Hududiy markazi



Download 3,94 Mb.
bet1/18
Sana30.12.2021
Hajmi3,94 Mb.
#92293
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
PIRLS tadqiqotidlari asosida o‘quvchilarda matn ustuda ishlash ko‘nikmasini shakllantirish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI



SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

Mo‘minova Sevara Gafurjanovnaning


PIRLS tadqiqotidlari asosida o‘quvchilarda matn ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish” mavzusidagi

MALAKA ISHI

Yo‘nalish (guruh) Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 6-guruhi

Tinglovchining ish joyi Payariq tumani 19-maktab





Kafedra mudiri

Raximqulova M.B

Imzo

Malaka ishi rahbari (taqrizchi) Vafoyeva M



Imzo
Tinglovchi Mo‘minova S

Imzo

Samarqand – 2020-yil, noyabr




2

MUNDARIJA





Malaka ishi mazmunining bayoni

3-bet



Ilovalar

26-bet



Tinglovchining malaka oshirish davrida o‘z-o‘zini rivojlantirishi va mustaqil bilim orttirishi bo‘yicha bajarilgan ishlari

38-bet




Tinglovchining o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan yo‘l xaritasi

41-bet



Taqdimot slaydlari

43-bet







Reja:




  1. Kirish:
  2. Asosiy qism:


2.1. PIRLS xalqaro tadqiqotining mazmuni

    1. PIRLS tadqiqotlarida matnni o‘qish savodxonligi


    2. O‘qish darsliklaridagi matnlar uchun topshiriqlarini tayyorlash
  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Kirish.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019- yilning 29-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Farmon bilan Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning quyidagi yo‘nalishlarini belgilab berdi:

  • O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqiyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

  • uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

-xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;

  • xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va

budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;

  • yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;

  • davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;

-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

  • xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma- bosqich oshirib borish.

Konsepsiya xalq ta’limi sohasidagi mavjud muammolarni aniqlaydi. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarishda qator muammolar mavjud. Jumladan, maktablar metodik, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va moliyalashda davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan ta’minlash borasida ham kamchiliklardan holi emas. Konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim tizimi takomillashtiriladi. Shuningdek, boshlng‘ich ta’lim, xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlar bo‘yicha yangi o‘quv standartlari, dastur hamda darsliklar yaratiladi. O‘quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ravishda kasb-hunar tanlash hamda zamonaviy kasblarni egallashi uchun sharoitlar yaratiladi.

O‘zbekistonning 2030 - yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment), PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish ko‘zda tutilgan

Ushbu muddatga qadar STEAM-fanlarni hisobga olgan holda innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beruvchi yangi davlat ta’lim standartlari va dasturlari joriy etilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim muassasalarining ta’lim oluvchi yoshlari 2021-yildan boshlab xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etadi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan 9-sinf o‘quvchilari PISA, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari PIRLS, 4- va 8-sinf o‘quvchilari TIMSS xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.

Baholash jarayon ta’lim taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo‘lganligi uchun Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchlar bilimlarini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish maqsadida ilk qadamlar tashlandi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yi 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘ g‘ risida”gi PF-5538 sonli Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” PF-5712 sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8- dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to„ risida”gi 997-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qo‘llanma PIRLS dasturi asosida didaktik topshiriqlar tayyorlash bo‘yicha o‘qituvchilarning ilmiy va uslubiy bilimlarini rivojlantirishga yaqindan yordam beradi.



    1. Download 3,94 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish