishini ta`minlamasligi, ish unumini ancha pasaytiradi.
Mikrobiologik uslubda aminokislotalar ajratib olish
Bugungi kunda aminokislotalarni ajratib olinishini hamma uslublari orasida mikrobiologik uslubga ko`proq e`tibor beriladi. Bu uslubning ustunligi shundaki, unda kimyoviy biosintez uchun xos bo`lgan kamchiliklar uchramaydi va ajratib olinadigan aminokislotalar biologik faol, ya`ni L-shaklda olinadi. Bu narsa chorvachilik uchun yem-oziqa tarkibiga qo`shib beriladigan texnik preparatni ajratish va tozalash imkonini beradi. Aminokislotalarni L-shaklini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni tashkil qilish ikki xil texnik sxema asosida amalga oshirilishi mumkin. Ular bir biridan asosan mikrob o`stirilgan suyuqlikni olish bosqichlari bilan farqlanadi. Birinchi xili bo`yicha mikrob o`stiriladgan suyuqlikni ikki bosqichda (ikki bosqichli uslubda) olinsa, ikkinchisi bir bosqichda (bir bosqichli uslubda) olinadi. Ikki bosqichli uslubda olinishi lozim bo`lgan aminokislotani mikrob hujayralarida, uni sintezlanishi uchun xizmat qiladigan eng arzon turadigan manbalardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu o`rinda manba sifatida xizmat qiladigan moddani hosil qilish va uni keyingi bosqich uchun tayyorlash jarayonning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichga ferment preparatini (odatda mikrob tabiatli) biosintezi ham kiradi, hamda bu ferment manba sifatida xizmat qiladigan moddani maqsadli ravishda tegishli aminokislotagacha transformatsiyalaydi. Bunda sanoat miqyosida fermentlarning produsenti (mikroorganizmlar biomassasi) ni o`stiriladi. Biomassani mikrob o`stirilgan suyuqlikdan ajratiladi va bevosita transformatsiya uchun foydalaniladi yoki imkoniyat chegarasidagi har xil uslublar (mexanik, fizik-kimyoviy, kimyoviy) vositalar yordamida hujayralarni shikastlantirgandan so`ng foydalaniladi
Ikkinchi bosqichda esa, birinchi bosqichda mikroorganizm tomonidan ishlab chiqarilgan ferment tizimidan foydalanib, aminokislotani sintezlanishi uchun xizmat qiluvchi moddani aminokislotagacha transformatsiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |