Antibiotiklar
Antibiotiklar-mikroorganizmlar sintez qiluvchi, eng ko’p miqdorda ishlab chiqariladigan farmasevtik preparatlar hisoblanadi. Ulardan ba’zi birlari qishloq xo’jaligida xilma-xil zararkunandalarga qarshi (masalan, polioksin, baridamitsin, kosgakitsin va h.k) ishlatilsa, boshqalari tibbiyotda (penisillin, tetrasiklin, sefalosporin C va h.k) keng qo’llaniladi. Atigi 6 avlodga mansub bo’lgan zamburug’larning 1000 dan ortiq xilma-xil antibiotiklar sintez qilishi ma’lum.
Ko’pgina antibiotiklarni aktinomisetlar sintez qiladilar. Birgina Streptomyces grisusning 50 dan ortiq antibiotiklar sintez qilishi ma’lum. Mikroorganizmlar sintez qiladigan antibiotiklardan atigi bir qismigina amaliyotda keng ishlatiladi. Eng avvalo bular penisillinlar va sefalosporinlardir.
Bu antibiotiklarni sintez qiluvchi zamburug’lar Penicillium va Cephalosporum avlodiga mansub. Streptomitsin, gentamitsin, tetrasiklin kabi antibiotiklar Streptomyces avlodiga mansub aktinomisetlar hamda Micromonospora va Bacillus avlodlariga mansub bakteriyalar tomonidan sintez qilinadi.
Gen muxandisligi ,,davri’’ gacha antibiotic sintez qiluvchi mikroorganizmlar shtammlari asosan mutagenez va seleksiya yo’llari orqali olingan. Masalan: seleksiya hamda fermentatsiya sharoitlarini tanlash oqibatida, sanoat sharoitida penicillin ishlab chiqaradigan shtammning hosildorligi 1 l ozuqa muhitida 40 g gacha ko’tarildi. Bu ko’rsatkich, penicillin produtsenti deb tanlangan: dastlabki Penicillium chrysogenum shtammiga nisbatan 20 ming marotaba ko’proqdir.
Shuningdek, modifikatsiya qilingan antibiotiklarni ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan mutagenez usuli ham yaratildi. Bu usul antibiotiklar sintezining ma’lum qismida o’zgarish kititilgan mutant shtammlardan foydalanishga asoslangan.
Funksional faol bo’lgan antibiotik sintez qiluvchi ozuqa muhitiga o’zgartirilgan qism analoglari qo’shiladi va oqibatda o’zida osha qo’shilgan moddani saqlagan antibiotikning o’zgargan hosilalari hosil bo’ladi. Bu usul, ayniqsa, pathogen bakteriyalarning antibiotiklarga moslashib borayotgan jarayonlarida juda qo’l keladi.
Ma’lum bir qismi o’zgargan, ammo funksional faolligi saqlanib qolgan antibiotiklarga kasal chaqiruvchi bakteriyalarni moslashishi qiyinlashib boradi. Hozirgi paytda ampisillin, sefoleksin, metisillin kabi yarim sintetik antibiotiklardan keng foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |