II-BOB Xorazmning antik davri shaharsozlik xususiyatlari.
2.1 Antik davr manzilgohlarining joylashishi.
Xorazm vohasi jo‗g‗rofik nuqtai nazardan ikkita katta qumliklar sahrosi
o‗rab olganligi natijasida ushbu hudud juda qadimgi davrdan O‗rta Osiyoning
tarixiy-madaniy dehqonchilik vohasi sifatida janubga nisbatan ancha keyin
vujudga kelgan. Geografik joylashish o‗rni, tabiiy sharoiti Xorazm vohasida bir
qator noqulayliklarni keltirib chiqarganligi sababli, ularni okean va dengizdan
uzoqda joylashganligi, shimol tomondan sovuq, janub tomondan issiq havo
massasiga to‗siq bo‗ladigan baland tog‗larning yo‗qligidir. SHimoli-sharqiy
tomonda joylashgan Sulton Uvays tog‗i Pomir, Tyanshan tog‗laridek baland
emas, shuning uchun ham, shimoldan kelayotgan sovuq shamolga to‗siq
bo‗lolmaydi. Quyi Amudaryo g‗arbda Ustyurt adirlari, janub va janubi-g‗arbda
Qoraqum, sharqiy tomonda esa Qizilqum bilan chegaralanib, shimolda Orol
dengizgacha davom etgan.
Qadimgi Xorazm istehkomli shaharlarining geografik joylashishi shundan
dalolat beradiki, bu erda voha chegara chizig‗ining sahro tomondan himoya
qilingan qal‘alarning yagona sistemasi mavjud bo‗lib, sharqdan g‗arbga qarab
davom etgan Jonbosqal‘a, Bozorqal‘a, Qo‗rg‗oshinqal‘a, Katta va Kichik Qirqiz,
Ayozqal‘a, Burliqal‘a va Tuproqqal‘alar ariqlarning oxirlarida, kanallar yoqalab
cho‗zilgan madaniy erlar chegarasida joylashgan bo‗lib, birini ikkinchisidan
turib ko‗rish mumkin bo‗lgan qal‘alarning uzluksiz zanjirini hosil qiladi.
SHubhasiz, bu o‗rinda vohani dasht qabilalaridan himoya qilishning
yagona plani mujassamlashgan bo‗lib, huddi irrigatsiya sistemasi singari, bu
ham markazlashgan kuchli davlatdan darak beradi.
Mil. avv. V asr oxiri – IV asr boshlarida Xorazm ijtimoiy-iqtisodiy
hayotida tub o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Quyi Amudaryo havzasida markazlashgan
qudratli Xorazm davlatining tashkil topishi hududning irrigatsiya tizimlari
ko‗lamini kengaytirishga imkon yaratdi. Amudaryoning o‗ng sohilidagi
o‗zlashtirilmay yotgan suvsiz taqir erlarga eski o‗zanlarni chuqurlatish yoki
unga parallel ravishda yirik sug‗orish kanallarining barpo etilishi bilan sug‗orma
22
dehqonchilikka asoslangan madaniy vohalarning hududi kengaydi. Ilgarigi
kichik-kichik mikrovohalar atrofida yangi dehqonchilik vohalari yuzaga kelib,
ularni yagona magistral sug‗orish inshooti orqali o‗zaro bog‗lagan yaxlit
sug‗orish-dehqonchilik massivlari tarkib topdi. Bu jarayon o‗ng sohil
Oqchadaryo havzasida ayniqsa keng ko‗lamli bo‗ldi. Bular quyidagilar:
- Bozorqal‘a massivi. Qadimiy Kaltaminor kanali (Oqchadaryoning eng
sharqiy o‗zani)ga yonma-yon chiqarilgan Bozorqal‘a kanali va undan faqat o‗ng
tomonga qarab chiqarilgan bir necha tarmoq kanallar havzasidagi vohalar
tizimini
o‗z
ichiga
oladi.
Ushbu
hududda
joylashgan
shahar-
qal‘alar(Qo‗yqirilganqal‘a,
Anqoqal‘a,
Qo‗zqirilganqal‘a,
Jonbosqal‘a,
Bozorqal‘a, Qo‗rg‗oshinqal‘a va boshq.) Bozorqal‘a kanalidan chiqarilgan
sug‗orish tizimlarining boshlang‗ich yoki quyi qismidagi hududlarning tayanch
harbiy-ma‘muriy markazi vazifasini bajargan. Massivning bosh shahri
Bozorqal‘a va Jonbosqal‘a shaharlari bo‗lgan
1
.
- Qirqqiz-Burgutqal‘a massivi. Guldursun shahridan boshlab to shimolda
Katta va Kichik Qirqqiz qal‘asigacha bo‗lgan 70 km masofaga cho‗zilgan
qadimgi Tozabog‗yob kanalidan chiqarilgan Qirqqiz kanalining havzasidagi
dehqonchilik vohalarini o‗z ichiga oladi. Katta Guldursun, Katta va Kichik
Qirqqiz qal‘alari va keyingi davr yodgorliklari ham ushbu massivning tarkibiga
kiradi. Massivning bosh shahri dastlab Katta Qirqqiz, keyinchalik Tuproqqal‘a
va Qirqqiz sug‗orish inshootlari ayrilgan joydagi Katta Guldursun shahri.
- Tuproqqal‘a-Gavxo‗ra madaniy-xo‗jalik massivi. Tozabog‗yob kanalidan
shimoli-g‗arbga Sulton Uvays tog‗lari tomon chiqarilgan Tuproqqal‘a kanali va
undan suv olgan kanallar havzasidagi qator mikrovohalarni o‗z ichiga oladi.
Dumanqal‘a,
Tuproqqal‘a,
Qizilqal‘a,
Burliqal‘alar
ushbu
hudud
mikrovohalarining ma‘muriy markazlari bo‗lib, eramizning II–III asridan
boshlab Tuproqqal‘a shahri massivning bosh markaziga aylangan.
1
Толстов С.П. Древности Верхнего Хорезма (Основные итоги работ Хорезмской экспедиции ИИМК
1939г.)ВДИ.М.,1941.№1.С. 160–166.
23
- YAkka Parson massivi. Qadimgi Tuproqqal‘a kanalidan chiqarilgan
YAkka Parson kanali bo‗yidagi qator dehqonchilik vohalari markazi bo‗lgan
Ayozqal‘a 1, Ayozqal‘a 3 va keyingi davr yodgorliklarni ham o‗z ichiga oladi.
YAkka Parson kanalining quyi qismidagi Ayozqal‘a 3 shahristoni hududning
bosh ma‘muriy markazi bo‗lgan
1
.
- Toshxirmon madaniy-xo‗jalik massivi. Bosh shahri Aqchaxonqal‘a
2
.
- Katqal‘a massivi. Amudaryodan chiqarilgan Kat kanali havzasini o‗z
ichiga oladi. Madaniy xo‗jalik markazining bosh shahri Al-Fir (Pilqal‘a)
bo‗lgan
3
.
O‗ng sohil Xorazmda Oqchadaryo markazidagi Toshxirmon vohasida
Toshxirmontepa (markazi Oqchaxonqal‘a), Tuproqqal‘a sug‗orilish hududida
markazi Tuproqqal‘a va Qizilqal‘a barpo etiladi. Kaltaminor kanalining
irmoqdan ajralib chiqqan joyida Anqoqal‘a, oxirgi qismida Jonbosqal‘a,
Qo‗yqirilganqal‘a paydo bo‗ladi. Xuddi shu davrdan boshlab shimoliy hudud
tomonida Sulton Uvays tog‗ tizmasi bo‗ylab Ayozqal‘a 1, 3, Burliqal‘a, Katta va
Kichik Qirqqizqal‘a kabi harbiy mazmunga ega bo‗lgan qal‘alar qad ko‗taradi.
Ular ichki dehqonchilik vohalarining paydo bo‗lishiga imkon yaratib,
dehqonchilik vohalarini ko‗chmanchilar xavfidan himoya qilish funksiyasini
bajarganlar.
Antik davrda, shuningdek, Oqchadaryo havzasining Qizilqum chegarasida
Qo‗rg‗oshinqal‘a, Sulton Uvays tog‗i g‗arbiy tizmasi yonbag‗rida Govurqal‘a,
Tuproqqal‘a yaqinida Qizilqal‘a kabi muhim harbiy-strategik va karvon yo‗llari
bo‗yida qal‘alar bunyod etiladi.
1
Манылов Ю.П., Ходжаниязов Г. Аяз кала 1 и Бурлы кала (К изучению хорезмской фортификации) //
Археологические исследования в Каракалпакии.Т., Фан, 1981.С.33–35б. Болелов С.Б. Крепость Аяз кала–
3 в правобережном Хорезме // Приаралье в древности и средневековье.М., Изд-во вост. лит., 1998.С.117–
134.
2
Ходжаниязов Г.Х., Хелмс С.У., Снеддон Э. Археологические исследования на городе Акшахан кала в
2001 году // Археологические исследования в Узбекистане.Самарканд.,2002.С.165–167. Ягодин В.Н.,
Ходжаниязов Г.Х., Статов В.А. Внешняя стена городища Казаклы-Яткан // Ўзбекистон тарихи моддий ва
ѐзма манбаларда. Т.,Фан, 2005.172–178б.
3
Манылов Ю.П. Работы на городище Пиль кала в 1963 г. // ОНУ.Ташкент, 1965. № 3. С.45.
24
Miloddan avvalgi IV asrdan Xorazm shaharsozlik madaniyatida tub
burilish kuzatiladi. Xorazm davlatining iqtisodiy va harbiy qudrati oshib
borgan sari yangi bunyod etilgan shaharlarning chegarasi kengayib boradi.
SHu o‗rinda, antik davri yodgorliklarining o‗sha davrdagi kanallar bo‗yicha
joylashish o‗rni ham katta ahamiyatga ega bo‗lgan, chunki qadimgi Xorazm
sun‘iy sug‗orishga asoslangan bo‗lib, har bir qal‘aga kanallar orqali suv olib
kelingan. Demak, Amudaryo o‗ng sohili yodgorliklarining joylashish o‗rnini
kanallar orqali o‗rganishimiz ham mumkindir.
YOdgorliklarning
joylashishini
Amudaryo
sohillarining
janubiy
hududlardan shimolga tomon yo‗naltiramiz. Antik davrda Amudaryo o‗ng
sohilida ikkita yirik kanal ya‘ni Kaltaminor va Tozabog‗yob kanallari mavjud
bo‗lib, Amudaryo orqali suv bilan ta‘minlangan. Kaltaminor kanali janubiy –
sharqiy hududda joylashgan bo‗lib, undan Bozorqal‘a kanali irmog‗i ajralib
chiqqan. Kaltaminor kanalining shimolga tomon yo‗nalishida ilk antik davr
yodgorligi Qyo‗qirilganqal‘a joylashgan
1
.
Qo‗yqirilganqal‘a daydib oqadigan toshqin suvlarini shu joyning o‗zida
boshqarish asosida vujudga kelgan bo‗lib, istehkomlangan doira shaklidagi aholi
punkti bo‗lgan, u qalin aylana devor bilan o‗ralgan bo‗lib, hozir bu devor
emirilishi natijasida pastgina ko‗tarmaga o‗xshab qolgan. Devor bo‗ylab
qachonlardir bir-biridan 18-20 metr masofada doira bo‗ylab, to‗qqizta burj qad
ko‗tarib turgan, o‗rtada qal‘aning doira shaklida solingan markaziy binosi
bo‗lgan. Tashqi xalqa devori bilan ark o‗rtasidagi masofa 15 metr. Arkning
devorlari qisman va kuchli emirilgan bo‗lsa-da ancha yaxshi saqlanib qolgan,
bularga qarab bu binolarning dastlabki ko‗rinishini to‗la aniqlash mumkin.
Qo‗yqirilganqal‘a tipidagi istehkomlar ko‗shklarga o‗xshash bir narsa
bo‗lib, ularda ehtimol ahamoniylar tipidagi lashkarboshilar singari Xorazm
lashkarboshilari yashagan va ularning ham juda yaxshi qurollangan shaxsiy
ko‗ngilli qo‗shinlari bo‗lgan. Mana shu antik ―ko‗shk‖ atrofida katta-katta ochiq
qishloqlar paydo bo‗lgan. Bu qasr egalari – yuqori mansabli urug‗ boshliqlari –
1
Қилишчев Кўҳна қалъалар диѐри.Т.,1993.73б.
25
quldorlar va butun okrug hokimlari – Xorazm podsholarining siyosiy va harbiy
hokimiyatining tayanchi bo‗lganlar. Aholining jamoat ishlariga safarbar qilish
ham, qo‗shin yig‗ish ham mana shular orqali amalga oshirilgan. Ma‘lumki, bu
vaqtda yangi kanallar qurish, eskilarini kengaytirish ishlari ham urug‗ jamoalari
kuchi bilan bajarilgan. Bu jamoa boshliqlari shubhasiz, massagetlarning ―oltin
jabduqli suvoralari‖ bo‗lgan, bu haqda Gerodot
1
ham qayd qilib o‗tadi.
Dehqonchilik urug‗i jamoalarining mana shu jangovor namoyandalari
davlatning asosiy harbiy – siyosiy tayanchi bo‗lgan. Ular bilan bir qatorda,
ko‗chmanchilardan tuzilgan yollanma otryadlar ham katta kuch bo‗lgan.
Qo‗yqirilganqal‘adan shimolda Anqaqal‘a yodgorligi joylashgan, uning
tarhi kvadrat (75x75m) ikki qatorli mudofaa devor bilan o‗rab olingan.
Devorda to‗rt burchakli, burchaklarda esa kvadrat burjlar joylashgan bo‗lib,
ularning soni 9 ta. Mudofaa va burj devorlari avvalo paxsadan, keyin kvadrat
xomg‗isht bilan qurilgan, g‗ishtlarning o‗lchami 40x40x10 sm teng
2
. Qal‘a
darvozasi janubiy – sharqiy devor o‗rtasida joylashgan, ikki burchagi to‗g‗ri
burchakli burj bilan kuchaytirilib, uning hajmi 5x8m. Mudofaa devori va burjlari
nayza o‗qi uchli shinaklar bilan mustahkamlangan, ularning ichki qismi kengligi
1,20 sm, tashqi tomondagi chiqishi esa 1,90 sm
3
. Qal‘a kichkinagina (0,81ga)
bo‗lsada, fortifikatsiya nuqtai nazardan juda mustahkam qurilgan
4
.
S.P.Tolstov va YA.G‗ulomovlar Anqaqal‘ani III-IV asrlarga oid deb
hisoblaganlar
5
. So‗nggi tadqiqotlar yodgorlikdan topilgan sopol parchalari
Qo‗yqirilganqal‘aning yuqori qatlamlari, Tuproqqal‘a va Ayozqal‘a 3
ashyolariga juda yaqinligini ko‗rsatdi. SHularga asoslanib Anqaqal‘a
Xorazmning I-III asrlariga taalluqli yodgorlik degan xulosaga kelindi
6
.
1
Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи.Т.,1959.83б.//Геродот, I,215//.
2
Толстов С.П. Древний Хорезм.М.,1948.С.114.
3
Собиров Қ. Хоразмнинг қишлоқ ва шаҳарлари мудофаа иншоотлари.Т.,Фан,2009.52б.
4
Ходжаниязов Г.К. Анкакала – позднеантичная крепость древнего Хорезм// Вестник ККО АН РУз.
Нукус. 1986.№1.С.57.
5
Толстов С.П. По древним дельтам Окса и Яксарта.М.,1962.С.117-118.
6
Ходжаниязов Г.К. Анкакала – позднеантичная крепость
древного Хорезма. // ВКФ АН РУз. № 1.
Нукус. 1986.С.57-64.
26
Anqaqal‘a atroflari antik davrda ochiq va ximoyalanmagan qishloqlar
bilan o‗rab olingan. Butun voha qadimgi Kaltaminor kanalidan suv oluvchi
Bozorqal‘a va Jonbosqal‘a tarmoqlari orqali sug‗orilgan. Anqaqal‘a esa ana shu
dehqonchilik hududlarini va u erdagi sug‗orish tizimlarini himoya qilish
maqsadida bunyod etilgan harbiylar gornizoni (kazarma)bo‗lgan.
Anqaqal‘adan 2 km shimoli – sharqda mahalliy xalq orasida ―To‗pshahar‖
nomi bilan ma‘lum bo‗lgan Qo‗zqirilganqal‘a joylashgan bo‗lib Kaltaminor
kanali irmoqlari orqali sug‗orilgan. Qachonlardir u ikki qavatli bino bo‗lib,
uning birinchi qavatigina yaxshi saqlanib qolgan. Imoratdan sharqqa tomon 60
m masofada 7,50 m uzunlikda devor topilgan, aftidan devor qo‗shaloq bo‗lib,
vazifasi noma‘lumligicha qolmoqda. Topilgan sopol parchalari I-III asrlarga
taalluqlidir
1
.
Uning shimoliy tarafida Bozorqal‘a joylashgan bo‗lib, u ham shu kanal
orqali suv bilan ta‘minlangan. Ilk antik davridagi turli tipdagi shaharlar orasida
Amudaryoning o‗ng qirg‗og‗idagi ancha erta qurilgan Bozorqal‘a alohida
diqqatga sazovordir. SHahar harobalari qadimgi katta ―Uzun uy‖ pastligi
yonidagi tekislikda joylashgan
2
.
YUqorida ta‘kidlaganimizdek, Bozorqal‘a katta kanalning bo‗yida
joylashgan, bu kanal hozirgi Kaltaminor kanalining davomi bo‗lgan bo‗lishi
mumkin. Hozirgi vaqtda Bozorqal‘a kanalining quruq o‗zani deyarli meridional
yo‗nalishda bu shahar xarobalaridan 1km g‗arbroqdan o‗tadi va uning oxiri
Bozorqal‘adan 8-10 km shimolroqdagi past erlarda yo‗q bo‗lib ketadi. Kanal
bo‗yi mintaqasida, ilk Bozorqal‘a davri madaniyatiga o‗xshash moddiy
madaniyat qoldiqlari keng tarqalgan. Bu hol ana shu tumanda aholi yashaganini
ko‗rsatsa, shu bilan birga, qadim zamonlarda kanallarni qazish va ularni tozalash
vaqtida er tagidan topilgan turli arxeologik material bu erda qadim zamonlarda
aholi yashaganligini yaqqol tasdiqlab beradi.
1
Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм иншоотлари.Т.,2007.56-57б.
2
Ғуломов Я.Ғ.Хоразмнинг суғорилиш тарихи.Т.,1959.81б.
27
Bozorqal‘aning shimoliy – sharqiy tomonida, ya‘ni Kaltaminor kanalining
shimolga qarab cho‗zilgan Bozorqal‘a irmoqlari bo‗yida Jonbosqal‘a
joylashgan. YA‘ni, Sulton Uvays tog‗ining sharqiy etagida, Aqchadaryo
o‗zanidagi qiyalikda qurilgan. YOdgorlikning rejalashtirilishi to‗g‗ri burchak
shaklda 200x170 m, uning devorlar yaxshi saqlanib qolgan, tepalik ustidan 9,5-
10 metr ko‗tarilib turadi
1
. SHimoliy devor markazida yagona darvoza
joylashgan bo‗lib, bir necha aylanma dahliz ―Labirint‖ bilan mustahkamlangan.
Inshoot to‗g‗ri burchak shaklda, uzunligi 52 m, kengligi 20 m, kirish qismi 3,5
m, devordan yon tomonga o‗sib chiqishi 18 m labirint devorli yo‗lakka ega,
devor balandligi qal‘a devori bilan teng, umumiy maydoni 0,1 ga. Labirint
devori ham ma‘lum masofada joylashgan kamon o‗qi uchli shinaklarga ega.
Qal‘a devori burjlarga ega emas, lekin ko‗p sonli shinaklar mavjud
2
. Devor va
devor burchaklaridagi shinaklar burj vazifasini bajargan. SHahar darvozadan
qarama-qarshi tomonga 30 m kenglikda ko‗cha o‗tgan, bu shaharni ikki
mahallaga bo‗lgan
3
. Har bir mahallada 200 ga yaqin turli hajmdagi uy xonalari
joylashgan. S.P.Tolstov qal‘aning bu tariqa ikkiga bo‗linishini urug‗
jamoasining dual asosida tashkil bo‗lganligini ko‗rsatadi, deb hisoblaydi
4
.
Qala‘adagi keng ko‗cha qarama-qarshi tomonda joylashgan ibodatxonaga olib
boradi. YOdgorlik ibodatxonaga ega, lekin ark mavjud emas
5
. Arkning
bo‗lmasligini S.P.Tolstov shahar hokimlari oddiy aholi kabi yashagan bo‗lishi
mumkin deb keltiradi
6
.
Jonbosqal‘a shinaklarining hammasidan bir vaqtda o‗q otib turish uchun
ikki mingga yaqin o‗qchi talab qilingan – kichkinagina qal‘a uchun bu raqam
ancha kattadir. Tabiiyki shinaklarning bunday maqsadda nomunofiq
joylashtirilishi, deydi S.P.Tolstov, - bu tip mudofaaning eskiligini va uning shu
joyda vujudga kelganligini ko‗rsatadi, chunki qadimgi SHarqda burjlar
yordamida devorlarni va burchaklarni mudofaa qilish sestemasi kam deganda
1
Толстов С.П. Древний Хорезм. М.,1948.С.88.
2
Собиров Қ. Хоразмнинг қишлоқ ва шаҳарлари мудофаа иншоотлари. Т.,Фан,2009.44б.
3
Толстов С.П. Древний Хорезм.М.,1948.С.93.
4
Исмоилов С. Қадимги Хоразм қалъалари.Т.,2007.33б.
5
Собиров Қ. Хоразмнинг қишлоқ ва шаҳарлари мудофаа иншоотлари. Т.,2009.44б.
6
Толстов С.П. Қадимги Хоразм маданиятини излаб.Т.,Фан,1964.
28
mil.avv. III ming yillikda mavjud edi. S.P.Tolstov Jonbosqal‘aning
mustahkamlash usuli uning mudofaasida qal‘aning barcha aholisi, hatto
ayollarning ishtirok etishiga mo‗ljallangan sistema ekanligini aniqlashga imkon
beradi deb qayd qiladi. Qal‘aning darvozasi murakkab darvozaoldi inshoatlar
bilan himoya qilinadi. Darvozadan kirgan kishi bu inshootning ichida tor yo‗lga
chiqqan, bu yo‗l to‗g‗ri burchak hosil qilib buriladi beshta tirsakdan iborat
bo‗lgan, ular ichkari tomonga qarab ochilgan shinaklardan o‗qqa tutilgan
1
.
S.P.Tolstov qal‘ani to‗liq tasvirlab beradi, ammo qal‘a yonida, uning
darvozasi qarshisidagi tekislikda joylashgan va g‗arbga ancha uzoq cho‗zilib
borgan qishloq haqida ma‘lumot yozmagan. Bu qishloq o‗rnashgan joyda
uylarning tosh va paxsa poydevorlari, kulolchilik pechlarining qoldiqlari, ariq
izlari va hokazolar mavjud. Agar bu qishloqni qal‘a bilan taqqoslasa, hududning
asosiy aholisi qal‘adan tashqarida yashaganligiga ishonch hosil qilish mumkin
2
.
YA.G‗.G‗ulomov fikricha qal‘ada yashovchilar soni taxminan hisoblab chiqilsa,
uni himoya qiluvchilar soni juda ozchilikni tashkil qiladi va yuzaki qarashda
shinaklarning soni qal‘ani himoya qiluvchilar soniga muvofiq tushmaganday
ko‗rinadi. Biroq, qal‘adagi jang qilishga qobil aholiga uning atrofida
yashovchilardan ozgina himoyachilar kelib qo‗shilsa, Jonbosqal‘aning mudofaa
sistemasi to‗la tushunarli bo‗ladi. Harbiy harakatlar vaqtida yon atrof aholisi
o‗z chorvasi va mol-mulkini olib qal‘ada jon saqlaganligini tarixiy adabiyot va
xalq og‗zaki ijodiyotida har doim qayd qilinadi. Demak, qamal qilingan
vaqtlarda Jonbosqal‘ani himoya qiluvchilar soni talab qilinganidan ham ko‗proq
bo‗lgan va shunga muvofiq ravishda harbiy harakatlar vaqtida yon atrof aholisi
o‗z chorvasi va mol-mulkini olib qal‘ada jon saqlagan va mustahkam qal‘a
mudofaasi tashkil etilgan. Qal‘a mil.avv. IV-III asrlarda bunyod etilgan bo‗lib,
ya‘ni Jonbosqal‘ada mil.avv. IV mil. I asrlardagi kangyuylar madaniyatini
ko‗ramiz
3
. Jonbosqal‘aning mustahkamlash sistemasida burjlarning bo‗lmasligi
bu sistemaning arxaikligini ko‗rsatuvchi belgi bo‗la olmaydi. CHunki,
1
Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи.Т.,1959.84б.
2
Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма с древнейших времен до наших дней. – Т., Изд-во АН Уз,
1957.С.80.
3
Толстов С.П. По следам древне Хорземийской цивилизации. М., Наука,1948.С.145.
29
Xorazmda
turli
sistemali
istehkomlar
bor.
Masalan,
burjlari
bor
Qo‗yqirilganqal‘a, Bozorqal‘a vaqt jihatidan Jonbosqal‘adan yosh emas. SHu
bilan birga, ancha keyin qurilgan Qo‗rg‗oshinqal‘aning burjlari yo‗q va u
Jonbosqal‘a mudofaasi sistemasiga o‗xshaydi. Fikrimizcha, Jonbosqal‘a dastlab
qadimgi sug‗orilgan erlar uchun qulay bo‗lgan strategik punktda chegara qal‘a
sifatida barpo etilgan. Tashqi qishloqlarning va qal‘a ichidagi ―otashkada‖ning
vujudga kelishi bu qal‘aning dehqonchilik vohasining xududi chegarasida
joylashgan aholi yashaydigan yirik punkt sifatida tobora o‗sishi bilan bog‗liq
bo‗lgan. SHahar xarobasi ochiq qismining g‗arib tamoniga o‗tqazilgan kanal
Anqaqal‘a tumanidagi katta Bozorqal‘a kanalidan olib kelingan bo‗lib,
Jonbosqal‘a tepaligidan shimol tomondagi pastlikda tugaydi.
Jonbosqal‘aning shimoliy qismida, qadimgi Oqchadaryo havzasining
Qizilqum bilan chegara zonasida Qo‗rg‗oshinqal‘a joylashgan. S.P. Tolstov
yodgorlikni dastlab kushon davriga
1
, keyinroq qang‗uy davriga tegishli deb
hisoblagan edi
2
. Keyingi taqiqotlar ushbu fikr to‗g‗riligini ko‗rsatdi
3
.
YOdgorlik tarhi to‗g‗ri burchak shaklda qurilgan 132x89m. Qal‘a ikki
qatorli devor bilan o‗rab olingan bo‗lib, ayrim joylarining balandligi 14-16 m.
Mudofaa devorlari ikki xil yarim aylana va to‗g‗ri burchakli burjlar mavjud.
Burjlarning joylashishi turlicha maydonni hosil qilgan. Kirish joyi janubiy –
sharqiy devorning o‗rtasida bo‗lib, to‗rtburchak shakldagi peshdarvoza inshoot
bilan himoyalangan
4
.
Qo‗rg‗oshinqal‘aga Bozorqal‘a kanali suvining oxirgi irmoqlari etib borgan
bo‗lishi mumkin, chunki Jonbosqal‘aning shimoliy hududlarida kanal izlari
tugaydi. Katta Qirqqiz kanalida ham suv etishmaganligi tufayli III-IV asrlar
oxirida, uning atrofidagi qishloqlar bo‗shab qolgan
5
.
1
Толстов С.П. Древний Хорезм.М.,Наука,1948.С.111.
2
Толстов С.П. По древним дельтам Окса и Яксарта.М.,1962.С.117.
3
Коляков С.М. Раскопки крепости Кургашин кала // Новые открытия в Приаралье.Вып.1.М.,1991.С.90-
124.
4
Ходжаниязов Г. Обронительные сооружения Кургашин калы // Археология Приаралья. Вып. 2. Т., Фан,
1984.С.39.
5
Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма с древнейших времен до наших дней. Т., Изд-во. 1957.С.109.
30
Qal‘aning ichki qismini o‗rganish jarayonida ko‗plab xum va o‗ra izlari
topilgan. Tadqiqotchilar fikricha, Qo‗rg‗oshinqal‘a katta jamoaning oziq – ovqat
maxsulotlari zahirasi saqlanadigan omborxona vazifasini o‗tagan. Dushman
xavfi yoki urush xolatlari paytida yaqin atrofdagi qishloq jamoasi o‗z chorvasi
bilan qal‘a ichiga kirib jon saqlagan. Vohani shimoldan bo‗ladigan ko‗chmanchi
qabilalar xujumiga qarshi kurashda tayanch markaz, chegara qal‘a vazifasini
o‗taganligini ko‗rsatadi.
Amudaryo o‗ng sohilidagi ikkinchi yirik kanal Tozabog‗yob kanali bo‗lib,
janubda SHo‗raxon atrofida joylashgan. Tozaog‗yop kanalidan chiqarilgan
qadimgi Tuproqqqal‘a va Qirqqiz kanallari boshlang‗ich qismidagi muhim
strategik nuqtada Katta Guldursin yodgorligi joylashgan bo‗lib, vohalarning suv
rejimi va xavfsizligini ta‘minlovchi iqtisodiy – ma‘muriy markaz vazifasini
o‗tagan. Qirqqiz kanali orqali suv bilan ta‘minlangan.
Katta Guldursin hududidagi Qirqqiz kanalidan ya‘ni janubdan shimolga
tomon 70 km uzoqlikda Katta Qirqqizqal‘a va undan g‗arbda Sulton Uvays tog‗i
tizimdagi balandlikda Kichik Qirqqizqal‘a joylashgan. Katta Qirqqiz
rejalashtirilishi to‗g‗ri burchak shaklda, maydoni 250x215 m (5,37ga) bo‗lib,
qo‗shdevor bilan o‗rab olingan. Tashqi devorda bir biridan 25-26 m oraliq
masofada to‗g‗ri burchakli minoralar joylashgan. Qal‘aga kiradigan joy shimoliy
– sharqiy devor o‗rtasida joylashgan va peshdarvoza inshooti bilan
mustahkamlangan
1
. G‗. Xodjaniyazov shaharni qazish vaqtida qo‗lga kiritilgan
sopol ma‘lumotlariga suyanib, yodgorlikning qurilish sanasini mil.avv. IV-III
asrlar bilan belgilaydi
2
.
Kichik Qirqqiz – qal‘a istehkomli bo‗lib, har xil tarxga ega bir-biriga
yondashgan g‗arbiy va sharqiy qisimdan iborat
3
. YOdgorlikning g‗arbiy
maydoni 0,42, sharqiy qismi 0,22 ga ni tashkil etadi. Qal‘aga kirish darvozasi
1
Ходжаниязов Г. Большой Кырккиз кала (к вопросу о функции и хронологии)// Вестник ККО АН Р Уз.
Нукус, 1997.№3.С.26.
2
Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофа иншоотлари.Т.,2007.30-31б.
3
Гертман А.Н. Работы в крепости Малый Кырккиз// АО 1985Г.М., Наука,1987.С.590-591.
31
ham shu tomonidan bo‗lgan. G. Xodjaniyazov yodgorlikning mazkur qismini
qangyuy davri (IV-III a.) ga oid deb hisoblaydi
1
.
Kichik Qirqqiz mil.avv. IV-III asrlarda dehqonchilik hududlarini himoya
qilish uchun strategik punktdagi chegara qal‘a sifatida barpo etilgan. Uning
yuzaga kelishi qal‘aning chegara punkti sifatidagi ahamiyati oshib borganligi
bilan bog‗liq bo‗lsa kerak. III-IV asr boshida suv etishmasligi tufayli yodgorlik
bo‗shab qolgan
2
.
Qirqqiz kanalining shimoliy – g‗arbiy irmoqlarida Ayozqal‘a 1 2 3
yodgorliklar joylashgan bo‗lib, bu qal‘alarga YAkka Porson kanali orqali ham
suv kelgan bo‗lishi mumkin. Sulton Uvays tog‗ining sharqiy etagida uchta qal‘a
xarobasi joy olgan bo‗lib, ulardan eng shimolda Ayozqal‘a 1, undan janubroqda
Ayozqal‘a 2, undan 250-300 m masofada Ayozqal‘a 3 joylashgan.
Ayozqal‘a kompleksining dastlabki arxeologik xarakteristikasi 1941 yilda
S.P.Tolstov tomonidan beriladi
3
. Ayozqal‘a 1 ni II-IV asrlardagi tegishli askarlar
turadigan kushonlar gornizoni deb hisoblaydi. YA. G‗ulomov Ayozqal‘a 1 bilan
Ayozqal‘a 2 da hayot bir vaqtda davom etgan deb hisoblab, Ayozqal‘a 2 ni
Ayozqal‘a 1 himoyasining asosini tashkil qiladigan harbiylar gornizoni sifatida
ta‘riflaydi
4
.
Ayozqal‘a yodgorligi kichik devor bilan o‗ralgan Sulton Uvays tog‗ining
sharqiy tarmoqlarining tepaligida ya‘ni tog‗ tizmasidan 60 m balandlikda to‗rt
burchak shaklda joylashgan. Uning maydoni 182x152m. YOdgorlikning uch
tomoni chuqur jarlik bilan himoyalangan. Dastlab ikki qatorli devor bilan o‗rab
olingan, uning saqlanib qolgan qismining balandligi 5-10 m.
Ayozqal‘a 1 yarim doira shaklidagi burjli baland qo‗shdevorlar bilan o‗rab
olingan. Qal‘a burchaklarida ikki burjning bir-biriga qo‗shilishidan xarakterli
1
Ходжаниязов Г. Горадаще Малый Кырккыз кала – памятник раннеантичного Хорезм // Архгология
Приараья.Вып. 4.Т.,Фан,1990.С.82-91.
2
Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма с древнейших времен до наших дней. Т., Изд-во. 1957.С.109.
3
Толстов С.П. Древности Верхнего Хорезма. М.,Наука,1941.С.166-171.
4
Гуломов Г.Я. История орошения Хорезма с древнейших времен до наших дней. Т., Изд-во. 1957.С.102.
32
―qaldirg‗och dumi‖ga o‗xshash shakl hosil bo‗ladi. Bunday qurilish usulini faqat
ilk kushonlar qadimgi Xorazmning harbiy istehkom quruvchilari qo‗llagan
1
.
Ayozqal‘a 1 Xorazmning shimoliy voha bo‗yicha hokimligi markazi
bo‗lgan, strategik inshootdir. YA‘ni, qal‘a vohani Sulton Uvays tog‗i va
Qizilqum tomonlardan keladigan ko‗chmanchi-bosqinchilardan himoya qilish
maqsadida qurilgan
2
.
Ayozqal‘a qoyasining pastki yonbag‗rida, janubiy tepalikning uchida
tuxumsimon yoki oval shaklda qurilgan Ayozqal‘a 2 joylashgan bo‗lib, hudud
bo‗yicha eng kichkina yodgorlik. Bu qal‘a yaxshi mustahkamlangan va harbiy
gornizon uchun qurilgan binolardan bo‗lib, ya‘ni Qizilqal‘a, Ko‗zqirilganqal‘a
va shu kabilar tipidandir. Ayozqal‘a 1 va Ayozqal‘a 2 funksial jihatdan bir-biri
bilan bog‗liqdir. S.P.Tolstov Ayozqal‘a 1 ni Ayozqal‘a 2 bilan bir paytda barpo
etilgan deb, uni kushon va afrig‗iylar davriga oid deb hisoblagan edi
3
. Keyingi
tadqiqotlar ham shu sanani ta‘sdiqlaydi.
Ayozqal‘a kompleksining hudud jihatidan eng katta yodgorlik bo‗lib,
maydoni 4,5 ga (260x180m)
4
ni tashkil qiladi. Qal‘a ikki qator qo‗sh devor bilan
o‗rab olingan. Qal‘a devorlari butun peremetri bo‗yicha to‗rtburchak shakldagi
burjlar bilan mustahkamlangan. SHahristonga kirish yo‗li g‗arbiy devor
o‗rtasida bo‗lib, 13x33 m o‗lchamdagi peshdarvoza istehkomi bilan
himoyalangan
5
. Qal‘aning ichki maydonida hech narsa qurilmagan. SHimoliy-
g‗arbiy burchakka yaqin joyda, shimoliy devor yonida o‗lchami 40x60 m, tarhi
to‗g‗ri burchaklar bilan mustahkamlangan bino qoldig‗ bor. S.P.Tolstov
Ayozqal‘a qishlog‗idagi qo‗rg‗onlarda aholining patriarxal tipdagi katta
jamoalari yashagan, deb ko‗rsatadi. Ayozqal‘a 3 ning qurilgan davrini
S.P.Tolstov uning asosi o‗ziga xos strukturaga ega ekanligidan kelib chiqib,
kushonlar davriga oid deb hisoblaydi, qal‘ada hayot milodiy III-IV asrga qadar
davom etgan.
1
Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи.Т.,1959.108б.
2
Толстов С.П. Древний Хорезм.М.,1948.С.104.
3
Толстов С.П. Древний Хорезм.М.,1948.С.103.
4
Толстов С.П. Древний Хорезм.М.,1948.С.103.
5
Ходжаниязов Г. Новые данные об оборонительных сооружениях Аяз калы// Вестник ККО АН РУз.
Нукус, 1987.№4.С.102-103.
33
Tozabog‗yob kanalidan ajralib chiqqan ikkinchi yirik kanal bu Tuproqqal‘a
kanali bo‗lib, Amudaryo o‗ng sohilining janubi – g‗arbiy tomondan shimolga
yo‗naltirilgan.
Tuproqqal‘a kanali o‗zi ham Dumanqal‘a yodgorligi hududida ikki
irmoqqa ya‘ni Gavxo‗ra (Gavxore) va Toshxirmon kanallariga ajraladi. Demak,
Dumanqal‘a qadimgi Gavro‗ra va Toshxirmon sug‗orish inshootlarining
boshlang‗ich qismida joylashgan bo‗lib, davlatning tayanch harbiy istehkomi
bo‗lgan. YOdgorlik uch qisimdan iborat shaklda qurilib, umumiy maydoni 7,6
ga ni tashkil qiladi. SHimoliy tomonda joylashgan qismi trapetsiya shaklda
bo‗lib, umumiy hajmi 3,7 ga. Janubiy tomonida joylashgan qismi esa to‗rt
tomoni teng shaklda rejalashtirilgan bo‗lib, hajmi 3 ga. G‗arbiy qismi esa 0,9 ga
shimoli – sharqiy burchagida ark joylashgan, devor bilan o‗rab olinib, uning uch
burchagida yarim aylanali burjlar mavjud. Devor va ark paxsa devorga qurilgan
bo‗lib, uning yuqori qismi kvadrat shaklda xomg‗ishtdan tiklangan. Ark devori
shinaklar bilan kuchaytirilgan, lekin to‗liq o‗rganilmagan. SHaharning sharqiy
qismi qadimiyroq bo‗lib, sopol materiallari uning I-III asrlarga tegishli
ekanligini ko‗rsatadi
1
.
Tuproqqal‘a kanalining shimoliy irmoqlari Qizilqal‘agacha etib borgan
bo‗lib, Qizilqal‘a 65x63 m o‗lchamda (0,40 ga) deyarli kvadrat shaklga ega.
Uning mudofaa devorlari ancha yaxshi saqlangan, devorlarning balandligi ba‘zi
joylarda hozir ham 13 – 16 m ga etadi. Qal‘aning butun ichki qismi tor va uzun
yo‗lakli, usti sinch bilan yopilgan ko‗plab xonalardan iborat bo‗lib, bu
Qizilqal‘aning harbiy garnizonga mo‗ljallab qurilganligini ko‗rsatadi.
S.P.Tolstov va YA.G‗ulomovlar Qizilqal‘ada hayot mavjud bo‗lgan vaqtni I-IV
asrlar hamda o‗rta asrlar bilan belgilaydi
2
.
Qizilqal‘a shimolida, Sulton Uvays tog‗ining janubidagi Ayozqal‘a
kompleksidan 6 km g‗arbda Burliqal‘a yodgorligi joylashgan. Antik davrda
Gavxo‗ra kanalidan Qavatqal‘a yaqinida Burliqal‘a tomon sug‗orish inshooti
1
Ходжаниязов Ғ. Қадмиги Хоразм мудофаа иншоотлари.Т.,2007.56б.
2
Толстов С.П. По следам древнехорезмийской цивилизации.М.,1948.С.168. Я.Г. История орошения
Хорезма с древнейших времен до наших дней. Т., Изд-во. 1957.С.109.
34
qazilgan. Burliqal‘a ana shu vohani himoya qilish vazifasini bajaruvchi
davlatning shimoliy chegara qal‘alari tizimiga kirgan. SHahar murakkab
konfiguratsiyaga ega bo‗lib, shimoliy - sharqdan janubiy -g‗arbga cho‗ziq
shaklda qurilgan. Qal‘aning eng uzun joyi 120 m, keng joyi esa 95 m ni tashkil
etadi.
Tashqi
devorda
nayzasimon
shinaklari
ko‗p. Ammo devor
Jonbosqal‘adagi singari burj va minoralarga ega emas. SHahar darvozasi
qal‘aning shimoliy qismida joylashgan. SHaharning shimoliy qismida 5,2 x 5,9
m o‗lchamdagi qurilish qoldig‗i saqlangan bo‗lib, S.P.Tolstov uni diniy
marosimlar o‗tqazadigan bino – ―otashgox‖ yoki minorasimon inshoot deb
nomlangan edi. S.P.Tolstoy Burliqal‘ani mil.avv. IV – mil. I asrlarga
1
,
YA.G‗ulomov esa so‗nggi qang‗uy davriga oid deb hisoblangan
2
. So‗nggi
yillardagi stratigrafik tadqiqotlarning umumiy tahlili Burliqal‘a mil.avv. IV –III
asrlarda bunyod etilib, unda hayotning ikkinchi marta qayta jonlanishi milodiy I-
IV asrlar to‗g‗ri kelishini ko‗rsatadi.
Sulton Uvays Govurqal‘asi - Sulton Uvays tog‗idan 1,5 km janubda
joylashgan. S.P.Tolstov Govurqal‘ani Kushon davri
3
, YA.G‗ulomov esa yanada
aniqroq qilib II – III asrlar bilan belgilagan edilar. 1951 – 1952 yillardagi
tadqiqotlar yakunida yodgorlikda hayot mil. avv. II asrdan so‗nggi kushon
davriga qadar davom etgan degan xulosaga kelinadi. 1962 yilda V.N.YAgodin
yodgorlikni o‗rganib undan mil.avv. IV asrga oid materiallarni topadi. Qal‘aning
tarhi shimoldan janubga cho‗ziq, uchburchaksimon trapetsiya shaklida.
SHimoliy devorning uzunligi 200, sharqiy devorniki 450, g‗arbiy devorning
janubiy qismini Amudaryo yuvib ketgan bo‗lib, daryo bo‗ylab 40 – 100 m
masofada saqlangan qismining uzunligi 400 m ni tashkil etadi. Bizning
davrimizgacha yodgorlikning faqat shimoliy – g‗arbiy qismi saqlanib qolgan.
Istehkom qo‗shdevor bilan o‗rab olingan
4
. SHaharning ichki qismida devor
bo‗lib, u shaharni ikki qismga ajratib turadi.
1
Толстов С.П. По древним дельтам древнехорезмийской цивилизации.М.,1948.С.101.
2
Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма с древнейших времен до наших дней. Т.,Изд-во АН Уз 1957
3
Толстов С.П. Древний Хорезм.М.,1948.С.115.
4
Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари.Т.,2007.54-55б.
35
Qal‘aning joylashgan o‗rni dehqonchilik vohasi yoki karvon yo‗llari
kesishgan joy bo‗lmaganligini ko‗rsatadi. SHimol tomondan kelgan dushman
Xorazm vohasining markaziy qismiga faqat ushbu qal‘a mudofaasini yorib
o‗tgandan keyingina kira olishi mumkin bo‗lgan. G‗arb va sharq tomondagi
tabiiy to‗siq ya‘ni Amudaryo va Sulton Uvays tog‗lari dushmanni shunga
majbur qilgan. SHu jihatdan Govurqal‘a Xorazm davlatining muhim shimoli
chegara qal‘asi bo‗lgan deb xulosa chiqarishimiz mumkin.
Aqchaxonqal‘a-Beruniy tumanidagi Toshxirmon vohasida joylashgan
bo‗lib, Toshxirmon bevosita Amudaryodan suv oluvchi katta bir kanalga
birlashgan murakkab, sertarmoq sug‗orish tizimi orqali o‗zining suvga bo‗lgan
ehtiyojini qondirgan. Hozirgi vaqtda ayrim joylardagina izlari saqlanib qolgan
ushbu kanal mazkur sug‗orish tarmog‗i tizimiga kirgan bo‗lishi ehtimoldan uzoq
emas. Bu tizim tarkibida milodiy II-III asrlarda Xorazmshohlar qarorgohi-
Tuproqqal‘a hududini suv bilan taminlab turgan va o‗rta asr manbalarida
Gavxore nomi bilan qayd etilgan kanal, shuningdek milodiy IV asrdan boshlab
Kot shahri hududini sug‗organ Kot kanali ham bo‗lgan. Toshqirmon va Gavxore
kanallari umumiy bir manbadan suv olib, Dumanqal‘a ko‗hna shahari yaqinida
ikkiga bo‗linib ketgan
1
. YA‘ni Tozabog‗yop kanalining katta bir tarmog‗i
Tuproqqal‘a kanali bo‗lib, u Dumanqal‘a yodgorligida ikkita tarmoqqa ajraladi,
bular Toshxirmon kanali va Gavxore kanali. Tuproqqal‘a shahrini Gavxore
kanali suv bilan taminlagan, Toshxirmon kanali esa Aqchaxonqal‘a va
Toshqirmon hududini suv bilan ta‘minlagan. Kot kanali Amudaryo o‗zanidan
suv olib, Kat shahrini suv bilan ta‘minlagan. Achaxonqal‘a taxminan Kat
shahridan 15 chaqirim shimolroqda joylashgan. Binobarin, faqat Aqchaxonqal‘a
ko‗hna shaharigina Xorazmning qadimiy poytaxtiligiga da‘vogar bo‗lishi
mumkin. Uning Amudaryoga ancha yaqin joylashganligi (20 kilometr
masofada) u qadimgi Hindistondan Amudaryo, Uzboy va Kaspiy bo‗ylab YAqin
SHarq mamlakatlari hamda SHimoliy Qoradengiz bo‗yiga o‗tuvchi suv
yo‗lidagi eng yirik savdo markazlaridan biri bo‗lgan. Amudaryo bo‗yi
1
Ягодин В.Н.,Беттс А. Кўҳна Хоразм жумбоқи.//Фан ва Турмуш //№1-3,2006.29-30б.
36
quruqlikdagi savdo yo‗llari ham Aqchaxonqal‘a shahri orqali o‗tgan. Qadimgi
Xorazmning boshqa yirik arxeologik yodgorliklari orasida qal‘aning alohida
mavqega ega ekanini ko‗rsatadigan muhim belgilardan biri uning mustahkam
tashqi devor bilan o‗ralganligidir
1
.
SHunday qilib, yuqorida keltirilgan yodgorliklar Amudaryoning o‗ng
qirg‗og‗idagi qadimgi dehqonchilik vohasining mustahkamlangan yirik
punktlari bo‗lib, ular qadimgi toshqin suvlari havzasida va bu vohaning
sharqidagi magistral kanal havzasida joylashgan. Amudaryo o‗ng qirg‗og‗i
qadimgi sug‗orilgan erlarining umumiy tarixiy topografik ko‗rinishi
Xorazmning ijtimoiy hayotida bo‗lib o‗tgan katta ijtimoiy- iqtisodiy
o‗zgarishlardan darak beradi.
Qadimgi Xorazm Amudaryo o‗ng sohili antik davri yodgorliklari, bugungi
kunda asosan Qoraqalpog‗iston Respuplikasidagi Beruniy, To‗rtko‗l, Ellikqal‘a
tumanlariga to‗g‗ri keladi.
YUqorida biz yodgorliklarning hozirgi kunda joylashgan hududlarni ko‗rib
o‗tdik, lekin yodgorliklarning xronologik davriga qariydigan bo‗lsak, antik
davrning ikkita davrni, ya‘ni kangyuy(ilk antik) va kushon(so‗nggi antik) davrda
ham hayot davom etgan yodgorliklarimiz mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |