Hujayra va gen ingenerligi


Yosh changdon to‘qimasidagi embriogenez



Download 23,72 Mb.
bet21/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

Yosh changdon to‘qimasidagi embriogenez

Somatik to‘qimalarni duragaylash. Hujayra injenerligi bilan somatik to‘qimalarni duragaylash – turli turlarga, navlarga xos o‘simlik hujayralarni protoplastlarini qo‘shilishi tushuniladi. Ushbu yo‘l bilan ikki yoki undan ortiq organizm genomi (genlari) birikishi to‘liq kombinatsiyasi kuzatiladi.
Protoplastlarni elektroforez usuli bilan qo’shib o‘stirish va sun’iy muhitda regeneratsiya tufayli har xil turlar yadroli, xloroplostli va mitoxondriyali DNKlarni kombinatsiya bilan to‘liq o‘simlik olinadi.Тana hujayralarni duragaylashda ularni qo‘shilib normal o‘sishini ta’minlash uchun Хarris va Okadalar ishlab chiqqan «Senday» virusidan foydalaniladi.
Protoplastlarni qo‘shish yo‘li bilan kartoshka va pomidor duragayi hosil qilingan va pomidor deb nom berilgan. Duragay ota–ona formalarni xususiyatlarni o‘zida saqlagan. Duragay mevasi yovvoyi ituzum mevasidan yirikroq, tuganagi esa rezavor meva kattaligicha bo‘lgan.
8-rasm. Genlarni minihujayra orqali ko‘chirish

AQShda protoplastlarni qo‘shish bilan somatik duragaylar olingan. Duragay madaniy kartoshka bilan yovvoyi S. Brevidens asosida hosil qilingan.
Duragay kasalliklarga chidamli bo‘lib tugunak hosil qilmagan. Shundan so‘ng, madaniy navlar bilan bir, ikki chatishtirish o‘tkazilganda normal tugunak hosil qiluvchi navlar yaratilgan. Somatik hujayralarni duragaylashning yana bir ahamiyatli tomoni, ijobiy xususiyatga ega, hujayra qismlari protoplastlarga qo‘shiladi. Masalan mitoxondriya makkajo‘xorida sterillikni boshqaradi. Хloroplastli DNK larda genlar tuzilmasini o‘zgartirish gerbitsidlarga bardoshlilikni
boshqaradi. Bu karam, kartoshka va tamaki o‘simliklarida amalga oshirilgan. Yaponiyada kartoshka va yovvoyi tomat asosida qurg‘oqchilikka va viltga chidamli kartoshka navi olingan. Biotexnalogiyaning asosiy yo’nalishlaridan biri regulyatorlardan foydalanishdir. Bu keng qamrovli tabiiy va organik sintetik birikmalar kam miqdorda ishlatilganda o‘simliklarda moddalar almashinuvining, hujayralar faoliyatini tezlashtirib, o‘sish, rivojlanishga tasir qiladi.
Тabiiy regulyatorlardan tarqalgan fitogormonlar bo‘lib, o‘simliklardan olingan moddalar hisoblanadi va hayotiy jarayonlarni tezlashtiradi.
Hozirgi kunda 5000dan ortiq regulyatorlar sintez qilingan bo‘lsa, shulardan 1% gina ishlab chiqarishda ishlatiladi. Regulyatorlar o‘simlik yoki mikroorganizmlar asosida olinganlari endogenli deb ham yurtiladi. Fitogormonlar kam miqdorda ishlatilganda ham o‘simliklarda fiziologik jarayonlar (hujayralarni bo‘linishi, o‘sishi tinim davrini buzish, barglar og‘izchalarni ochish, quruq modda to‘planishini kuchaytirish va h.k) boshqariladi.
O‘simlik, hayvonlarda gormonlar odatda 2 guruhga ajratiladi:
1. Тerpenoidlar–mevalonot asosida ishlab chiqiladigan-gibberelin k-t, brosixlar, fuzikaksin, sitokinen.
2. Aminokislotalar asosida ishlab chiqiladigan auksinlar, etilin.
Gibberilin–o‘simliklarda jadal o‘sishini, tinim davrini buzishini, katta biomassa hosil qilishni, gullash intensivligini, partenokarpik meva hosil qilishni ta’minlaydi.
Sitokinin–hujayralarni o‘sishini tezlatadi, qarishni oldini oladi, generativ organlarni shakllanishini ta’minlaydi.
Fitogormonlardan tashqari sintetik regulyatorlar–retrodontlar ham mavjud. Ular fitogormonlarga o‘xshamasada o‘simliklar gormonal sistemasiga ta’sir qiladi. Ular o‘sishni to‘xtatish, sekinlashtirish baquvvat o‘simlik nihollari olishda ishlatiladi. S.Peterburg qishloq xo‘jalik mikrobiologiya va Moskva qishloq xo‘jalik biotexnologiya instituti olimlari Karbit kolsiya tavsiya qilingan. Ular tuproqqa solinganda atsitelinga ajraladi va tuproq mikroorganizmlari faoliyatini kuchayib nitrogenaza fermenti ta’sirida etilen hosil bo‘ladi, qaysiki o‘simlik ildiz orqali qabul qiladi.
Ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan regulyatorlardan gibberellin (uzumchilikda, sabzavot, gulchilikda) IUK (indoliluksusnaya kislota) sun’iy muhitda hujayralardan o‘stirishda qo‘llaniladi, IUK auksin regulyatorlar guruhiga oid bo‘lib, hujayralarni to‘liq shakllanishida yon novda, shox, ildiz shakllantirishda foydalaniladi. Auksin o‘sish nuqtani to‘xtatib, yon novlarni, ildizini kuchaytiradi.
Sintetik regulyatorlardan biri–GMK gidrozid malenovoy kislota–kartoshka, lavlagi o‘simliklarga hosil yig‘ish oldidan palakka purkaladi va hosilni uzoq saqlanishini ta’minlaydi. GMK–tamakichilikda, lavlagi urug‘chiligida palakka yer ustki qismga purkaladi va o‘sish nuqtasini to‘xtadi, natijada yon navdalar barglar rivojini jadallashtiradi.
Chorvachilikda somatotropin, somatostatindan gormon moddalari ishlatiladi. Ular hayvonlarda 15-20% laktatsiya mahsuldorligini oshiradi. Qoramollarda, cho‘chqachilikda, qorako‘lchilikda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan gormonlar organizmda oqsil moddalar zahirasini boshqaruvchi genlarni faollashtiradi.
"Gen injenerligi" tushunchasi XX asrda paydo bo`lgan bo`lib, uning asosiy maqsadi ixtiyoriy organizmning DNKsini o`zgartirish orqali unda inson uchun foydali xususiyatlarni rivojlantirish yoki kuchaytirishdan iboratdir, -deydi O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi ilmiy kotibi, biologiya fanlari nomzodi Shuhrat Shermatov. -hozirgi kunda ushbu fan sohasi tibbiyot va qishloq xo`jaligida keng qo`llanilib, inson uchun katta foyda olib kelmoqda. Gen injeneriyasi yordamida yaratilgan genetik o`zgartirilgan yoki modifikatsiyalangan organizmlar (GO`O) orqali inson uchun zarur bo`lgan darmondorilar sintez qilinmoqda.
Masalan, oddiy bakteriya DNKsiga gen injeneriyasi yordamida odamning insulin geni kiritilgandan keyin bakteriya orqali insulin olish yo`li paydo bo`ldi. Bundan tashqari, genetik o`zgartirilgan qishloq xo`jalik ekinlari ham inson uchun foyda olib kelmoqda. Bugungi kunga kelib gen injeneriyasi yordamida hasharotlarga chidamli, vitaminlar bilan boyitilgan va boshqa xususiyatlarga ega turli qishloq xo`jalik ekinlari navlari yaratilgan.
Natijada pestitsidlar ishlatilishi kamaytirildi va hosildorlik oshdi. 2012-yilga kelib genetik o`zgartirilgan qishloq xo`jalik ekinlari bozori hajmi ulardan olinadigan tayyor mahsulotlarni hisobga olgan holda yiliga 150 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Geni o`zgartirilgan organizmlar haqida salbiy fikrlar ham mavjud. Bular asosan genetik o`zgartirilgan o`simliklar va ulardan olinadigan mahsulotlarga qaratilgan. Ushbu fikrlar ilmiy asosga ega emas.
GO`Olar inson uchun zararliligi ilmiy jihatdan isbot etilmagan.
Bu bahslar asosan Yevropa davlatlarida boshlangan bo`lib, arzon qishloq xo`jalik mahsulotlaridan qimoya qilishga qaratilgan edi. Natijada Yevropa davlatlari GO`O haqida qonunlar qabul qilib, ularning nazoratini yo`lga qo`yishdi.
O`zbekiston bozoriga har yili xorijdan turli mevalar kirib keladi va ularning tarkibi ba`zi yurtdoshlarimizda shubha uyg’otishi mumkin. Ammo ulardan xavotirlanishning hojati yo`q. Genetik o`zgartirilgan mevalar va sabzavotlarni tabiiylaridan tashqi ko`rinishi bo`yicha farqlab bo`lmaydi.Ularni faqat maxsus laboratoriyalarda aniqlash mumkin. Shuning uchun bozor va supermarketlarda mevalarni faqat o`zingizning didingiz va mazasiga qarab tanlashingiz mumkin.
Mevalarning bir tekis ko`rinishda ekanligi gen injeneriyasi bilan umuman bog’liq emas, hatto, gen injeneriyasi yordamida olingan mevalarning ham katta-kichikligi har xil bo`ladi. Fermerlar mevalarni yetishtirib olgandan keyin ularni saralaydi. Tabiiyki boshqa davlatlarga jo`natishga eng sifatlilari ajratib olinadi. Bizning fermerlarimiz ham xuddi shunday yo`l tutishadi. Shuning uchun bozorlarimizda kichkina va katta mevalar alohida, har xil narxlarda sotiladi.
Zamon mazkur masalaga kengroq qarashni taqozo qiladi. Aholining tez o`sib, unumli yerlarning keskin kamayayotgani olimlar oldiga meva-sabzavot yetishtirishning yangicha usullarini axtarish masalasini ko`ndalang qo`ydi. Tarixdan ma`lum, qadimda odamlar yovvoyi o`simlik va hayvonlardan yillar davomida xonaki turlarini yetishtirishgan. Bu hodisa biologiya fanida hayratlanarli, mo`jizaviydir. Ibtidoiy "seleksiyachi"larga harqancha taxsin aytsak, oz.
Oxirgi yillarda ilm-fanda keskin yuksalish ro`y berdi. Xususan, biologiyada yangi soha bo`lmish hujayra injeneriyasining qo`llanilishi natijasida o`simlik va hayvonlarning irsiyati chatishtirilgan (transgen) turlari yaratildi.
G’arbda o`simlik genomini o`rganish va shu asosda maqsadga muvofiq foydalanish, jumladan, oqsil, uglevod, moy va biologik faol moddalarni ishlab chiqarishda "biofabrika" sifatida foydalanish yo`lgа qo`yilgan. Bir so`z bilan aytganda, o`simlik hujayrasi inson uchun kerakli bo`lgan oziq-ovqat, ularning qo`shimchalari, dori-darmon va bo`lak moddalarni olish uchun "reaktor" bo`lib xizmat qilyapti.
Molekulyar biologiya fani hujayradagi biror moddani sintezlaydigan genlarni faollashtirish va bo`lак genlar ish jarayonini vaqtincha to`xtatish usullari bilan qurollangan.
Yildan-yilga dunyoda irsiy chatishtirilgan mahsulotlar (ICHM) ko`payib bormoqda. Jumladan, yer yuzida yetishtiriladigan soyaning 75 foizi va makkajo`xorining 30 foizi irsiy chatishtirilgan o`simlik hisoblanadi. O`simlik hujayrasidagi genlarning bir necha soni o`zgargan bo`lsa, bular birinchi darajali genomi o`zgargan sanaladi, genlardan faqat bittasi o`zgargan yoki bittagina "begona" gen hujayraga kiritilgan bo`lsa, bular ikkinchi darajali genomi o`zgargan hisoblanadi. Genomi ikkinchi darajali o`zgargan o`simlik navlari inson uchun foydali deb topilgan. Hozirgi kunda dunyo qishloq xo`jaligida saksonta bir xil genomi o`zgartirilgan o`simlik yetishtirilmoqda.
Savol tug’iladi: matbuotlarda e`lon qilinayotganidek, geni o`zgartirilgan o`simlik mevalari haqiqatdan zararlimiGenomi o`zgartirilgan o`simlik hosillari irsiyatga, atrof-muhitga, ijtimoiy-iqtisodiy hayotga jiddiy xavf tug’diradi deyishga asos bormi.
Mana o`n-o`n besh yil bo`ldiki, Amerika, Yevropa bozorlarida o`simlik va hayvon mahsulotlarining geni o`zgartirilgan turlari sotilmoqda. Insonning oshqozon-ichak tizimi tabiiy yoki geni o`zgartirilgan mahsulotni fermentlar orqali tarkibiy qismlarga parchalab, kerakli qismini o`zlashtirib, ortiqchasini parchalaydi yoki tashqariga chiqaradi. Demak, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini hujayramiz ham nazorat qiladi. Bundan tashqari, geni o`zgartirilgan va gibrid o`simliklar muayyan firmalarning o`zidа kimyoviy tarkibi, inson salomatligiga, irsiyatga, atrof-muhitga ta`siri hartomonlama o`rganilib, ulardan xavf tug’dirmaydigan navlari bozorga tavsiya etiladi. Tavsiya etilgan urug’lar aynan shu mamlakatning markazlashgan ilmiy shahobchalari nazoratidan o`tadi. Respublikamizga keltirilayotgan sabzovot urug’lari bojxonalarda ham mutaxassislarning tekshiruvidan o`tib, mazkur firmaning O`zbekistondagi vakillari tomonidan tajriba maydonlariga ekilib, sinovdan o`tganlari dehqonga tavsiya etiladi. O`zbekistonda xuddi shunday tizim yo`lga qo`yilgan. To`g’ri, o`simlik mevalari ichida achchiq, o`ta nordon, taxir, zaxarlilari ham bo`lganidek, gen injenerligi va gibrid orqali yetishtirilgan mahsulotlar ichida ham xavf tug’diradigan navlari chiqib qolishi tabiiy hol. Bu holda mahsulotlarni nazorat qiluvchi genetik tashkilotlar xulosalarini tezda e`lon qilishlari zarur.
Mamlakatimizga chetdan, jumladan, Gollandiyadan keltirilayotgan sabzavot urug’laridan hozircha voz kecha olmaymiz, chunki mahalliy sabzovot va poliz navlari ekologik holat va tuproq muhitining o`zgargani hamda har xil kasalliklar ko`paygani tufayli hosili juda pasayib, bozor raqobatiga dosh bera olmay qoldi. To o`zimizning seleksiyachi, genetik olimlarimiz sermahsul, kasallikka chidaydigan, ko`rinishi jozibali, raqobatbardosh mahalliy navlarni yetishtirguncha chet ellardan urug’lar olishga majburmiz.
Yana bir gap: Gollandiyadan keltirilayotgan urug’lar geni o`zgartirilmagan bo`lib, ular gibrid usulida yovvoyi avlodi va mahalliy navlari bilan chatishtirilgan duragaylardir va ular ming yildan beri yangi navlarni yetishtirishda qo`llanib kelayotgan an`anaviy seleksiya usuli bilan yaratilgan. "q-1" deb yozilishiga sabab birinchi avlodining hosildorligiga kafolat berilishidir. Keyingi avlodlarda, Mendel qonuniga asosan, irsiy belgilar ajralishi natijasida hosili birinchi avlodday bo`lmasligi mumkin. Shuning uchun o`simlikni yangi nav darajasiga yetkazish uchun bir necha yillar davomida seleksiya tajribalarini olib borish zarur. Lekin ayrim tajribali dehqonlar mazkur urug’lardan keyingi avlodlarda ham xuddi birinchidagidek hosil beradigan urug’lar olishayotgani ham ma`lum. "q-1" irsiyatga ta`sir qilib, odamni bepusht qilishi mumkin, degan taxminlarga asos yo`q.
Geni o`zgartirilgan o`simlikning mahsulotlari zararli degan fikrlarni G’arbda bozor iqtisodiga asoslangan raqobatchi firmalar o`rtasidagi munozara deb tushunamiz.
Ma`lumki, Yevropa dehqonlari katta yerda emas, balki kichik ekin maydonlarida ekstensiv ishlash asosida yaxshi natijalarga erishib, Amerika bozori bilan bemalol raqobatlashmoqda. Amerika urug’larni gen injenarligi asosida yetishtirib, transgen o`simlik mahsulotiga asosiy urg’u berayotgan bo`lsa, Yevropа olimlari o`simlik urug’larini duragaylashtirish (gibridlash) asosida yetishtirishni yaxshi yo`lga qo`yishgan.
Shunday qilib, dunyoda gen muhandisligi, transgan o`simliklar, biotexnologiya usullari yadro energiyasiga o`xshab ulkan jarayonga aylangan. Bu jarayonga O`zbekiston olimlari ham yangi samarali navlar va zotlar yetishtirish bilan xissalarini qo`shadilar degan umiddamiz. Chunki genetika va biotexnologiya sohasida O`zbekistonda iste`dodli, yosh, umidli olimlarimiz yetarli darajada topiladi.

Muhsin Valixonov, biologiya fanlari doktori, professor


(Chet el matbuoti misolida)
Yuliya BORTA."Transgennie produkti: est' ili ne est'q" "Darvoqe, gen injenerligining klonlashga aloqasi yo`q. Bunda bunday bo`ladi: irsiy (gen) olinadi, hujayra qatoriga qo`yiladi, so`ngra bu hujayra ko`payadi va kiritilgan ma`lumotni (yangilikni) tarqatadi. Bir narsani hisobga olish kerak: o`zgartirilayotgan organizmning DNKsiga kiritilayotgan genlar turli-tumandir. U boshqa o`simlikniki, hayvonniki, bakteriyaniki, virusniki va hatto odamniki bo`lishi mumkin".
Rossiya FA "Bioinjeneriya" markazining direktori akademik K. G. Skryabin aytishicha, gen injenerligi bilan shug’ullanadigan mutaxassislar ICHM zararsiz ekanini bilishadi. Ammo bitta genni ko`chirib o`tkazishning kutilmagan oqibatlari bo`lishi nazariy jihatdan ehtimollidir.
"ICHMni oziq-ovqat sanoatida xomashyo sifatida keng va ko`p foydalanish bor-yo`g’i besh-olti yil ilgaridan boshlandi. O`ttiz-ellik yildan keyin nima bo`lishini bugun xech kim yuz foiz ishonch bilanaytolmaydi. Albatta, ko`chma genli mahsulotlarni yeb biz mutant yo monstr bo`lib qolamiz, degandek xavotirlar, yumshoq qilib aytganda, sal oshirib yuborilgan. Lekin bundan mantiqliroq asos ham bor. Masalan, yangi tibbiy va biodori-darmonlar uzoq yillar hayvonlarda tekshirilganidan keyingina odamlarga tavsiya etilardi. Ko`chma genli (transgen) mahsulotlar o`zi yaqindagina yaratilganiga qaramay, bozorga chiqib ketdi va allaqachon yuzlab nomdagi mahsulotlarni qamrab oldi. ICHMga qarshilar bunday mahsulotlarning xavfsizligini aniqlash usullariga ham shubha bilan qarashadi. Xullas, javobsiz savollar hali bor".
Rossiya Iste`molchilarni himoyalash milliy jamg’armasining bosh direktori akademik A.Y. Kalinin: "Bunaqa (ICHM) mahsulotlarning iste`moli odamga ta`siri bir necha o`n yillar keyin, kelgusi avlodda ko`rinadimi hozirda bu savolga qat`iy salbiy dalil ham, musbat dalil ham yo`q... Lekin iste`molchining tanlash huquqi bor: xohlasa, Gollandiyaning ko`chma genli pomidorini sotib oladi, xohlasa, Krasnodar pomidorining bozorda paydo bo`lishini kutadi. Yoki popkornni yeyaveradi, yoki Kuban dalalarida yetishtirilgan makkajo`xorini qaynatib yeydi".
("AiF Zdorov'e", 2003.17.07. 29-son).
Tatyana Kostikova. "Pomidor-gen v nagruzku".
"Rasmiy ilm ular (ICHM)ning zararini tasdiqlay ham olmaydi, inkor ham etolmaydi"...
Rossiya qishloq xo`jaligi akademiyasining O`simliklarni biohimoyalash ilmiy tekshirish instituti zaxarli mikroorganizmlar (maxluqotchalar) va bioxavfsizlik laboratoriyasi mudiri Oleg Monastirskiy ko`chma genli o`simliklar o`zining odatdagi moddalar almashinuvini o`zgartiradi va odamga zaxarli bo`lgan moddalar vujudga keltirishi mumkin deb hisoblaydi. Ammo ularning odamga zararli ta`siri xarakterini aniqlash hozircha juda qiyin.
Shuning uchun ICHMni asosiy ishlab chiqaruvchi bo`lgan AQSHda, Kanada va Lotin Amerikasi, Yevropa ittifoqi mamlakatlarida bunday o`simliklardan olingan oziq-ovqat mahsulotlariga majburiy belgi qo`yib sotish joriy etilgan. Bu talabni qattiq tekshirib turishadi va qoida buzilsa, katta jarimalar bilan jazolashadi. Hozir Yevropa Ittifoqi mamlakatlari sudlarida "Makdonalds"ni mahsulotlarida geni chatishtirilgan qo`shimchalar borligi, ammo bu haqda ogohlantirish bermagani uchun ayblab, yigirmaga yaqin katta da`vo ishi ochilgan..."
Ko`chmagenli mahsulotlar bozori dunyoda eng boy-yiliga 20 mld. dollar pul aylanadi. Bu bozorda uchta xalqaro shirkat egalik qiladi. Firmalar bir ingliz olimni ishdan xaydashdi, sababi, u kalamush ustida olib borgan tadqiqotining natijalarini e`lon qilib yuborgan edi. Unga ko`ra, geni chatishtirilgan kartoshка bilan boqilgan kalamushda tez-tez oshqozon o`smasi paydo bo`lgan, endokrin tizimida buzilishlar va nasl qoldirish masalasida muammolar paydo bo`lgan.
Ehtimol, kelajakda gen injenerligi juda rivojlanib ketar. Lekin bugun u ilmdan ham ko`ra ko`proq tijoratga xizmat qilyapti. Shunday ekan, irsiy chatishtirilgan mahsulotlar turli to`g’ri-qing’ir yo`llar bilan bizga chegaradan o`tib kelaveradi (o`zimizniki hozircha yo`q). Bunday sharoitda (Rossiya) Bosh sanitar do`xtirining ularning yorliqlariga maxsus belgi qo`yish lozimligi to`g’risidagi talabi juda oqilonadir. Falokat shundaki, bu talab bajarilmayapti".
("AiF" 2001 y. 24.10. 43-son).
Yuliya Ekareva, Olga Ibekova."Geni protiv koloradskogo juka".
"Lekin loaqal tajriba-sinovda biz ham qatnashayotganimizni bilishimiz kerak".
ICHMlardan tozalangan soya yoki, soya letsitini, tozalangan makkajo`xori yoki, makkajo`xori kraxmali kabi mahsulotlarda maxsus yorliq bo`lishi shart emas. Ammo quyidagi mahsulotlar maxsus belgi bilan bildirilishi lozim:
Soya. Soya uni va bu undan tayyorlangan mahsulotlar, sut o`rinbosari (soya suti) va bunday sutdan tayyorlangan mahsulotlar (tofa, ivitilgan ichimliklar, muzqaymoq, mayonez), quruq sut o`rinbosari, soya boblari, soya qaylasi (sousi), berkitilgan soya.
Makkajo`xori. Makkajo`xori uni, yormasi, bodrog’i (popkorn), muzlatilgan va berkitilgan makkajo`xori, makkajo`xori chipsi.
Kartoshka. Ovqatga doim solinadigan kartoshka, kartoshkadan tayyorlangan yarimpishiriqlar, bo`tqasi, qirsildoq chipsi.
Pomidor. Ovqatga solinadigan pomidor qaylasi, bo`tqasi, souslar, ketchuplar, suvi, ichimliklari".
("AiF Zdorov'e" 2003 y. 26.06. 26-son).
Yuliya BORTA. "Komu nujni transgeni".
"-Ko`plab dalillar genlarni o`zgartiraverish hayvon salomatligiga zararli ta`sir etishini isbotlab turibdi. Bu dalillarni nafaqat bizning institutimiz topgan, bunaqa tadqiqotlar butun dunyoda olib borilyapti va natijalari matbuotda ochiq e`lon qilinyapti, iste`molchilar negadir bu ma`lumotlardan xabarsiz, -deb hikoya qiladi biologiya fanlari doktori, Butunrossiya naslchilik ilmiy tekshirish institutining DNK texnologiyalar laboratoriyasi mudiri Lyubov Aleksandrovna Kalashnikova. -Ko`chmagenlarda modda almashinuvi, layoqat martabasi (immunniy status), gormonal ko`rinishi, a`zolar va to`qimalarning bioximik tarkibi boshqacha bo`ladi. Lekin eng asosiysi - geni o`zgartirilgan hayvonlarning hayotga layoqatliligi va urug’lanishi sust bo`ladi- nasl qoldirishni xohlashmaydi. Biolog uchun mana shu ikki nuqtaning o`ziyoq bu hayvon sog’lom emas, kasal, deyishga kifoya qiladi. Kim kasal hayvon go`shtini yeyishni xohlaydi hayvonning go`shtini yo sutini ovqatga ishlatish uchun u mutlaqo sog’lom bo`lishi kerak. Hozirda bor DNK texnologiyalarning hech biri mutatsiya yo`qligiga kafolat berolmaydi. Genom (irs)da ko`plab o`zgarishlar sodir bo`ladi. Holbuki, aqalli bitta nukleotid, bitta o`rin o`zgarsa, bu hodisa hayvonlarda bo`lgani kabi odamlarda ham qaltis oqibatlarga olib kelishi mumkin...
