3
K I R I SH
Qadimgi davr shaharsozlik madaniyatida, O‗zbekistonning qadimiy-tarixiy
va madaniy viloyatlaridan biri bo‗lgan Xorazm muhim o‗rin tutgan.
YUrtboshimiz Xiva shahrining 2500 yilligida ta‘kidlaganidek, ―O‗zbek
davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm
vohasida qo‗yilgan. SHu ma‘noda, milliy davlatchiligimiz tarix Misr, Xitoy,
Hindiston, YUnoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar bilan bir qatorda
turadi. Xorazm tarixi o‗zbek davlatchiligiga oid ulkan ma‘lumotlar, moddiy va
yozma yodgorliklar to‗plangan tarixni asosi, uning qudrati va qadmiyligining
tasdig‗idir‖. S.P.Tolstov ta‘biri bilan aytganda Xorazm - ―O‗rta Osiyo Misri‖,
―O‗rta Osiyo Venetsiyasi‖ nomini olgan afsonaviy mintaqa hisoblanadi. Aynan
shu hududda O‗zbekistondagi qadimgi shaharsozlik madaniyatiga oid boy
moddiy va yozma yodgorliklar to‗planganki, ularning chuqur, izchil va yaxlit
holda o‗rganish eng dolzarb ilmiy muammolardan biridir.
So‗nggi yillarda sharqshunos olimlar, tarixchi va arxeologlar tomonidan
amalga oshirilgan tadqiqot ishlari tufayli, Xorazm shaharsozligi tarixini xolisona
tadqiq qilish uchun etarli zamin yaratildi. Ta‘kidlash joizki, to‗plangan
ma‘lumotlar ko‗pligiga qaramay shaharlar tarixi, ayniqsa, Xorazmda tarixan
poytaxt vazifasini o‗tab kelgan shaharlar tarixi shu kunga qadar etarli darajada
maxsus tadqiq etilganmas, lekin bugungi kundagi tadqiqotlar natijasida bir qator
aniqliklar kiritilmoqda. Amudaryo sohillarida joylashgan noyob arxeologik
yodgorliklarni chuqur o‗rganish, o‗zbek va qoraqalpoq olimlari oldida turgan
dolzarb vazifalardan biridir.
O‗tgan asr 30 yillarida Xorazm arxeologik – etnografik ekspeditsiyasi
tashkil etilishi natijasida, Xorazm vohasida amalga oshirilgan arxeologik
tadqiqotlar
asosida
yaratilgan
monografiyalar
va
ilmiy
maqolalarni
umumlashtirish va har tomonlama tahlil qilish asosida Xorazmning ya‘ni
Amudaryoning o‗ng sohili bo‗ylab joylashgan shaharlarning antik davri tarixi va
madaniyatini yoritib berishdan iborat.
4
Mavzu bo‗yicha ilmiy adabiyotlar quyidagi ikki guruhga ajratib tahlil qilish
mumkin. Birinchi guruhga sobiq ittifoq davrida olib borilgan tadqiqotlar va chop
etilgan adabiyotlar, ikkinchi guruhga esa mustaqillik yillarida olib borilgan
tadqiqotlar va nashr etilgan adabiyotlar kiradi.
Birinchi guruhga mansub adabiyotlar turkumining tahlili shundan dalolat
beradiki, Xorazm vohasining qadimgi tarixi masalalari XX asrning 30-
yillarigacha asosan o‗rta asr yozma manbalari asosida o‗rganilgan. 1937 yildan
o‗z faoliyatini boshlagan Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi 30–80-yillar
davomida Amudaryo va Sirdaryoning quyi havzalarida kompleks xarakterdagi
izlanishlar olib borib, fanga ko‗plab yangiliklarni olib kirdi.
Qadimgi Xorazm tarixini o‗rganishda S.P. Tolstovning xizmatlari katta
ahamiyatga molik hisoblanadi. YA.G‗. G‗ulomov Xorazm vohasi sug‗orish
tarixini, Xorazmning sug‗orilish tarixi bilan bog‗liq keyingi tadqiqotlar B.V.
Andrianov ishlarida chuqur o‗z aksini topdi. E.E. Nerazik urbanistik
jarayonlarning o‗ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. B.I. Vaynberg qadimgi
Xorazm tangalari haqida asar yaratdi.
Mustaqillik yillarida Xorazmning qadimgi tarixini yangi ma‘lumotlar bilan
boyitishga V.N. YAgodin, M. Mambetullaev, G. Xodjaniyazov, Yu.A.Rapoport
E. Bijanov, Yu.P. Manilov kabi arxeologlar o‗z hissalarini qo‗shdilar.
Yu.A.Rapoport quyi Amudaryo havzasida ilk davlatchilik va urbanistik
jarayonlarga oid qator ishlarni e‘lon qildi. V.N. YAgodinning ilmiy ishlari keng
qamrovli bo‗lib, istiqlol yillarida olim qadimgi Xorazm shaharsozligi va ilk
davlatchiligi tarixining qator jihatlariga bag‗ishlangan ishlarini e‘lon qildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Xorazm tarixiga oid
fikr-mulohazalari, ―Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q‖ risolasida o‗zbek xalqining
tub tarixiy ildizlari, shaharsozlik madaniyati masalalari bo‗yicha Respublika
tarixchilari oldiga qo‗yilgan dolzarb muommolarga ega bo‗lgan vaziyatlar,
arxeologlar olib borgan tadqiqotlar natijalari mavzuning asosiy manbai
hisoblanadi.
1
1
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ.Т.:1998.