Hujayra va gen ingenerligi



Download 23,72 Mb.
bet130/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

Grizin ishlab chiqarish. Grizin antibiotigi-streptotrisinlar guruhiga taalluqli bo’lib, u Act.griseus zamburug’ining mahsuli hisoblanadi. Antibiotik kulrangsimon oqish rangda bo’lib, juda gigroskopik, suvda va organik erituvchilarda tez eriydi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, mikroskopik zamburug’larga nisbatan faolligi yuqori. Toza holdagi grizin preparatining faolligi yuqori darajada bo’lib, 1000 ed (mg/l) gacha yetadi.
Ozuqa preparati sifatida kormogrizin 5, 10, 40 shakllari ishlab chiqarilmoqda, ular sariq rangdan, to’q jigar ranggacha bo’ladi va 1 g tayyor preparatda 5, 10, 40 mg toza holdagi antibiotik saqlaydi.
Grizin ishlab chiqarish texnologiyasi yuqorida keltirib o’tilgan antibiotiklar tayyorlash texnologiyalariga o’xshab ketadi. Ekish materialini kolbalarda, ekish uskunasida va fermentyorlarda o’stirish uchun bir xildagi ozuqa muhiti komponentlari qo’llaniladi (%):

  • Kraxmal-1.5-1.8;

  • Makkajo’xori uni-2.0;

  • Osh tuzi-0.2;

  • Ohak-0.3;

  • Ammoniy nitrat-0.5;

  • Kaliy digidrofosfat-0.02.

Kolba va ekish uskunalarida o’stirish davomiyligi 26-28oC haroratda 24 soatni tashkil etadi. Yuqorida keltirilgan komponentlardan tashqari sanoat asosida o’stirishda qo’llaniladigan ozuqa muhiti tarkibidan quyidagi komponentlar chiqadi (%):

  • Magniy sulfat-0.05;

  • Ammoniy sulfat-0.6;

  • Ammoniy nitrat-0.7;

  • Ko’pik bosuvchi vositalar-0.2.

Fermentyorda o’stirish davomiyligi 26-28oC haroratda doimiy aralashtirish va aeratsiyada 48-60 soatni tashkil etadi. Kultural suyuqlik fermentatsiyadan so’ng 50oC haroratda vakuum ostida bug’lantiriladi va bunda uning hajmini 3-4 marotaba qisqartirishga erishiladi. Shundan so’ng bug’lantirilgan suyuqlik purkab quritgich moslamasiga yo’naltiriladi va namligi 10% atrofida bo’lgunicha quritiladi. Quritgich kamerasining kirish harorati 150oC ni, chiqish harorati esa 65oC ni tashkil etadi.
Chorvachilik uchun tayyorlangan grizin preparatlari yoki ozuqa grizinlari tarkibidagi antibiotikning miqdoriga qarab farqlanadi (g/kg): ozuqa grizin-5, ozuqa grizin-10 va ozuqa grizin-40.
Subtilin. Subtilinni Bacillus subtilis kulturasi sintez qiladi, kimyoviy tarkibi polipeptiddir. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan, shular qatorida kislotaga chidamli basillalarga ham faol ta’sir ko’rsatadi. Sabzavotlarni konservalashda subtilindan foydalanish mumkin. Ba’zan esa termik ishlov berishni birmuncha pasaytiradi, oqibatda konserva tarkibidagi vitaminlar miqdorini saqlab qolish va uning mazasani yo’qotmaslik imkonini beradi.
Nizin-yuqori molekulali peptid bo’lib uni, Streptococcus lactis sintezlaydi. Nizindan tibbiyot amaliyotida foydalanilmaydi, undan tomat, ko’k no’xat, guruch, karam va boshqa mahsulotlarni konservalashda foydalaniladi. Pishloq saqlashda ham samarali natija beradi. Antibiotik bir qancha termofil spora hosil qiluvchi bakteriyalar taraqqiyotini to’xtatadi. Odam uchun zararli emasligi bilan harakterlanadi. O’simlikshunoslik, oziq-ovqat va konservalashda antibiotiklar qo’llanganda, ular doimiy ravishda mutaxassislar va tegishli organlar nazorati ostida bo’lishlari shart. Shunday qilib, antibiotiklarni o’rganish va ulardan amalda foydalanishga fan va amaliyotning ko’p sohasidagi mutaxassislar qiziqib kelishmoqda.


Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish