Hujayra va gen ingenerligi


Produtsentlarni suyuq ozuqa muhitida o’stirish



Download 23,72 Mb.
bet140/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

Produtsentlarni suyuq ozuqa muhitida o’stirish
Bu usul qattiq ozuqa muhiti sirtida o’stirish usuliga qaraganda bir qator ustunliklarga ega. Ya’ni ishlab chiqarish maydonini bir necha marotaba kichik bo’lishi, og’ir qo’l mehnatini bartaraf qilinganligi, mehnat gigienasini yaxshilanganligi, ishlab chiqarishni avtomatik tizimini yaratilganligi va boshqa ustunliklar shular jumlasidandir.
Suyuq ozuqa muhitida o’stirishda, ozuqani birmuncha iqtisod bilan ishlatishga va tozaroq hamda yuqori faollikka ega bo’lgan ferment preparatlarini olishga erishish mumkin.
Mikroorganizmlarni suyuq ozuqa muhitida o’stirish, vertikal holatda joylashgan fermentyorlarda olib boriladi. Fermentyorga qo’yilgan eng asosiy talab-produtsentni o’stirish jarayonida intensive havo almashinuvi bilan birga aseptika sharoitlarini vujudga keltirish imkoniyatlaridir. O’stirish jarayonida murakkab bo’lgan uch fazali: suyuqlik-qattiq, jism-gaz tizimi bilan ishlashga to’g’ri keladi. Bu tizimda modda almashinuv jarayonlari juda qiyin kechadi va uskunani o’stirishning hamma bosqichlariga moslab yaratish ancha mushkul ish hisoblanadi.
Sanoatda ishlatilayotgan fermentyorlarni havo almashinuvi uchun energiya uzatishi va aralashtirish usullariga qarab uch guruhga bo’lish mumkin:

  1. Mexanik aralashtirgichli va purkama uskunalar (birlashtirilgan);

  2. Siqilgan havoni purkash tizimiga (energiyani suyuqlik ichiga purkovchi) asoslanganuskunalar;

  3. Purkashga asoslangan (energiyani gaz fazasiga uzatuvchi) uskunalar.

Ferment sanoati uchun birinchi guruh fermentyorlari, aseptika talablariga javob berishlari bilan juda katta ahamiyatga ega. Bu uskunalar asosan silindr shakliga ega bo’lib, bir-birlaridan hajmi, ichki tizim konstruksiyasi, aylantirish tezligi va qurilmalari hamda issiqlik almashtirish moslamalari bilan farq qiladi.
Fermentyorlarning eng yirigi mexanik aylantirgichlari va ko’pik so’ndirgichlari bilan birgalikda 2000 m3 hajmga ega. ,,Xeman’’ firmasi 360-400 m3 li fermentyorlarni ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.
Rossiyada ishlab chiqarilgan 50 m3 li va 100 m3 li germetik berk bo’lgan va mexanik aralashtirgichli hamda havoni purkashga mo’ljallangan fermentyorlardan keng miqyosda foydalaniladi. Bundan tashqari Germaniya mahsuloti bo’lgan 63 m3 li fermentyorlar juda ko’plab ferment korxonalarida ishlatiladi.
Fermentyorlar ko’pi bilan 0.25 MPa bosim va sterilizarsiya vaqtida 130-140oC haroratda ishlashga mo’ljallangan. Produtsenti fermentyorda o’stirish jarayonida aseptika nuqtai nazaridan eng muhim bo’lgan omil-fermentyor qismlarini to’g’ri va o’z qoidasiga binoan yechib ulashdir. Agarda har bir qism fermentyorni ishlatib bo’lgandan keyin alohida yuvib, tozalab, yaxshi sterizizatsiya qilinmasa, ifloslanishning manbai bo’lib qolishi mumkin.
O’stirish jarayonida fermentyorda hosil bo’ladigan ko’pikka va uni bartaraf qiluvchi moslamalarga ham katta e’tibor berish kerak. Ferment sanoatida ishlatiladigan barcha fermentlar ko’pikni bartaraf qiluvchi moddalarni kirituvchi va ko’pik miqdorini nazorat qilib turuvchi alohida moslamalar bilan jihozlangan. Ko’pikni chiqarib tashlash maqsadga muvofiq emas, chunki bunda havo tozalovchi filtrlar namlanib qolishi va natijada uskunaning germetikligi hamda sterilligi buzilishi mumkin.
Mikroorganizmlarni fermentyorlarda o’stirish jarayonida hosil bo’layotgan fermentlarning to’planishi, produtsent biomassasining holati, muhitning pH ko’rsatkichi, ozuqani tashkil qiluvchi ba’zi bir komponentlarning kamayishi va boshqa bir qancha omillar doim nazorat qilib borilishi lozim.
O’stirish jarayonining tugallanishi bilan cultural suyuqlik ishlab chiqarishga ya’ni uzatiladi yoki suyuqlik fazasini, biomassa va qattiq fazadan ajratish bo’limiga uzatiladi. Ba’zi hollarda produtsent biomassasi har xil tozalikdagi ferment preparatlarini olish uchun manba bo’lib xizmat qiladi.


Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish