Basitrasinlar ishlab chiqarish. Basilixinlar deb nomlanuvchi basitrasin ozuqa preparati Bac.licheniformis mikroorganizmini sun’iy o’stirish yo’li bilan olinib, suyuq ozuqa muhitining quritilgani bo’lib, sinkbasitrasinlar va har xil biologik aktiv moddalardan tashkil topgan. Basitrasinlar polipeptid antibiotiklar bo’lib, ular orasidan 10 ta individual formalar ajratilgan: A, A1, B, C, D, E, F1, F2, F3, va G. basitrasinlar orasidagi tayyor preparat 37% gacha basitrasin A dan iborat bo’ladi. Basitrasin ozuqa preparatlari 1 kg preparatda 10, 20, 30 g toza holdagi antibiotikning ruxli tuzi bo’lgan basilixin-10, basilixin-20, basilixin-30 nomlari bilan ishlab chiqariladi. Tayyor preparat achchiq ta’mli, kulrang-oq rangdan och-malla ranggacha bo’lgan kukundir.
Basitrasinning produtsenti Bacillus licheniformis kulturasi shtammlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish texnologiyasi boshqa antibiotiklar texnologiyasi bosqichlaridan farq qilmaydi. Bakteriya sporalaridan ekish materiali olishda ular dastlab tarkibida: kraxmal, magniy va marganes sulfat, natriy va kaliy xlor, kaliy fosfat va limon kislotalari saqlagan murakkab ozuqa muhitida o’stiriladi. Sporalarni o’stirish 300C haroratda 5 kun davomida olib boriladi. Ekish materialining keyingi rivojlanishi uchun kolba va ekish uskunasida har bir bosqich 16-18 soat davom etadi. Ekish materialini ekish uskunasida va sanoat asosida o’stirish uchun esa tarkibida quyidagi asosiy komponentlar saqlagan ozuqa muhitida o’stiriladi (%):
Kraxmal-1.8-2.0;
Soya uni-7.5;
Kalsiy karboksid-0.2-1.0;
Ammoniy sulfat-0.2;
Ko’pik bosuvchi vositalar-0.2.
O’stirish harorati ekish uskunasida 30-32oC bo’lsa, fermentyorda 37oC ni tashkil etadi. Kulturalarni fermentyorda o’stirish davomiyligi 30-40 soatdan iborat bo’ladi. Fermentatsiya jarayoni tugagandan so’ng, basitrasin saqlovchi cultural suyuqlik xlorid kislotasida nordonlashtirib olinadi va unga cultural suyuqlik hajmida 0.28% miqdorida rux oksidi qo’shiladi. Keyin kultural suyuqlik bug’lantirishga yo’naltiriladi. Bug’lantirish oldidan muhitning pH darajasi 5.4-5.5 gacha olib boriladi.
Bug’lantirish 40-50oC haroratda olib boriladi va bunda cultural suyuqlik hajmi 2 marotabagacha kamaytiriladi. Keyin esa bug’lantirilgan cultural suyuqlik purkab quritgich uskunalarga o’tkaziladi, bunda haroratning boshlanishi 140oC ni tashkil etadi. (Uskunaga kirish harorati)
Chorvachilikda basitrasin preparatlari-basilixinlar-antibiotik moddalar saqlashiga qarab farqlanadi (g/kg): basilixin-10; basilixin-20 va basilixin-30.
Do'stlaringiz bilan baham: |