...Ichimizga ovqat bilan birga kiradigan begona DNKga kelsak, haqiqatan u oshqozonda parchalanib ketadi. Ammo butunlay emas, qanaqadir qismi biologik faolligicha qolishi mumkin. DNKning o`zi shundayicha xavfli emas, balki undan paydo bo`lgan mahsulot-gormon tabiatli oqsil, insektitsid, qanday gen ko`chirib o`tkazilganiga qarab yana ko`p narsa xavflidir. Masalan, kiritilgan gen ko`chma genli kartoshkada insektitsidlarning yuzaga kelishiga xizmat qiladi va shu modda bo`lgani uchun uni kolorado qo`ng’izi yemaydi. Darvoqe, ustidan kapalaklar ham uchmay qo`yadi. Ammo yodingizda bo`lsin: kartoshka palagiga kolorado qo`ng’izidan asrash uchun insektitsid sepsangiz, keyin qoidaga binoan, bu kimyoviy moddaning parchalanishini, yo`qolib ketishini kutardingiz. Ungacha bu kartoshkani yemasdingiz. Endi tasavvur qiling: o`sha insektitsid kartoshkaning o`zida, ichida va doim turadi, qancha saqlasangiz ham, hech qayoqqa yo`qolmaydi. Shuni yegingiz keladimi? Kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalarga, viruslarga yaxshiroq qarshilik ko`rsatishlari uchun organizmlarning o`zida paydo bo`ladigan antibiotiklarni, virusga qarshi dorilarni yeyishni xohlaysizmi?
Albatta, ekologik xavf bor..."
O`simlik hujayralariga genlarni kiritish. O`simlik hujayralariga genlar turli usul bilan kiritiladi:
Ikki pallali o`simliklar uchun tabiiy vektor, ya`ni agrobakteriyalar plazmidasi mavjuddir. Bir pallali o`simliklar uchun ham ushbu usuldan foydalaniladi, lekin bu usul ozroq qiyinchiliklar tug’diradi.
Agrobakteriyalarga nisbatan chidamli bo`lgan o`simliklarda esa genlar bevosita fizik yo`l bilan kiritiladi. Bular: mikrozarrachalar bilan "hujum" qilish yoki ballastik metod; elektroporatsiya, polietilenglikol bilan ishlov berish; DNKni liposoma tarkibida o`tkazish va b.
Eng qulay metod mikrozarrachalar bilan "hujum" qilish metodi hisoblanadi. Yuqori tezlikda zarrachalar yadroga bevosita kirib, transformatsiya samaradorligini oshiradi. Shu usul bilan DNKga ega bo`lgan hujayraning boshqa organellalari-xloroplastlar va mitoxondriyalarni ham transformatsiyalash mumkin.
Oxirgi vaqtlarda kombinatsiyalangan transformatsiya metodi-agrolistik metodi ham yaratilib, amalda qo`llanilmoqda. Bunda begona DNK to`qimaga biror-bir fizik yo’l, masalan ballastik yo`l bilan kiritiladi. Kiritilayotgan DNK da T-DNK vektor va marker geni, hamda virudentlikning agrobakterial geni bo`lishi kerak. O`simlik hujayrasida virulentlik genini vaqtinchalik ekspressiyasi oqsillar sinteziga olib keladi. Bu oqsillar plazmidadan T-DNKni to`g’ri kesib, uni agrobakterial transformatsiyadagi singari xo`jayin genomiga joylashtiradi. So`ng in vitro da tarkibida hujayralarning ko`payishi uchun zarur bo`lgan fitogormonli ozuqa muhitiga ekiladi. Ozuqa muhitida odatda transgen o`simliklar chidamlilikka erishishi uchun selektiv marker bo`lishi kerak.
Regeneratsiya ko`proq kallus bosqichidan so`ng ro`y beradi. So`ngra muhit to`g’ri tanlay olinsa organogenez boshlanadi. Unib chiqqan kurtaklar ildiz berishi uchun boshqa muhitga o`tkaziladi.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish