Hujayra va gen ingenerligi


Glutamin kislota ishlab chiqarish



Download 23,72 Mb.
bet119/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

Glutamin kislota ishlab chiqarish
Glutamin kislota (α- aminoglutar kislota):
HOOC-CH2-CH2-CH-COOH

NH2
Glutamin kislota- almashinmaydigan aminokislotalar qatoriga kirmasada, o’simlik va hayvon oqsillarining eng zaruriy aminokislotalaridan biri hisoblanadi. Uning asosida odam organizmining mo’tadil rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ko’plab fiziologik faol birikmalar sintez qilingan.
Glutamin kislota buyrak va jigardagi turli xil buzilishlardan himoya qiluvchi omil sifatida xizmat qilish qobiliyatiga egadir, shuningdek, dorilarning farmakologik ta’sirini oshirish va turli xil moddalarning zaharli (toksik) ta’sirini kamaytirish xususiyatiga ega. Mana shunga asosan, u meditsinada keng ko’lamda qo’llaniladi.
Shuningdek, glutamine kislotaning mononatriyli tuzi- natriy glutamatdan ham keng foydalaniladi.
Bu birikma ko’pgina ozuqa mahsulotlari ta’mini yoqimli qiladi va konservalangan mahsulotlarning ta’mini uzoq vaqt davomida, xushbo’y saqlab turilishini ta’minlaydi. Ko’pchilik mamlakatlarda natriy glutamatdan sabzavotlar, baliqlar va go’shtli mahsulotlarni konservalashda keng ko’lamda foydalaniladi.
Glutamin kislotani ishlab chiqarishning samarali va istiqbolli usullaridan biri- mikrobiologik sintez hisoblanadi.
Glutamin kislota sintez qilish qobiliyatiga ega bo’lgan ma’lum mikroorganizmlar orasida ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lganlari: Micrococcus va Breviebacterium turkumiga mansub bakteriyalar hisoblanadi.
Ushbu kichik, grammusbat, aylanasimon yoki ovalsimon bakteriyalar spetsifik xususiyatiga ko’ra, biotin yoki tiaminga talabchan bo’ladilar.
Glutamin kislotani sanoat asosida ishlab chiqarishning lizin ishlab chiqarishdagi kabi ko’plab umumiy texnik jarayonlari mavjud.
Ular quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:

  • ekish materialini olish;

  • ozuqa muhitini tayyorlash va sterillash;

  • fermentatsiya;

  • kristall holatdagi moddani ajratib olish;

  • quritish, qadoqlash va o’rash.

Glutamin kislota olish uchun, uglerod manbai sifatida glyukoza, saxaroza, kraxmal gidrolizatlari, melassa va gidrol xizmat qilishi mumkin. Uglevodlardan tashqari xom-ashyo sifatida uglevodorodlar (metan, etan, neftning n-parafinlari), shuningdek, sirka, fumar kislotalar va boshqa mahsulotlardan foydalanish mumkin. Ozuqa muhitida azot manbai sifatida 1,5-2,0% miqdorida mochevinadan foydalaniladi, ammo, u ko’p miqdorda solinmasdan, talab darajasida qo’shiladi va bunda ozuqa tarkibidagi mochevinaning umumiy miqdori 0,8% dan oshib ketmasligi lozim. Ko’pincha mochevinaga qo’shimcha sifatida azot manbai bo’lgan ammoniy sulfat (NH4)2SO4 va ammoniy xlorid (NH4Cl) 0,5% gacha yoki ammiakning suvli eritmasi qo’llaniladi. Ozuqa muhitida kulturalarning mo’tadil o’sib rivojlanishi uchun yuzdan yoki o’ndan bir foiz hisobida kaliy (KH2PO4 holida), magniy (MgSO4∙7H2O), marganets (MnSO4∙4H2O), shuningdek, ozuqa muhit pH ini mo’tadillashtirish (pH 7,0-7,2), bo’r qo’shish zarur bo’ladi.
Glutamin kislota biosintezini oshiruvchilar sifatida biotin, tiamin, ba’zi bir antibiotiklar (penitsillin, tetratsiklin), spirt va sirt faol moddalardan ham foydalaniladi. Ammo, biostimulyatorlar miqdorini qat’iy ravishda nazoratqilish lozim bo’ladi. Chunki, ularning miqdori me’yoridan oshib ketsa, texnologiya buzuladi, masalan, biotin-biomassa o’sishini tezlashtiradi ammo, glutamin kislota chiqishini pasaytiradi.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish