Mo‘minova Sevaraning malaka oshirish davrida o‘z-o‘zini rivojlantirishi va mustaqil bilim orttirishi bo‘yicha bajarilgan ishlari Tilovoldi Jo‘rayevning “Bozor dunyo” romani ANNOTATSIYA
Men badiiy asarlarlarni juda qiziqish bilan o‘qiyman, shu jumladan malaka oshirish kursi davrida o‘qigan ba’zi badiiy asarlarni qisqacha mazmunini sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman:
Tilovoldi Jo‘rayevning “Bozor dunyo” romani haqida….
Maskur asarda kitobxon ikki ayol –qishloqi bozorchi kelin va shaharlik boy xonodon sohibasi qismati bilan tanishadi, Hayajonga soluvchi qiziqarli voqeilik, ruhiy po‘rtanalar, ikki oila tepasidagi voqea- hodisalar, bozor dunyo tarozisining ikki pallasi qutblarida yuz berayotgan ruhiy evrishlar, intilishlarning guvohi bo‘lardim. Asi boylikning ta`mal toshi halollik ekani , omonot boylikning oxiri voyligi, turmush muommolari, bilib-bilmay yo‘l qo‘yilgan xatolar, adashuvlar qalamga olinadi. Oxir-oqibatda, faqat mehr –muruvvat va go‘zallikkina insonni halokatdan saqlab qolishi, dunyoning mehr o‘qi ustida aylanishi ta`sirchan hikoya qilinadi, Roman o‘quvchini dunyoning ishlari haqida mushohada va mulohaza yuritishga undlaydi.
Tilovoldi Jo‘rayev o‘z romanida qahramonlari harakat qilayotgan zamon va makonning ijtimoiy manzarasini chizishga alohida e`tibor beradi. Buning uchun u shahar va qishloq hayotini parallel tasvirlaydi.
“Bozor dunyo” romanida bosh qahramon Nozima sevib turmush qo‘rgan eri Mansur bilan o‘n uch yil davomida ahil, inoq hayot kechiradi. Ro‘zg‘orida hamma narsa but, yegani oldinda yemagani ortida,biroq uning baxti, kemtik: farzandsizlik dog‘i ayolning yuragini o‘rtaydi. Bu kemtik baxtni but qilishning iloji yo‘q, chunki Nozima aniq biladi: befarzandlikning bosh aybdori o‘zi.U to‘g‘maslik kasaliga muftola bo‘lgan. Aybni yuvish, suyukli erini baxtli qilish uchun hamma narsaga tayyor! Nozima anashu maqsadni amalga oshirish uchun hatarli yo‘lga qadam qo‘yadi: Eri Mansurni aldab-suldab begona ayol bilan uch-to‘rt kun birga bo‘lishga majbur etadi. Mansur dastlab kunmaydi ,ozining aqlli go‘zal , zukko rafiqasidan ajralib qolishni istamaydi. Nozima esa o‘z ahdidan qaytmaydi, mabodo eri bu yo‘lga yurmasa, undan vos kechishni bildiradi. Nozimaning rejasiga ko‘ra qushnisi Salima opa bilan bozordan topgan xotin “ inkupasiya” rolini bajarishi kerak. Bu ayol xomilador bo‘lishi bilan uydan chiqib ketadida, oy kuni bitganda tug‘ib, bolani ularga hadiya etadi.
Erining toza qonidan bo‘lgan bu bolani Nozima o‘z farzandidek tarbiya qiladi. Shart shuki ,ayolni istagancha rozi qilishadi va u bolaga onalik davosini qilmaydi….
Afsuski, Kaniza ular o‘ylagandek ish yuritmaydi, chunki Kaniza boshiga qungan baxt qushini qo‘ldan chqargisi kelmaydi, negaki u juda molpast hamda boylikka uch ayol bo‘ladi, har qanday erkakni o‘z yo‘liga sola oladigan olgo‘r ayol bo‘ladi. Kaniza har yili Mansurga ketme-ket farzandlarni tug‘ib beradi va Nozimaning bu oilada yashaashiga hojat qoldirmaydi…
Mansur Nozima bilan yashagan chog‘da halol, pokiza yo‘l bilan oila tebratgan bo‘lsa, Kanizaning davrida xotinini boylikka bo‘lgan hurujini qondiraman deb qung‘ir ishlarga qo‘l o‘radi..
Keyinchalik buy o‘l nomaqbul yo‘l ekanligini tushunib yetib, farzandlari uchun yana to‘g‘ri yo‘lni tanlaydi va Kaniza bilan baxtli hayot kechiradi.
Bu asarda shu davrdagi fermer faoliyati, maktab sohasidagi holatlar, kelishmovchiliklar, ayrim odamlarning nochar axvoli, insonning shaxsiy manfaat yo‘lida hech narsadan top tortmasligi kabi illatlarni ko‘rsatishga yordam beradi…
Nozimaning hayoti ham iziga tushub ketadi.U mansabdor shaxsga turmushga chiqib. Shirin shakar farzandlarni dunyoga keltirib, ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanadi…
Do'stlaringiz bilan baham: |