bosqich: Dars yakuni: Guruhlar ballari aniqlanib e’lon qilinadi. Savol- javoblar bilan umumlashtiriladi va yakunlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
O‘qituvchi: Mana bolajonlarim Darsimiz bo‘ldi tamom
Ammo mening sabog‘im Hali etadi davom.
Sizga hali juda ko‘p Bilim tuhfa etaman Sizlarni dono qilgach Maqsadimga yetaman.
O‘qituvchi quyidagi savollar bilan o‘quvchilrga murojaat qilgan holda darsni yakunlaydi:
Dars sizga yoqdimi?
Nima uchun yoqdi?
Bugungi darsimizda qaysi mavzuni o‘rgandik?
Qanday ishlarni bajardik?
Guruhingiz to‘plagan ballardan xursandmisiz?
Qaysi guruh yaxshi ishladi deb o‘ylaysiz?
Nima uchun?
bosqich: Uyga vazifa topshiriladi.
Uyga vazifa Mirkarim Osimning “ Jaloliddin Manguberdi” hikoyasini o‘qib, qayta hikoyalash .
Do'stlaringiz bilan baham: |