8-Mavzu:
Hujayra qobig`i va plazmatik membrana
Plazmatik membrana(plazmolemma)-hujayra sitoplazmasini tashqi muhitdan yoki uning qobig`idan ajratib turuvchi membrane. Kimyoviy tarkibiga ko`ra yog`lar, oqsillar, uglevodlar va juda oz miqdorda boshqa organic moddalar kiradi. Suyuqlik mozaik modeliga ko`ra uning asosiy qismini fosfolipid qo`sh qavatdan iborat. Bu qavatning ichkariga qaragan qism gidrofob (suvda erimaydigan), tashqi qismi esa gidrofil (suvda eruvchan) xususiyatga ega.
Fosfolipid qavatda oqsil molekulalari suzib yuradi. Fosfolipid qavat sirtida esa murakkab organik birikmalardan hosil bolgan – glikoproteinlar joylashgan. Ular retseptorlar tarkibiga kiradi.
Biz o`qimaganlarni bunday yoki bunday jazolamaymiz!!! Hujayrani tashqi chegara qavatining kimyoviy tabiati to‘g‘risidagi birinchi g‘oyani 1890 yillarda Styurix Universitetidan Emsta Overton aniqladi. Overton to`liqsiz eriydigan moddalar to`liq eritadigan eritmalarga qaraganda to`liqsiz eritadigan eritmalarda katta tayyorgarlik bilan erishini va to`liq eriydigan modda teskari eruvchanlikka ega bo`lishini bilardi. Overton modda hujayraga tashqi muhitdan kelar ekan avval hujayrani tashqi chegara qavati erishi kerakligini o‘ylab ko‘rdi. Overton tashqi chegara qavatini o‘tkazuvchanlik xususiyatini tekshirish uchun o‘simlikning ildiz tolachalariga erigan moddalarning keng spektrini saqlovchi yuzlab har xil eritmalarni qo`llab ko‘radi. U yog‘da eriydigan eruvchi moddalarni ildiz tolasining hujayrasiga tezroq kirishini aniqladi. U shunday xulosaga keldiki, hujayraning ichki chegara qavatini erish xususiyati yog‘ni o‘tishini tasdiqlaydi.
Quyidagi ma`lumotlarni yodda saqlang !!! Hujayra membranasida bilipi qatlam mavjudligi to‘g‘risidagi taklifni birinchi bo`lib 1925-yilda ikki gollandiyalik olimlar E. Gorter va F. Grendel g‘oyani o‘rtaga qo‘ygan. Bu tadqiqotchilar odamni qizil qon hujayralaridan lipidni ajratishgan va qaysi maydonni egallashini aniqlashgan. Sutemizuvchilarda qizil qon hujayralarda yadro va organellalari bo`lmaydi. Shuning uchun faqat plazmatik membranada lipid tuzilmalar bor. Shuning uchun ekstraktsiyaga uchragan lipidlar hammasi plazmallemalarda joylashgan. Olingan lipid maydoni kutilgandan ikki baravar ko‘proq bo`lgan, ya’ni 1.8 - 2.21 Gorter va Grendel shunga asoslanib hulosaga kelishganki ya’ni plazmallema bimolekulyar lipid qatlamidan iborat. Ular yana shunday fikrga kelishganki har bir molekulyar qatlam qutb tomonlari bilan tashqariga qaragan. Bu termodinamik nuqtai nazardan bunday joylashish foydali. Ularda hatto fikr bo`lsa ham asosiy fikr to‘g‘ri bo`lgan-membrana bu bilipid qatlam.